Qishloq xo’jaligida bandlik va ishsizlik




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   386
Bog'liq
qorakol

9.7.Qishloq xo’jaligida bandlik va ishsizlik 


206 
 
Bandlik iqtisodiy kategoriya sifatida mehnatga yaroqli aholining ijtimoiy mahsulotni yaratish 
bo’yicha qiladigan faoliyatini ifodalaydi. Bandlikning to’liqligi aholigining iktisodiy faolligiga 
munosabati bo’yicha hisobga olinadi. Bunga mahsulot, tovar ishlab chiqarishda va xizmatlarni 
amalga oshirishda qatnashuvchi shaxslar tegishlidir. Iqtisodiy faol kishining mehnat statusi miqdor 
jihatdan ma’lum bir vaqt davomida ishlangan kunlar soni bo’yicha hisoblanadi: 
Kategoriya buyicha iktisodiy aktiv aholiga quyidagilar kiradi: 

yollanma mehnatchilar (ishchi va xizmatchilar); 

doimiy xodimlar, haq to’lanmaydigan oila a’zolari; 

mavsumiy xodimlar, haq to’lanmaydigan oila a’zolari; 

obyektiv sabablar bo’yicha vaqtincha ishlamaydigan shaxslar, mavsumiy va tasodifiy 
xodimlar; 

to’liq bo’lmagan ish kuni rejimida ish bilan o’qishni qushib olib boradigan va stipendiya 
yoki ish haqi oluvchi shaxslar va o’qituvchilar. 
Qishloq xo’jaligida bandlik o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ular tarmoqqa mehnatni jalb 
qilishning iqtisodiy sharoitlari bilan bog’langan. Qishloq xo’jaligida mexnat organik jihatdan yer 
bilan bog’langan. Bunda, yer mehnat munosabatlarining moddiy jixatdan quvvatlovchisi, yuzaga 
chiqaruvchisi hisoblanadi. Mehnat natijalariga tabiiy biologik jarayonlar bevosita ta’sir ko’rsatadi. 
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish va mehnatning mavsumiyligi tufayli ish kuchiga ijtimoiy ishlab 
chiqarish tomonidan notekis talab mavjud. Bu yerda doimiy va mavsumiy ish kuchi bo’ladi. Doimiy 
xodimlar asosan doimiy ish hajmini bajarishga yo’naltiriladi, mavsumiy ish kuchi esa mavsumiy 
ishlarni bajarish uchun jalb qilinadi. 
Qishloq xo’jaligida bandlik ikki xil shaklda ko’rinadi: to’liq va to’liq bo’lmagan. To’liq 
bandlik butun yil davomida xodimlarga ishni kafolatlaydi. Bu asosan chorvadorlar, mexanizatorlar, 
ishlab chiqarish raxbarlari va mutaxassislardir. To’liq bo’lmagan bandlik to’liq bo’lmagan ish kuni, 
to’liq bo’lmagan ish haftasi, to’liq bo’lmagan ish yili bilan xarakterlanadi. Bunday kategoriyaga qo’l 
mehnati bilan band bo’lgan xodimlar, mexanizatorlarning aloxida guruxlari, mavsumiy ish turiga jalb 
qilingan nafaqaxo’rlar, o’quvchilar kiradi. 
Band bo’lgan xodimlarga quyidagilar kiradi: 

yollanib ishlaydigan, shu jumladan, mavsumiy va vaqtincha ishlarni ham qo’shganda, 
to’liq yoki to’liq bo’lmagan sharoitda rag’batlanish uchun ish bajaradigan xodimlar; 

tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar; 

o’zini ish bilan mustaqil ta’minlovchilar; 

yordamchi hunarmandchilikda va mahsulotni shartnoma bo’yicha sotishda band 
bo’lganlar; 

fuqarolik–huquqiy shartnoma bo’yicha ish bajaruvchilar, shuningdek ishlab chiqarish 
kooperativlari a’zolri. 
Mehnat bozorining bevosita subyektlari bo’lib, band bo’lmagan aholi hisoblanadi. Ular 
quyidagi guruxlarga bo’linadi: 

o’z ixtiyori bilan band bo’lmagan shaxslar, korxonadan ishdan bo’shaganlar yoki hyech 
qachon mehnat qilishda ishtirok etmaganlar va ishlashni xoxlamaganlar va yashash 
uchun mablag’ning qonuniy manbaiga ega bo’lmaganlar; 

turmush o’rtog’idan birining, yoki ota – onasining mablag’i hisobiga yoki ularning 
qaramog’ida yashovchi, ixtiyoriy band bo’lmagan aholi; 

turli sabablarga ko’ra ishlab chiqarishdan ozod bo’lgan, bir ish joyidan bo’shagan, lekin 
mehnat birjasida ro’yxatdan o’tishga ulgurmagan, zaruriyatdan band bo’lmagan aholi; 

zaruriy bandsizlik – ishsizlik, ya’ni ishlash va ish haqi olishni xoxlovchi va mehnat 
birjasida ro’yxatdan o’tgan kishilar. 
Agrar mehnat bozorida bandlikka yordamlashish bo’yicha tadbirlarni moliyalashtirish 
manba’lari quyidagilar hisoblanadi: 


207 
I. Davlat byudjeti: 
1.O’z bandligiga yordamlashish (tadbirkorlik faoliyati, dehqon xo’jaligi, fermer xo’jaligi) 
2.Yangi ish joylari barpo qilishni rag’batlantirish. 
II.Maxalliy byudjet: 
1.Ish joylarini saqlab qolishni rag’batlantirish 
2.Ijtimoiy ishlarni tashkil etish 
III.Fuqarolarning bandlik fondi: 
1.Ish joyini saqlash 
2.Ishsizlarni yangi kasbga qayta tayyorlash 
3.Ishsizlarga nafaqa 
IV.Aholi bandligi xizmatining tijorat faoliyatidan keladigan daromadlar: 
1.Ijtimoiy ishlarni tashkil etish 
2.Ishsizlarni qayta tayyorlash 
Ishsizlar – bu, ish va ish haqiga ega bo’lmagan, o’ziga to’g’ri keladigan ishni izlash maqsadida 
bandlik xizmatida ro’yxatdan o’tgan, ish izlovchi va topsa darrov joylashadigan mehnatga yaroqli 
fuqarolardir. Bu haqda O’zbekiston respublikasi “Mehnat kodeksi” ning60 “Ishsiz deb e’tirof etish” 
moddasida shunday yozilgan: 
“Ishsizlar—o’n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo’lgan 
yoshdagi, haq to’lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg’ulotga ega bo’lmagan, ish 
qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo’lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta 
tayyorlashdan o’tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo’lgan mehnatga layoqatli shaxslar 
(bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno)”. 
Qishloq xo’jaligida ishsizlik turli sabablarga asosan bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra, 
ishsizlikning bir qancha turlari bo’ladi: friksion, strukturali va siklik(davriy). 
Friksion – bu ishsizlikda, ishsizlar ish izlashadi, yoki yaqin kelajakda uni topishdan umidvor 
bo’ladilar. Friksion ishsizlik muqarrar hisoblanadi va qaysidir jixatdan maqsadga muvofiqdir. 
Ko’pgina ishchilar o’z ixtiyorlari bilan past unumli, kam haq to’laydigan ishlardan ancha yuqori 
unumli va ancha yuqori haq to’laydigan ishlarga o’tib ketishadi. Shunday qilib, mehnat bozori tashkil 
etiladi va harakat qiladi, ya’ni ishchilar soni bilan ish joylari soni mos kelmaydi. 
Friksion ishsizlik o’z navbatida strukturali ishsizlikka o’tadi. Strukturali ishsizlik ish kuchiga 
talabning umumiy strukturasi o’zgarishini bildiradi. Bozor munosabatlari sharoitida ayrim kasblarga 
talab pasayadi yoki butunlay to’xtaydi, boshqa kasblarga esa, jumladan, yangi, oldin mavjud 
bo’lmagan kasblarga talab o’sadi. 
Strukturali ishsizlikda ishsizlar ma’lum darajada qayta tayyorgarliksiz, qo’shimcha bilim 
olmasdan, ba’zi hollarda yashash joyini o’zgartmasdan ish topa olmaydilar. Agar friksion ishsizlik 
qisqa muddatli xarakterga ega bo’lsa, strukturali ishsizlik uzoq muddatli xarakterga ega. 
Siklik (davriy) ishsizlik, bu ishlab chiqarishning pasayishi bilan yuzaga keladigan ishsizlik. 
Bunda tovar va xizmatlarga talab kamayadi, bandlik qisqaradi va ishsizlar soni o’sadi. Ishsizlikning 
bu turi talabning taqchilligi bilan bog’liq. Iqtisodiyot inqirozdan chiqqandan keyin, ishlab chiqarish 
hajmi o’sadi va tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar uchun ish kuchiga bo’lgan talab oshadi. 
Ishsizlik darajasi, ishsizlar sonini umumiy ish kuchi soniga bo’lib topiladi va quyidagi 
formulada ifodalanadi: 
;
100
*

Download 8,59 Mb.
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qishloq xo’jaligida bandlik va ishsizlik

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish