204
2.Ishlab chiqarishning tarmoq strukturasi. Tarmoq strukturasini takomillashtirish yil davomida
ish kuchiga bir tekisda ehtiyoj bo’lgan tarmoq va mahsulot turi salmog’ini ko’paytirish demakdir.
Dehqonchilikda bunga ekish muddati, ishlov berish, pishib yetilishi va hosilni yig’ib
terib olish
bo’yicha ekin va navlarni tanlash yo’li bilan erishiladi. Chorvachilikda esa dehqonchilikka nisbatan
yil davomida xodimlar bandligi ancha yuqoridir. Shuning uchun qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishining umumiy hajmida chorvachilik salmog’ini oshirish ham xodimlar bandligining ancha
tekis bo’lishini ta’minlaydi.
3
.
Yordamchi korxonalar va hunarmandchilik. Fermer xo’jaligidagi, qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat korxonalaridagi va sexlaridagi ishlar mavsumiy xarakterga
ega va dala ishlari ancha tig’iz bo’lgan paytlarda hyech zararsiz to’xtatib qo’yilishi mumkin. Bu
qishloq xo’jaligi mehnati mavsumiyligiga barham berishi va ish kuchining qish oylaridagi bandligini
oshirishga imkon beradi. Bundan tashqari yordamchi korxonalar va hunarmandchilik o’z joyida o’z
xom ashyosidan foydalanib, xo’jalikka qo’shimcha pul daromadlari, xodimlar uchun qo’shimcha ish
haqi manbai bo’lib xizmat qiladi. Qishloq xo’jaligida ish kuchidan yaxshiroq foydalanishning katta
imkoniyati ijtimoiy va individual qurilishni rivojlantirish, kapital ta’mirlash, yo’l qurilishi, umumiy
ovqatlanish, maishiy xizmatni tashkil qilish, qishloq xo’jaligida sanoat ishlab chiqarishi
kooperasiyasidan foydalanishga ham bog’liq.
4.Kadrlar malakasi. Qishloq xo’jaligi xodimlarining
malakasini oshirish, ularning aralash
ixtisos va mutaxassisliklarni egallashi, fermer xo’jaliklarida ishlovchilarni qurilish,
meliorativ va
boshqa ishlarga, ya’ni qish oylari qilinadigan ishlarga jalb qilish ham ish kuchidan foydalanishning
mavsumiyligini ancha yumshatadi.
5.Xo’jalik operasiyalarining bajarilish muddatlari. Ish kuchidan ancha oqilona foydalanish
alohida xo’jalik operasiya (mineral va mahalliy o’g’itlarni tashish, urug’ni tayyorlash va
boshqalar)larni nisbatan ancha bo’shroq vaqtlarga ko’chirishga imkon beradi.
6.Mehnatni oqilona tashkil qilish. Mehnat jarayonlarini oqilona tashkil etish,
texnika va
xodimlarni yagona ishlab chiqarish siklida birlashtirish, ishni oz sonli kishilar bilan bajarish, ish
kuchiga bo’lgan ehtiyojni pasaytiradi.