Resurslar potensialini hisoblash uslublari, vazifalari, ko’rsatkichlari va ulardan samarali




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   386
Bog'liq
qorakol

9.2. Resurslar potensialini hisoblash uslublari, vazifalari, ko’rsatkichlari va ulardan samarali 
foydalanish omillari 
 
Bozor munosabatlarigacha foydalanib kelingan, ishlab chiqarish samaradorligining xarajatli 
konsepsiyasi va shu asosda tuzilgan ko’rsatkichlari, resurslarning istemol qilingan qismidan
foydalanish samaradorligini, ya’ni haqiqiy joriy xarajatlarni baholashga imkon berar edi. Xarajatli 
ko’rsatkichlar ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oqilona baholashga imkon bermas edi. 
Chunki bir qism ishlab chiqarish resurslari qandaydir sabablarga ko’ra mahsulot ishlab chiqarishda 
faol qatnashaolmas edi. Bunday sharoitda jamiyatning bir qism resurslardan foydalanish darajasi 
pasayib ketar edi.
Resurslarni tejashga qaratilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida, muhim vazifa bo’lib, joriy 
xarajatlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash emas, balki qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining 
iqtisodiy samaradorligini aniqlash, ya’ni jami iste’mol qilingan resurs potensialidan foydalanishning 
samaradorligini aniqlash hisoblanadi (ishlab chiqarish samaradorligini resurs konsensiyasi). Bu 
muammoni hal qilishninig qiyin tomoni shundaki, turli xil ishlab chiqarish resurslari qishloq xo’jaligi 
ishlab chiqarish samaradorligiga turli xil tasir ko’rsatadi va turli xil o’lchov birliklarida hisoblanadi.
Bundan tashqari respublikaning turli viloyat va xo’jaliklarida ishlab chiqarish resurslari turli xil 
nisbatda joylashgan. Bu esa albatta xo’jalik yuritishning pirovard natijasida o’z aksini topadi. 
Mustaqillikkacha va undan keyingi yillarda ham agrar iqtisodchilar qishloq xo’jaligida
qo’llaniladigan resurs potensialining umumiy miqdorini aniqlashning uslubiy asoslarini ishlab 
chiqishga harakat qildilar.
Shulardan, resurs potensialini hisoblashning quyidagi uchta uslubini amaliyotda qo’llash 
mumkin deb topilgan edi: 
1.Umumiy o’lchovli qishloq xo’jaligiga yaroqli maydon bo’yicha 
2.Korrelyasiya-regressiya tahlilidan foydalanish asosida; 
3.Ishlab chiqarish resurslarining puldagi bahosi bo’yicha. 
Qo’llaniladigan resurs potensiali miqdorini aniqlashning birinchi uslubi osonroq bo’lib, uni 
umumiy o’lchovli qishloq xo’jaligiga yaroqli maydon bo’yicha aniqlanadi. Qishloq xo’jaligiga 
yaroqli yer umumiy o’lchovga aylantirish yo’li bilan mehnat, yer-suv va moddiy resurslarni iqtisodiy 
baholash orqali amalga oshiriladi. Xo’jalik yerlari sifatining indeksi, shuningdek fond va mehnat 
resurslari bilan ta’minlanishi shu ko’rsatkichlarni o’rtacha viloyat yoki o’rtacha tuman 
ko’rsatkichlariga nisbati bilan topilar edi. Resurs bilan ta’minlanishning jami indeksi (qo’llanilgan 
resurs potensiali) xususiy indekslarning yig’indisini to’rtga (ishlab chiqarish resurslari soniga) bo’lib 
hisoblanilar edi. Resurs potensialiga shartli baho beradigan ushbu usulni qo’llash, chegaralangan 
xarakterga ega edi. 


196 
Ikkinchi uslubning mohiyati - resurs potensialining miqdorini korrelyasiya - regressiya
tahlilidan foydalanish asosida hisoblash, har bir resurs turining tovar mahsulot ishlab chiqarishga 
miqdoriy ta’sirini aniqlashdan iborat. Bu uslub bo’yicha hisob-kitoblar qishloq xo’jaligi hisoblash 
markazlariga ega bo’lgan standart dasturlar bo’yicha bajarilishi mumkin. 
Uchinchi uslub ishlab chiqarish resurslarini pulda baholashga asoslangan. Mehnat resurslarini
baholash qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda band bo’lgan yillik o’rtacha xodimlar sonini 
qo’shimcha mablag’ bilan bitta xodimning chiqib ketish kompensasiya sharoiti normativiga 
qo’paytirish yo’li bilan aniqlangan. O’rtacha statistik ma’lumotlar asosida, sanoat va qishloq 
xo’jaligida mehnatning fondlar bilan qurolanishini hisobga olgan holda sanoatda bitta xodimning 
ishdan ozod bo’lish xarajatlaridan kelib chiqib hisoblanilgan.
Shuningdek, moddiy resurslarning pulda bahosi qishloq xo’jaligiga taaluqli asosiy ishlab 
chiqarish vositalari va moddiy oborot vositalari qiymatining o’rtacha yillik summasi sifatida 
aniqlangan. Takroriy hisoblashlardan qutulish uchun asosiy vositalar summasidan ko’p yillik 
daraxtlar qiymati chiqarib tashlangan. Chunki u yer resurslarini pulda baholashda bir marta hisobga 
olingan. Keyin esa qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida qo’llanilgan resurslar potensialining jami
pulda bahosi ko’rsatkichini hisoblash mumkin bo’lgan.
Lekin, resurslarni (mehnat resurslari va yer resursini) bunday uslublarda baholashlar ham 
ularning haqqoniy qiymatiga uncha yaqin kelaolmas edi. Shuning uchun ishlab chiqarish resurslarini 
baholashning boshqacharoq uslublari to’g’risida biz keyingi alohida maxsus boblarda (shu bobning 
“Mehnat resurslarini iqtisodiy baholash uslubiyoti” deb nomlangan 8-paragrafida va 6-“Qishloq 
xo’jaligining yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanish” bobining “Mulk munosabatlari 
sistemasida yer resurslari. yer mulkini ro’yobga chiqarishning iqtisodiy mexanizmi” deb nomlangan 
2 -paragrafida) fikr yuritamiz. 
Umuman resurs potensiali ko’rsatkichi ishlab chiqarishni boshqarishning turli xil vazifalarini 
amalga oshirish uchun foydalaniladi. 
1.O’lchash; 
2.Tartibga solish; 
3.Rag’batlantirish. 
Birinchidan: o’lchash funksiyasi, resurs potensialini tashkil qiluvchi elementlarini turli tezlikda 
va turli yo’nalishiga (qishloq xo’jaligida mehnat resurslari kamayish tendensiyasiga ega, yer 
resurslari o’zgarmaydi, moddiy resurslar esa tez ko’payib turadi) qarab vujudga keladigan, 
shuningdek qishloq xo’jaligini ishlab chiqarish resurslari bilan taminlashni aniqlashda namoyon 
bo’ladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining resurslar bilan ta’minlanishi mutloq va nisbiy
salmoqni aniqlash ko’rsatkichida xarakterlanishi mumkin. Absolyut ko’rsatkich bu resurs bilan 
ta’minlanish koeffisiyentidir.
RPmeyor
RPhaqiqiy
RTK
=
Salmog’ini aniqlash ko’rsatkichlari 
1.Resurslar bilan ta’minlanish 
er
QXyar
RP
RT
.
=
2.Mehnatning resurslar bilan qurollanishi 


197 
XS
RP
PQ
=
 
Ikkinchidan, o’lchov funksiyasi, resurs potensialidan foydalanish samaradorligini baholash 
imkoniyatini ifodalaydi.
Uning ko’rsatkichlari quyidagilar. 
1.Resurs qaytimi 
 
RP
SM
RQaytimi
=
2.Resurs sig’imi 
SM
RP
RS
=
Qo’shimcha ko’rsatkichlar esa quyidagilar: 
RP
F
TM
YM
RQaytimi
.
.
=
F
TM
YM
RP
RS
.
.
=
Iste’mol qilingan resurslar potensialidan foydalanish samaradorligining asosiy ko’rsatkichi 
yuqorida aytib o’tilganidek, mahsulot tannarxidir.
Uchinchidan, o’lchov vazifasi, qishloq xo’jaligi iqtisodiy samaradorligi va intensivlik darajasini 
aniqlash imkoniyati bilan ifodalanadi. 
2.Tartibga solish funksiyasi. Resurs potensiali miqdorini hisobga olish yo’li bilan 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlashda teng imkoniyatlar yaratish va xo’jalik 
yuritishning iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish imkoniyatlarida aks etadi. 
3.Rag’batlantirish funksiyasi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslaridan ancha 
samaraliroq foydalanishda ichki imkoniyatlarni izlab topishda namoyon bo’ladi. 
Ulardan baholarning tashkil topishida, ixtisoslashtirishni chuqurlashtirishda foydalanilishi 
mumkin. 
Resurslarning yuqorida keltirilgan baholash usullari ularning samaradorligini shartli 
o’rganishga imkon beradi, holos. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha resurslarning qimmati talab va taklif hamda qiymat 
qonunlarining aniq talablari asosida aniqlanishi zarur. 
 

Download 8,59 Mb.
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Resurslar potensialini hisoblash uslublari, vazifalari, ko’rsatkichlari va ulardan samarali

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish