• Faoliyat mazmuni ta’lim beruvchi ta’lim oluvchi
  • Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti




    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet143/386
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,59 Mb.
    #257248
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   386
    Bog'liq
    qorakol

    Ta’lim metodlari
     
    Ma’ruza, savol-javob, aqliy hujim,
    blis so’rov, o’zaro o’qitish metodi,
    “Muammoli vaziyat” metodi. 
    Ta’lim vositalari
     
    Ma’ruza matni, videoproyektor,
    slaydlar, asosiy ma’lumot va tayanch
    tushunchalardan iborat ma’ruza bo’yicha
    tarqatma material. 
    Ta’lim shakllari
     
    Frontal, jamoaviy, guruhlarda ishlash.
    O’qitish shart-sharoiti
     
    Texnik vositalardan foydalanish va
    guruhlarda ishlashga mo’ljallangan 
    auditoriya
     
    Og’zaki nazorat, savol-javob, reyting


    192 
    Monitoring va baholash
     
    tizimi asosida baholash.
     
    MA’RUZA MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK HARITASI 
    Ish 
    bosqichlari 
    va vaqti 
    Faoliyat mazmuni 
    ta’lim beruvchi 
    ta’lim oluvchi 
    1 - bosqich. 
    O’quv 
    mashg’ulotiga 
    kirish 
    (20 daqiqa) 
    1.1. Talabalar davomati aniqlanadi, auditoriya va 
    talabalarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. 
    1.2. Bugungi kundagi yangiliklar va mavzuning 
    ahamiyati.
    1.3. O’tilgan mavzu bilan bog’lash, mavzu, uning 
    maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan 
    natijalar ma’lum qilinadi. 
    1.1. Eshitadi, yozib oladi. 
    2 - bosqich. 
    Asosiy 
    qism 
    (120 daqiqa) 
    2.1. Ma’ruza matni mavzusining matni tarqatiladi. 
    Reja, tayanch tushunchalar bilan tanishish taklif 
    etiladi. 
    2.2. Slaydlardagi ko’rgazma va sharhlar asosida 
    qullaniladigan nazariy usullar bilan tanishtiriladi. 
    Resurslar potensialining iqtisodiy mohiyati va 
    uning tarkibi

    resurslar potensialini hisoblash 
    uslublari, vazifalari, ko’rsatkichlari va ulardan 
    samarali foydalanish omillariga doir tayyorlab 
    kelingan chizma orqali talabalar hukmiga havola 
    etiladi. Dars davomida talabalarni faollashtiruvchi 
    savollar o’rtaga tashlanadi. Har bir rejadagi savol 
    bo’yicha xulosalar qilinadi. 
    2.3. Keltirilgan tayanch tushunchalarni chuqurroq 
    izohlash maqsadida talabalarga Klaster texnikasi 
    qo’llaniladi. 
    2.1. Eshitadi. 
    Navbat bilan bir-birini 
    takrorlamay 
    atamalarni 
    aytadi. 
    O’ylaydi, javob beradi va 
    to’g’ri javobni eshitadi. 
    2.2. Muammoli vaziyatda 
    o’z fikri bilan, muammoni 
    xal 
    qilish 
    yo’llarini 
    qidiradi. 
    2.3. Eslab qoladi, yozadi. 
    Har bir savolga javob 
    berishga harakat qiladi. 
    Ta’rifni 
    yozib 
    oladi, 
    misollar keltiradi 
    3 - bosqich. 
    Yakuniy 
    (20 daqiqa) 
    3.1. Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan 
    ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatida muhim 
    ahamiyatga ega ekanligiga talabalar e’tiborini 
    qaratadi. 
    3.2. Faol qatnashgan talabalarni baholaydi.
    3.3. Mavzu bo’yicha test topshiriqlarini beradi. 
    3.4. Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi. 
    3.1. O’z-o’zini, o’zaro 
    baholashni o’tkazadi.
    3.2. Savol beradilar, javob 
    beradilar. 
    3.3. Mavzu bo’yicha test 
    topshiriqla-rini bajaradilar. 
    3.4. Mustaqil ishlash uchun 
    topshiriqlarni yozadilar. 
     
    9.1.Resurslar potensialining iqtisodiy mohiyati va uning tarkibi 
    Qishloq xo’jaligi boshqa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari qatori insonning har tomonlama 
    ehtiyojini qondiradigan iste’mol qiymatlar yaratish maqsadida resurslarga bo’lgan ta’sirini 
    ifodalaydi. Bu jarayonni amalga oshirish kompleks obyektiv va subyektiv ishlab chiqarish 
    omillaridan foydalanishni talab qiladi. Ular inson mehnati, mehnat vositalari va mehnat 
    predmetlaridan tashkil topadi. 


    193 
    Fanda ma’lumki, ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar, ishchi 
    va ishlab chiqarish vositalari uning doimiy omillari bo’lib qoladi.
    Mehnat vositalariga, inson mahsulot olish maqsadida mehnat predmetlariga ta’sir etuvchi, ishlab 
    chiqarishning moddiy elementlari kiradi. 
    Mehnat predmetlariga, ishlab chiqarish jarayonida, inson mehnati qaratilgan va inson tomonidan 
    kerakli yo’nalishda o’zgartiriladigan, ishlab chiqarishning moddiy elementlari kiradi. 
    Shu bilan birga, inson, mehnat vositalari va mehnat predmetlari faqat imkoniyat jihatdan ishlab 
    chiqarish omillari hisoblanadi. Umuman ishlab chiqarish uchun ular birlashishlari kerak. Ishlab 
    chiqarish jarayoniga mehnat vositalarini jalb qilib va ular yordamida mehnat predmetlariga ta’sir etib, 
    inson ishlab chiqarish yoki shaxsiy iste’mol uchun foydalaniladigan mahsulot yaratadi. 
    Moddiy ishlab chiqarish jarayoni uning omillarining mexanik birligini emas, balki organik birligi 
    va bog’liqligini, pirovard natijada, ma’lum bir mahsulotning tarkibi, hajmi va sifati bo’yicha ishlab 
    chiqarish omillari transformasiyasini ifodalaydi.
    Qishloq xo’jaligida inson, mehnat vositalari va predmetlari bilan bir qatorda mahsulot ishlab 
    chiqarish jarayonida yer va suv faol ishtiroq etadi. Qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi yerning 
    sifatiga, uning unumdorligiga va suv bilan ta’minlanganligiga bog’liq. Bu esa o’z navbatida qishloq 
    xo’jaligi tarmoqlarining samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. 
    Inson mehnati, yer, suv, mehnat vositasi va mehnat predmeti qishloq xo’jaligida mahsulotlarni 
    ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiruvchi zaruriy sharoit va omillardir, binobarin uning 
    resurslaridir. Demak, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslari–mehnat, yer, suv va moddiy 
    resurslar-qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish jarayonida foydalaniladi va uning 
    salohiyatini (potensialini) tashkil etadi.
    Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslari, sifat jihatdan bir-biridan farq qilsa ham, ularning bir 
    qator umumiy tomonlari mavjud: 
    -ishlab chiqarish jarayonida qatnashishning potensial imkoniyatlariga va ularni iste’mol 
    qilishning unumli xarakteriga ega. Mos ravishda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslari 
    ishlab chiqarish jarayoniga kirmaguncha alohida-alohida bo’ladi. Jarayon boshlangandan keyin 
    birlashadi; 
    -jamiyat iqtisodiy rivojlanishining har bir etapida hajm va tarkib jihatdan chegaralanish 
    xarakterlidir; Demak, xulosa shuki, mahsulot yaratishda qatnashadigan elementlarning hammasi ham, 
    ishlab chiqarish resurslari bo’lavermaydi. Misol uchun, havo ishlab chiqarish jarayonida bevosita va 
    faol qatnashadi, lekin u iqtisodiy ma’noda ishlab chiqarish resursi hisoblanmaydi, chunki u nazariy 
    hamda amaliy jihatdan olganda chegaralanmagan. Shu bilan birga, har bir ma’lum davrda ishlab 
    chiqarish resurslarining chegaralanganligi, jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi 
    darajasini, absolyut emas balki nisbiy jihatdan xarakterlaydi. Ishlab chiqarish resurslarning nisbiy
    chegaralanganligi, ba’zi hollarda kamyobligi, bir tomondan, ulardan ancha intensiv va samarali 
    foydalanishni, boshqa tomondan bir resursni boshqa resurs bilan almashtirish, ularning bir-birini 
    o’rnini qoplash imkoniyati zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yerlarning unumdorligini oshirish, ishlab 
    chiqarishga kompleks mexnizasiya va avtomatlashtirishni qo’llash mehnat resurslari va boshqalar 
    kamyobligini to’ldirishga yordam beradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarish 
    resurslarini iste’mol qilish bilan xarakterlanadi. Bu esa ularni takror ishlab chiqarish lozimligini 
    bildiradi. Har bir resurs turiga mos ravishda ma’lum takror ishlab chiqarish manbai mos keladi. 
    Masalan, mehnat resurslarining manbai mehnatga yaroqli aholi, asosiy vositalarining manbai - kapital 
    mablag’lar, moddiy oborot vositalarining manbai - mahsulot sotishdan tushadigan pul va boshqalar.
    Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida muhim omil mehnat resurslaridir. Shuning uchun jami 
    ishlab chiqarish qurollari ichida, eng qudratli ishlab chiqaruvchi kuch ishchilarning o’zi. Qishloq 
    xo’jaligida mehnat resurslari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda ishtirok etish qobiliyatiga ega
    bo’lgan kishilar to’plamini ifodalaydi. Mehnat resurslariga qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda band 
    bo’lgan kishilardan tashqari, ma’lum bir sharoitda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida qatnashish 
    imkoniyatiga ega bo’lgan kishilar, ya’ni mehnat zahiralari ham kiradi. Mehnat resurslarining eng 


    194 
    harakatchan va bir vaqtning o’zida sosial faol qismi ish kuchidir. U kishining jismoniy va ma’naviy 
    qobiliyatlarining yig’indisidir. Bundan ko’rinadiki, mehnat resurslari shunday holatda ish kuchiga 
    aylanadiki, qachonki kishining jismoniy va ma’naviy qobiliyatlari mehnat jarayonida ro’yobga
    chiqsa. Shuning uchun "mehnat resurslari" tushunchasi "ish kuchiga" nisbatan keng va ko’p 
    qirralidir. Fan-texnikaning rivojlanish jarayonida, ishlab chiqarishda mehnat resurslarining, ish 
    kuchining roli o’sib boradi. Mashina ishchining ayrim vazifalarinigina o’rniga almashadi, lekin 
    insonni to’liq almashtira olmaydi, chunki inson ishlab chiqarish vositalarini o’zlashtirib, o’zining 
    qobiliyatini rivojlantira borib, tabiat va jamiyat qonunlaridan o’z ehtiyojlarini qondirish uchun 
    foydalanish jarayonida mashinani yaratgan. 
    Lekin qishloq xo’jaligida mehnat resurslarining, inson mehnatining roli qanchalik buyuk 
    bo’lmasin uni tabiat kuchlari bilan almashtirib bo’lmasligi, jumladan yer resurlarisiz ro’yobga 
    chiqmasligini bildiradi. Qishloq xo’jaligi yer resurslari deganda, qishloq xo’jaligi tovar ishlab 
    chiqaruvchilari qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xususiy mulk sifatida, egalik 
    qiluvchi va foydalanuvchi yer maydonlari tushuniladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining
    moddiy asosi sifatida yer resurslari ishlab chiqarishning umumiy omili bo’lib, tarmoqdagi boshqa 
    ishlab chiqarish resurslarini birlashtirish uchun moddiy baza hisoblanadi. Chunki yer qishloq 
    xo’jaligida bosh ishlab chiqarish vositasi hamda mehnat predmeti hisoblanadi. 
    Yer resurslari bilan bir qatorda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida muhim omil bo’lib suv 
    resurslari hisoblanadi. Suv uglekisliy gaz bilan organik moddalar hosil bo’lish fotosintez jarayonida
    qatnashib, o’simlik organizmi uchun material hisoblanadi. Bundan tashqari, suv ozuqa moddalarni 
    eritadi va ularni o’simlik tomonidan o’zlashtirishni amalga oshiradi, qishloq xo’jaligi ekinlari 
    hosildorligi shakllanishiga imkoniyat yaratib beradi. 
    Yer resurslaridan keyin ishlab chiqarishning moddiy elementlaridan hisoblangan moddiy 
    resurslar turadi. Moddiy resurslar inson tomonidan yaratilgan bo’lib ikkiga bo’linadi: 
    1.Asosiy vositalar 
    2.Moddiy aylanma vositalar 

    Download 8,59 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   386




    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti

    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish