195
II.Takror ishlab chiqarish imkoniyatiga qarab ishlab chiqarish resurslari ikkiga bo’linadi.
1.Yangilanadigan (mehnat, moddiy);
2.Yangilanmaydigan (yer, suv).
III.Foydalanish xarakteriga qarab ishlab chiqarish resurslari ikkiga bo’linadi;
1.Potensial resurslar (korxonaga berkitilgan mavjud ishlab chiqarish resurslari);
2.Harakatdagi resuslar(potensial resursning bir qismi bo’lib, ular asta-sekin korxonaning ishlab
chiqaruvchi kuchlariga aylanadi).
IV.Foydalanish shakli va hajmiga qarab harakatdagi resurslar ikkiga bo’linadi:
1.Qo’llanilgan resurslar(resurs potensiali);
2.Iste’mol qilingan resurslar(tannarx).
Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida mahsulot tannarxi tarkibiga:bevosita mehnat haqi
(ajratmalar bilan) xarajatlari, o’g’itlar, amortizasiya, urug’lik, yoqilg’i moylash materiallariga
sarflangan xarajatlar, ish va xizmat to’lovlari, yagona yer solig’i va boshqa ayrim soliqlar, sug’urta
to’lovlari, umumishlab chiqarish xarajatlari, va boshqa bevosita xarajatlar kabi moddalar kiradi.