Qishloq xo’jaligida mehnat resurslari shakllanishi va foydalanishining o’ziga xos




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   386
Bog'liq
qorakol

9.4. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslari shakllanishi va foydalanishining o’ziga xos 
xususiyatlari va tarkibi. Ish kuchi bilan ta’minlanish, ish kuchining mavjudligi va harakati 
ko’rsatkichlari 
 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslarining miqdoriga, tarkibiga, 
malakasiga va ulardan foydalanish samaradorligiga bog’liq. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslariga 
mehnatga yaroqli erkaklar -16 dan 60 yoshgacha, ayollar -16 dan 55 yoshgacha, shuningdek qishloq 
joyda yashovchi o’smirlar va nafaqaxo’rlar kiradi.Bu haqda O’zbekiston respublikasi “Mehnat 
kodeksi” ning 77 -“Ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladigan yosh” moddasida: ”Ishga qabul qilishga 
o’n olti yoshdan yo’l qo’yiladi”deb yozib qo’yilgan 
Qishloq xo’jaligi korxonalarida mehnat resurslari tarkibiga 


199 
1. Doimiy; 
2. Mavsumiy; 
3. Vaqtinchalik ishchilar, shuningdek, shtatda turuvchi; 
4. O’smirlar; 
5. Nafaqaxo’rlar kiradilar. 
Shu jumladan: 
1.Doimiy ishchilarga-muddatsiz ishga qabul qilinganlar; 
2.Mavsumiy ishchilar-6 oygacha muddatga qabul qilinganlar; 
3.Vaqtinchalik ishchilarga-2 oygacha muddatga qabul qilinganlarkiritiladi. 
2012 yilda respublikada o’smirlar soni 9040,8 ming kishini, mehnat resurslari soni 18517,6 
ming kishini va nafaqaxo’rlar soni 2435,1 ming kishini tashkil etgan. Bu 2003 yilga nisbatan mos 
ravishda o’smirlar sonining 1404,2 ming kishiga yoki 4,3 % ga kamayganligini, mehnat resurslari va 
nafaqaxo’rlarning 4084 kishiga yoki 28,3% ga va 606 ming kishiga yoki 33, 1% ga o’sganligini 
bildiradi. Qishloqda esa shu davrda o’smirlar va mehnat resurslarining soni mos ravishda 1,727 ming 
kishiga yoki 26,5 % ga va 18,5 ming kishiga yoki 0,2 % ga kamayganligini ko’rsatib, faqat 
nafaqaxo’rlar sonining 33,6 ming kishiga yoki 3,4 % ga oshganligidan dalolat beradi.
Demak, respublika bo’yicha o’smirlar sonining kamayishi tug’ilishning kamayishi hisobiga
mehnat resurslarining o’sishi esa asosan shaharliklar hisobiga to’g’ri kelgan. 
Shuningdek, 2012 yilda respublikaga kelganlar soni 4,5 ming kishini va chiqib ketganlar soni 
45,4 ming kishini tashkil etgan bo’lib, aholi migrasiyasi saldosi – 40,9 ming kishiga teng bo’lgan. 
2003 yilda esa bu ko’rsatkich -88,1 ming kishini tashkil qilgan.
Quyidagi 1-jadvalda mehnat resurslari va aholining bandligi to’g’risidagi 2003-2012 yillar 
tahlili berilgan. 
2012 yilda 2003 yilga nisbatan iqtisodiy faol aholi 3228,9 ming kishiga yoki 33,6 % ga 
ko’paygan.Shu jumladan ayollar 37,7 % ga va erkaklar 30,3 % ga oshgan. Shu davrda jami iqtisodiy 
faol aholining 95,1 % i yoki 12223,8 ming kishi iqtisodiyot tarmoqlarida band bo’lgan. Bu yerda
ayollar soni 31,8 % ga va erkaklar soni 24,1 % ga oshgan.Umuman iqtisodiyot tarmoqlarida band 
bo’lganlar shu davrda 27,5 % ga ko’paygan. 
Demak, keyingi 10 yilda mehnat resurslari tarkibida ayollarning salmog’i oshib borgan.Bu 
iqtisodiyotning turli sohalarida tadbirkorlikning rivojlanishi va bunda erkaklar bilan bir qatorda 
ayollar mehnatining o’rni oshib borayotganligining yaqqol isbotidir. 
Korxonalarning mehnat resurslaridan tashqari ba’zi hollarda qishloq xo’jaligida (mavsumiy 
ishlarda) mehnat shartnomasi asosida chetdan jalb qilinganlar mehnatidan ham foydalaniladi, shu 
jumladan yollanma ishchilar ham. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan 
foydalanishning asosiy xususiyatlari quyidagilar: 
1.Biologik ishlab chiqarish vositalari, tirik organizmlar-tuproq, o’simlik, hayvonlarni 
rivojlantirishga qulay sharoitlar yaratish uchun xodimlar mehnati mazmunining yo’naltirilganligi. Bu 
qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish tirik organizmlarning rivojlanishi, o’zgarishiga, ularning tabiatini 
noorganik elementidan organik moddalarga sintezlashuviga bog’liqdir; 


200 

Download 8,59 Mb.
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Qishloq xo’jaligida mehnat resurslari shakllanishi va foydalanishining o’ziga xos

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish