205
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish kuchiga bo’lgan taklifning talabdan
oshib ketishi ish kuchi
(mehnat) bozorini bo’lishini muqarrar qilib qo’yadi.
Qishlok xo’jaligida ish kuchi bozori ilgari ham mavjud edi,
lekin u chegaralangan,
o’zgartirilgan ko’rinishda edi. U tarmoqqa rahbarlikning ma’muriy - qo’mondonlik usuli tufayli
o’ziga xos bo’lgan vazifani bajara olmas edi va xodimlarni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonini
tashkil qilish va tartibga solishning qo’llanadigan shakllari takomillashmaganligi
tufayli qishloq
mehnatkashlarining ish joyi va mashg’ulot turini tanlash erkinligi chegaralangan edi. Qishloq
mehnatkashlarining davlat mulkiga ham xo’jayni sifatidagi huquqi to’la emas, ishga joylashishda,
mehnatiga yarasha haq olishda mehnatga bo’lgan qobiliyatdanuzoqlashish sodir bo’lar edi.
O’rta Osiyo Respublikalari qishloq xo’jaligida tub aholining hayotiy, mehnat va iste’mol bilan
bog’liq, manfaatlar va milliy xususiyatlarni
hisobga olmasdan, monokulturada, qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishini joylashtirishda yaxshi o’ylamasdan, investisiya va
struktura siyosatini amalga
oshirish natijasi bandlikni ta’minlashda paydo bo’ladigan salbiy hodisalarga olib keldi.
Jamoa va davlat xo’jaliklarining ko’p qismini yiriklashtirishga olib kelgan va dastlabida kichik
shakldagi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini chegaralagan va keyinchalik butunlay ta’qiqlab
qo’ygan yirik ishlab chiqarish va davlat mulk shakllarini yoppasiga rivojlantirish siyosati oqibatida
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi va mehnat resurslarini joylashtirishdagi nomuvofiqlik yuzaga keldi.
Qishloq xo’jaligining hozirgi rivojlanish etapida ish kuchi bozorini tan olishning to’g’riligi
quyidagi bir qancha omillarga bog’liq: