Mehnat tushunchasi va uning roli. Yollanma xodim va mulk egasi mehnati




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   386
Bog'liq
qorakol

9.3. Mehnat tushunchasi va uning roli. Yollanma xodim va mulk egasi mehnati 
 
Jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklarining manbalari inson mehnati hisoblanadi. Kishilik 
jamiyatining turli bosqichlarida mehnat boylik yaratuvchi, uni ko’paytiruvchi muhim ishlab chiqarish 
omili bo’lib kelgan. Shuning uchun asrlar davomida mehnat boylikning otasi deya, qadrlangan va 
ulug’langan. Respublikamizda mustaqillik yillarida mehnat munosabatlariga oid ko’pgina me’yoriy 
hujjatlar qabul qilingan bo’lib, shulardan, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston 
Respublikasi «Mehnat Kodeksi»ning 1-bob 8-moddasida mehnatning ulug’vorligi to’g’risida 


198 
shunday deyilgan: «Har bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlanadi, bu himoya 
mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar, 
shuningdek mehnat nizolarini ko’ruvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi». Demak, mehnat va 
uni amalga oshiruvchi shaxs doimo jamiyatning diqqat e’tiborida bo’lar ekan. Bu borada, haqiqatda,
mehnatni kishilik hayotining asosiy sharti ekanligini va insonnning o’zining ham kamolotga 
yetishuvi mehnat orqali amalga oshganligini ta’kidlash joizdir.
Mehnat – bu insoning maqsadli faoliyati bo’lib, bu jarayonda u tabiat predmetlarini o’zining 
ehtiyojlarini qondirish uchun moslashtiradi va o’zgartiradi. O’z kuchini qo’shgani holda inson, 
mehnat qurollaridan foydalanib, tabiat bergan materiallarni, kishilarning moddiy va ma’naviy
ehtiyojlarini qondiradigan moddiy ne’matlarga, boyliklarga aylantiradi. Mehnat jarayoni, insoning
ish joyida, uning mehnat faoliyatining ma’lum natijalariga erishishga yo’naltirilgan harakatlarining 
to’plamini bildiradi. Bu ma’noda "mehnat jarayoni" tushunchasi, "ishlab chiqarish jarayoni" 
tushunchasiga nisbatan ancha tor tushunchadir. Ishlab chiqarish jarayoni har biri ma’lum bir 
bosqichni va tayyor mahsulot olishni aks ettiruvchi, bir butun mehnat jarayonlari kompleksi bazasida 
amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ko’p hollarda ishlab chiqarish jarayoni, inson mehnati 
ishtirokisiz ham, tabiiy omillar ta’siri ostida sodir bo’ladi. Mehnat jarayoni, ma’lumki o’z ichiga uch 
elementni: mehnat vositasi, mehnat predmetlari va bevosita inson mehnatining o’zini oladi. Ishlab 
chiqarish vositalarisiz mehnat jarayoni ma’nosiz bo’ladi, o’z navbatida inson mehnatisiz ishlab 
chiqarish vositalari ham o’likdir va hyech narsa yarata olmaydi. Kishilar mehnati ishlab chiqarish 
vositalarini harakat qilishga va insonning maqsadini amalga oshirishda birga harakat qilishga majbur
qiladi. Mehnat vositalari va mehnat predmetlarini yarata borib va tabiatga ta’sir etib, inson, o’zini 
ham o’zgartiradi, uning malakasi, bilimi va ishlab chiqarish tajribasi oshadi. Jamiyat rivojlanishi bilan 
mehnat vositalari takomillasha boradi, ishlab chiqarish jarayoniga yangi-yangi iqtisodiy resurslar jalb 
qilinadi. Fan va texnika o’z rivojlanishida qanchalik ilgarilab ketmasin, mehnat jarayonida mehnat 
o’zining yetakchilik, hal qiluvchi rolini yo’qotmaydi. Mehnat iqtisodiy kategoriya hisoblanadi va
uning xarakteri ishlab chiqarish munosabatlari bilan aniqlanadi. Qishloq xo’jaligida amalga 
oshiriladigan ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish shunga yo’naltirilganki, bunda har 
bir xodimdan, mehnatga xuddi yollanma kunbaychidek befarq va ma’suliyatsiz emas, balki
pirovord natijaga javobgarligini sezgan holda yondoshish, munosabatda bo’lishni talab etiladi. Oxir
oqibat bu mehnatdan uzoqlashish degan g’ovni olib tashlaydi. Xo’jayin va yollanma xodim 
o’rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardan iborat: birinchidan, xo’jayin ishlab chiqarish vositalariga 
va mos ravishda ishlab chiqarilgan mahsulotga ham mulkdor va xo’jayindir. Yollanma xodimda esa 
bu mulk yo’q; ikkinchidan, xo’jayinning daromadlari (mehnat haqi) pirovord natijalarga bog’liq 
holda va qoldiq prinsipi bo’yicha shakllanadi, boshqacha so’z bilan aytganda, sotilgan mahsulot 
qiymatidan moddiy va boshqa sarf-to’lovlar, soliqlar va boshqalar ajratib tashlangandan keyingi
daromadlardan shakllanadi. Daromadlarning qolgan qismiga xo’jayin mustaqil egalik qiladi.
Yollanma xodim ishda bo’lgan vaqtiga yoki bajargan ishining hajmiga qarab ish haqi oladi, u 
pirovard natijaga bog’liq emasdir.

Download 8,59 Mb.
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mehnat tushunchasi va uning roli. Yollanma xodim va mulk egasi mehnati

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish