|
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligiBog'liq qorakol
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir
mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo’yicha
talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar to’la qamrab olinishi kerak.
Asosiy qism sifatiga qo’yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar
talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy va
demokratik o’zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi
islohotlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so’ngi yutuqlari
e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.
Ma’ruza mashg’ulotlari.
1.Qishloq xo‘jaligining respublika iqtisodiyotidagi o‘rni, ahamiyati. «qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarish iqtisodiyoti» fanining predmeti, tadqiqot usullari.
Qishloq xo’jaligi respublika iqtisodiyotining muhim sohasi ekanligi, uning o’ziga xos
xususiyatlari. Qishloq xo’jaligining maqsadi, vazifalari. Hukumatning hozirgi davrdagi agrar
siyosati. Qishloq xo’jaligini, tarmoqlarini jahon va mamlakat miqyosidagi o’zgarishi. Qishloq
xo’jaligini mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni, ahamiyati va dinamikasi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish
davrida qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy munosabatlar, ularni rivojlanishi. Fanning predmeti, maqsadi
va vazifalari. Fandagi foydalaniladigan tadqiqot usullari. Uning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekistonning har yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi
yakunlari va kelgusi yillardagi iqtisodiy islohotlarni eng muhim ustuvor yo’nalishlariga doir
ma’ruzasining fanni o’qitishdagi roli va ahamiyati.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:
dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim.
Adabiyotlar
ro’yxati:
A:1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,16,17,18,19,20;
Q:1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13; X: 1,2,3,4
|
| |