15.1. O’simlikchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
O’simlikchilik qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining yetakchi tarmog’i hisoblanadi. Uning
mahsulotlari insonlar uchun oziq-ovqat, chorvachilik uchun yem-xashak, sanoat uchun – xom
ashe sifatida foydalaniladi.
O’simlikchilik mahsulotlari jahon xalqlarining eng yirik tabiiy va iqtisodiy boyligidir. XXI
asr boshlarida jahon olimlari tomonidan yer yuzida 500 mingga yaqin o’simliklarning mavjudligi
aniqlangan. Ularning 23 ming yoki 4,6 foizining mahsulotlaridan jahon xalqlari turli xil maqsadlar
uchun foydalanadilar. Ularning 6 ming yoki 26,1 foizi madaniy ekinlar guruhiga kiradi, shu jumladan
400 turi yoki 6,6 foizi O’zbekistonda uchraydi; ulardan 120 yoki 30 foizi ochiq va yopiq maydondarda
rivojlantiriladi, ularning mahsulotlaridan aholi uchun oziq-ovqat, chorva uchun – yem-xashak, sanoat
uchun natural xom ashyo sifatida foydalaniladi, xolos.
Ilmiy izlanish natijalari shuni ko’rsatadiki, jahon, shu jumladan O’zbekiston xalqlari, yaqin
kelajakda o’simlikchilik mahsulotlaridan yanada kengroq va samaraliroq foydalanish uchun real
imkoniyatlarga ega. Asosiy vazifa bosqichma-bosqich ularni ishga solish, ko’proq, sifatliroq va
raqobatlilik darajasi yuqoriroq mahsulotlarni ishlab chiqarish, binobarin iste’mol qilishdir.
15.2.O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotini
o’rganish xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti qonunlari, mexanizmlari va kategoriyalari talablarini hamda madaniy
qishloq xo’jaligi ekinlarining botanik, agrotexnik va boshqa xususiyatlarini hisobga olib ular quyidagi
turkumlar bo’yicha hisob-kitob qilinadi va rivojlanish natijalari baholanadi:
1. Boshoqli va dukkakli don ekinlari mahsulotlari;
2. Texnika ekinlari mahsulotlari;
3. Kartoshka ekini mahsulotlari;
4. Sabzavot ekinlari mahsulotlari;
5. Poliz ekinlari mahsulotlari;
6. Chorva ozuqalari va ekinlari mahsulotlari;
7. Mevali dov-daraxtlar mahsulotlari;
8. Tokzorlar mahsulotlari;
9. Pillachilik, tut daraxtlari mahsulotlari;
285
10.Gulzorlar mahsulotlari;
11.Ixota daraxtlar va o’rmonzorlar mahsulotlari;
12.Tabiiy pichanzorlar va yaylovlar mahsulotlari va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan madaniy ekinlar o’z navbatida kichik guruhlarga bo’linadi. Masalan, don
ekinlari oziq-ovqatga, yem-xashakka va boshqa maqsadlarga foydalanilishi bo’yicha, texnika ekinlari
– tola, shakar, yog’ beruvchi va boshqa turlarga bo’linib hisob-kitob qilinadi, oxirgi natijalari
baholanadi.
Madaniy o’simliklar mayda guruhlarining o’ziga xos xususiyatlarini har tomonlar hisobga
olib, ularning natura va qiymat shaklidagi iqtisodiy samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy
ko’rsatkichlar tizimi yaratilgan. Ularga quyidagilar kiradi:
1.Yerni ekishga tayyorlash, ekinlarni eki shva parvarish qilish, hosilni yig’ib olish usullari.
2.Elita va tovar urug’lar, ko’chatlar yetishtirish va ulardan foydalanish.
3.Ekinlarni almashlab ekish rejalaridan foydalanish.
4.Mineral va organik o’g’itlardan me’yoriy darajada foydalanish.
5.Mashinalar tizimini yaratish va foydalanish.
6.Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish.
7.Sug’orish usullarini takomillashtirish.
8.Ekinlar hosildorligini hisob-kitob qilish.
9.Ekinlar mahsulotlarini sifati buyicha navlarga bo’lish.
10.Mahsulotlardan sof va qayta ishlangan holda foydalanishni va saqlashni tashkil etish.
11.Ekinlar ekish, parvarish qilish, hosilni yig’ib olish va boshqa jarayonlarda mehnatni
me’yorlash, razryadlarga bo’lish, mehnatni tashkil etishva unga haq to’lash.
12.Tarmoqlarda kapital quyilmalardan foydalanish samaradorligini oshirish.
13.Mahsulotlar tannarxi, sotish baholari, rentabellik ko’rsatkichlarini to’g’ri hisoblash va
tahlil etishva hokazo.
Ayrim va guruh ekinlar bo’yicha texnologik jarayonlarni tashkiliy va iqtisodiy munosabatlari,
tarixiy davrlar bo’yicha tahlil qilish va baholash o’ta murakkab ishdir. U maxsus ilmiy tadqiqot
institutlarining izlanish natijalari asosida bajariladi. Ushbu darslikda O’zbekiston Respublikasining
rivojlanish yillaridagi erishilgan yutuqlari va ayrim kamchiliklarni qisqa muddatlarda kamaytirish
chora-tadbirlari bayon etilgan, xolos.
|