293
ekilganda qish tushguncha naychalash fazasiga o’tishi mumkin. Qish mavsumi nisbatan iliq kelgan
yillari ular o’sishini davom ettiradi va boshoqlash fazasini tezlashtiradi.
Odatda, respublikaning shimoliy mintaqalarida optimal ekish muddatlari erta, janubiy viloyatlarda
kechroq bo’ladi. Bunda har bir viloyat, tuman uchun ayrim navlarning biologik xususiyatlarini
hisobga olib optimal ekish muddatlariga aniqlik ham kiritilishi mumkin. Ko’plab o’tkazilgan
tajribalar bir xo’jalikda bir necha serhosil navlarni ekish maqsadga muvofiqligini ko’rsatmoqda.
Oldin biologik kuzgi navlar, keyin duvarak, baxorgi navlar ekiladi.Arpa bug’doydan keyin ekiladi,
chunki arpa bug’doyga nisbatan tezroq rivojlanadi. Ekish muddati optimal muddatlarda o’tkazilishi
mavjud texnika vositalaridan samarali foydalanishga sharoit yaratadi.
Respublikamizda serhosil, kasalliklarga, zararkunandalarga, yotib qolishga, tabiatning boshqa
noqulay
omillariga chidamli, don sifati yuqori bug’doy va arpaning sug’oriladigan yerlarda ekishga
mo’ljallangan intensiv tipdagi navlarini ekish tavsiya etiladi. Bunday navlar davlat reyestridan
o’tkazilishidan oldin Davlat nav sinash tajriba stansiyalarida yoki uchastkalarida yagona uslub
bo’yicha sinaladi, hamda oldindan ekib kelinayotgan navlardan hosildorlik va boshqa ko’rsatgichlari
bo’yicha ustunlik qilsa, nav sinalgan tuproq-iqlim mintaqasida ekish
uchun davlat reyestiridan
o’tkaziladi. Xo’jaliklarda faqat Davlat reyestiridan o’tgan yoki istiqbolli navlar ekilishi lozim. 2000-
2005 yillarda Davlat reyestiridan quyidagi yumshoq bug’doy navlari o’tgan va tumanlashtirilgan.
Sangzor, Sherdor, Yonbosh, Marjon, Sangzor-4, Unumli bug’doy, Skifyanka, Yuna, Bezostaya-1,
Spartanka, Intensiv, Sete-serros-66, qattiq bug’doy navlaridan- Aleksandrovka, Baxt va boshqalar,
shuningdek, arpa navlaridan, Temur, Marokand, Bobur va boshqalar.
Bu navlardan nav sinash uchastkalarida 40-50 sentnerdan 80-90 sentnergacha hosil olingan.
Xo’jaliklarda har kanday nav uzoq yillar davomida ekilsa, urug’larning qimmatli xususiyatlari
pasayib boradi. Shuning uchun har 3-4 yilda navlarni yangilash zarur.
Bug’doydan yuqori hosil olishning real imkoniyatlaridan biri almashlab ekishdir.
Kuzgi
bug’doyni ikki yildan ortiq joylashtirish, dalada begona o’tlarning, kasalliklarning hamda
zararkunandalarning ko’payishiga, tuproq unumdorligining, binobarin hosildorlikning pasayishga va
don sifatining buzilishiga olib keladi. Ayniqsa kuzgi bug’doy urug’lik uchun ekilganda uni boshoqli
don ekinlaridan keyin joylashtirishga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Kuzgi bug’doy uchun beda va boshqa chorva ozuqa ekinlari, kartoshka, sabzavot va dukkakli
don ekinlari samarali o’tmishdosh hisoblanadi. Ayni paytda shu
ekinlar uchun kuzda ekilgan
bug’doy ham o’z navbatida o’tmishdosh ekindir.
Uzoq muddatlarda bug’doy-g’uza almashlab ekishining joriy etilishi tuproq unumdorligini
pasayishiga olib keladi, natijada me’yordan ortiqcha mineral o’g’itlardan foydalanishga zaruriyat
tug’iladi, yerning ekologik holatlari yomonlashadi va hokazo.
Kuzgi bug’doy hosilini oshirish ilg’or sug’orish rejimidan foydalanishga bevosita bog’lik.
Tuproqda nam to’plash maqsadida o’tkaziladigan sug’orishni yerni haydashdan oldin amalga oshirish
yuqori samara beradi. Bunday dalalarda ekilgan urug’lar qisqa
vaqtda bir tekis unib chiqadi,
o’simlikning yer ustki qismi hamda ildiz qismi mustaxkam rivojlanadi va natijada hosildorlikning
oshishiga olib keladi.
Amaliyotda tuproqda nam to’plash uchun sug’orishni urug’ ekilgandan keyin o’tkaziladi.
Bunday dalalarda, odatda tuproq yoriladi, ildizlar uziladi, o’simlikning rivojlanishi susayadi, natijada
hosildorlik pasayadi, o’simlikning suvga bo’lgan talabi, uning hayotining dastlabki kunlaridanoq
paydo bo’ladi. Suvga bo’lgan eng ko’p talab naychalash, boshoqlash fazalariga to’g’ri keladi.
O’simlikning suvga talabini barqaror ta’minlash uchun tuproqning namlik sig’imi 70-80 % dan
kam bo’lmasligi kerak. Bunig uchun, ya’ni tuproqda nam to’plash uchun sug’orish gektariga 1200
m
3
, o’sish davrida 700-750 m
3
hajmida 3-4 marta sug’orishni o’tkazish tavsiya etiladi. Sut
pishishining oxiri, mum pishish oldidan gektariga 250-300 m
3
hajmida yugurtirib, yengil sug’orishni
o’tkazishhosilni oshirishga qulay sharoit yaratadi.
Ekish oldidan nam to’plash va o’simlikni o’sish davrida sug’orishning jo’yaklar orqali amalga
oshirilishi, o’q ariqlar oralig’i 100 m dan oshmaganda, ham yuqori hosil olish imkoniyatini beradi.
294
Kuzgi bug’doy 1 t. don hosil qilishi uchun o’rtacha 700 –1000
3
suv sarflaydi. Suv bilan
ta’minlanish optimallashib borishi bilan 1t.don hosil bo’lishi uchun
sarflangan suv miqdori ham
kamayib boradi, natijada sug’oriladigan g’allachilik samaradorligi ko’tariladi.
Yuqori hosil olish omillaridan yana biri uni qisqa muddatlarda yig’ib-terib olishdir.Masalan,
kuzgi bug’doy pishib yetilgach 8-12 kunda o’rib-yanchib olinishi zarur. Agar uning muddati
kechiktirilsa hosilning bir qismi nobud bo’ladi (dalalarda qolib ketadi). Ayrim xo’jaliklarda nobud
bo’lgan hosil sifatli sug’orish va o’g’itlashdan olinadigan qo’shimcha hosildan ham ko’p bo’ladi va
tarmoqning samaradorligini keskin pasaytiradi.
Hosilni yig’ishtirishda kombaynlardan guruh usulida foydalanish samarali hisoblanadi. Ang’iz
ekinlari tuprog’ini tayyorlash eng qulay muddatlarda o’tkaziladi, ularni ekish muddati qisqaradi va
hosildorligi oshadi.
Demak, yuqori hosil yaratish uchun barcha texnologik jarayonlar o’z vaqtida va sifatli
o’tkazilishi zarur. Chunki, odatda samaradorlik hosilni yaratish, yig’ib
olish bilan bevosita
bog’liqdir. Ma’lumki, g’allachilik va uning mahsulotlarining iqtisodiy samaradorligi 1 s.
mahsulotining to’liq tannarxi va uni sotish bahosi hamda rentabellik ko’rsatkichlari asosida
baholanadi. Oddiy shaklda tahlil shuni ko’rsatadiki barcha turdagi 1 sentner g’allaning tannarxi
qishloq xo’jalik korxonlarida, shu jumladan shirkatlarda va fermer xo’jaliklarida oxirgi yillarda oshib
bormoqda. Bunday holat g’allachilikda ishlatiladigan asosiy va aylanma vositalarga ko’tara hamda
chakana baholarning oshishi, nominal brutto mehnat xaqqi fondi, undan hisoblanadigan ajratmalar,
soliqlar va to’lovlar hajmining ko’payishi hisobiga sodir bo’lmoqda.
1 s. g’alla tannarxi so’mning inflyasiya koeffisentining oshishi hamda jahon bozorida bahoning
tashkil topish darajasini hisobga olib, barcha turdagi tovar g’alla mahsulotlariga davlat xarid baholari
oshirilmoqda.
1 s. g’alla tannarxi va uning sotish bahosining o’sishi o’rtasida mutanosiblikning saqlanmasligi
oqibatida tannarxga kiritilgan xarajatlarning rentabelligi ko’pchilik korxonalarda past darajada yoki
ular zarar bilan ishlashmoqda.
Korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilash, shu jumladan
ularning aylanma fondlarini
tashkil etish maqsadida, fyuchers kontraktasiya shartnomasiga asosan davlat buyurtmasi buyicha
sotiladigan mahsulot qiymatining 50 % hajmida avans beriladi.
Ko’pchilik korxonalarda g’allachilikda mehnatni tashkil etish va unga haq to’lash oila pudrati
asosida amalga oshiriladi, moddiy manfaatdorlik va javobgarlik
tamoyillaridan foydalanish
samaradorligi kuchaytiriladi.
Ammo, g’allachilikda aniqlanadigan ko’pchilik samaradorlik ko’rsatkichlari bozor iqtisodiyoti
qonunlari mexanizmlari va kategoriyalaridan oqilona foydalanish talablariga to’laroq javob
bermaydi.
Shuning uchun, mavjud real imkoniyatlardan oqilona foydalanishni tezlashtirish maqsadida
bozor iqtisodiyoti sharoitidagi islohatlarni yanada chuqurlashtirish dolzarb vazifadir. Dastavval, tovar
mahsulotlarining sotish baholarini erkin va shartnoma asosida tashkil topishiga, g’allakorlarni mehnat
natijalariga qarab garantiyalangan xaq to’lanishiga erishish zarur. Tarmoqda mehnatga pul va natural
shaklida xaq to’lashni joriy etish samarali hisoblanadi.