Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   386
Bog'liq
qorakol

 
 
 
15.7.Paxtachilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati 
G’o’za texnik ekinlar guruhiga kiradi. Ular o’z navbatida yig’iruv va oziq-ovqat mahsulotlari 
beruvchi va boshqa guruhlarga bo’linadi. Yigiruv mahsulotlari beruvchi ekinlarga g’o’za, zig’ir, 
kenaf, jut va boshqalar kiradi. Oziq-ovqat mahsulotlari beruvchi ekinlar guruhiga esa qand lavlagi, 
yog’ beruvchi, dorivorlar, chekish uchun tamaki va maxorka, kauchuk beruvchi va boshqalar kiradi. 
Yer yuzida 80 ga yaqin, O’zbekistonda esa –40 ga yaqin texnik ekinlar ekiladi. Ularning 
ichida g’o’za asosiy ekin hisoblanadi. G’o’za yetishtirishdan paxta xom-ash’yosi va g’o’zapoya 
olinadi. Paxta xom-ash’yosini birlamchi qayta ishlash jarayonida paxta tolasi va chigit olinadi. 
Odatda, paxta tolasi chiqishi 30-35, urug’i esa – 60-65 foizni tashkil etadi. Bir tonna paxta xom-


295 
ash’yosini qayta ishlashda 3000 m.kub.ga yaqin gazlama, 100-110 kg yog’, 200-250 kg kunjara, 50-
60 kg. sheluxa, 10 kg. xo’jalik sovuni va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. 
Paxtachilik universal tarmoqqa aylanib bormoqda. Uning asosiy mahsulotlari paxta xom-
ash’yosi va poyasini qayta ishlash jarayonida 1200 dan ortiq sanoat mahsulotlari olinadi. O’zbekiston 
to’qimachilik sanoati xom-ash’yosi balansida paxta tolasi 70 foizni, o’simlik yog’-moy sanoatida – 
chigit 90 foizni tashkil etadi.
Paxta xom-ash’yosidan gazlama, ip, momiq, sun’iy ipak, to’qimachilik va boshqa ko’pgina 
buyumlar ishlab chiqariladi. Chigitdan eng arzon yog’, margarin, sovun, gliserin va boshqa 
mahsulotlar, chigit qoldig’idan esa kunjara, sheluxa olinadi. Paxta tozalash va yog’ zavodlari 
chiqindilaridan izolyasiya materiallari, sellyuloza, spirt, linoleum, lok, har xil buyoqlar, kino 
plyonkasi va boshqa ko’pgina tovarlar tayyorlanadi. 
G’o’za bargidan organik kislotalar, jumladan, sirka, limon, olma kislotasi olinadi. 
G’o’zapoyadan dag’al qog’oz, karton, faner, oshlash va boshqa materiallar ishlab chiqariladi. 
Chigitdan olinadigan sheluxa chorva mollari uchun to’yimli ozuqa hisoblanadi, undan gidroliz 
sanoatida xom – ash’yo sifatida foydalaniladi, furfulon va texnik spirt olinadi. Furfulondan smola, 
plastmassa, kapron, sintetik tola, alif, har xil dorivorlar va boshqa mahsulotlar olinadi. Har bir gektar 
g’o’za gullaridan mavsumda 60-70 kg asal mahsuloti olish mumkin. Asalarichilikni tashkil etish 
hisobiga g’o’zaning changlanish sifati tubdan yaxshilanadi va uning hosildorligi 2-3 sentnerga 
oshadi. 
Bir tonna paxta xom – ash’yosini qayta ishlashdan olingan asosiy tovar mahsulotlar(gazlama, 
yog’, kunjara, sheluxa, momiq)ni sotishdan 2012 yil o’rta baholarida hisoblaganda 7650 ming 
so’mlik pul tushumi tushadi. Agar gazlamadan tayyor kiyimlar tayyorlanib sotilsa pul tushumi 4-5 
marta ko’payadi. 
Paxta tolasini jahon bozorida sotish jarayonida O’zbekistonning xalqaro valyuta fondi 
ko’payadi, natijada uning yangi texnologiya va texnikani sotib olish imkoniyati mustahkamlanadi, 
hamda iqtisodiy taraqqiyoti tezlashadi va h.k.

Download 8,59 Mb.
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish