Kartoshkachilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   386
Bog'liq
qorakol

15.11.Kartoshkachilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati 
 
Kartoshka ekinining asosiy mahsuloti-kartoshka foydalanish turlari jihatidan universal 
mahsulot hisoblanadi. Uning tarkibida 70-80% suv, qolgan qismida kraxmal, oqsil, yog’, «S» va «V» 


302 
guruhi tarkibiga kiruvchi vitaminlar shuningdek, har xil moddalar, kaliy, fosfor va boshqa o’nlab 
moddalar bor. 
Kartoshkadan asosan xushxo’r to’yimli oziq-ovqat shaklida foydalaniladi, uni me’yor 
darajasida iste’mol etish inson tomonidan iste’mol etiladigan ko’pgina mahsulotlarni yaxshi hazm 
bo’lishiga ham yordam beradi. Yevropa va Lotin Amerikasi mamlakatlarida o’simlikchilik oziq-
ovqatlar balansi tarkibida kartoshka don mahsulotlaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi. 
O’zbekistonda ham aholining kartoshkaga bo’lgan talabi va uni qondirish darajasi kuzatilib 
borilmoqda. Kartoshkani qayta ishlash jarayonida kraxmal va spirt olinadi. Ular asosan shirinlik va 
alkogol ichimliklar ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
Kartoshka tuganaklaridan 25 foizgacha kraxmal olinadi. Bir gektar kartoshka hosilidan g’alla 
ekinlariga nisbatan 3-4 marta ko’proq spirt olinadi. Bundan tashqari 1 tonna kartoshkadan spirt olish 
uchun qayta ishlash jarayonida 1500 l barda olinadi va chorvachilikda ozuqa shaklida foydalaniladi. 
Kartoshkadan cho’chqalarni oziqlantirish, o’ta sifatli go’sht ishlab chiqarishga imkoniyat 
yaratadi. Sug’oriladigan yerlarda ertagi va kechki navlaridan 2 marta hosil olish, aholining 
kartoshkaga bo’lgan talabini taqvim yil davomida barqaror ta’min etishga sharoit yaratadi va h.k. 
O’zbekistonda kartoshkachilikni intensiv rivojlantirish yer, suv, mehnat va boshqa resurslar 
potensialidan foydalanish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. 
 
15.12.Kartoshkachilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli 
O’zbekistonda kartoshkachilikni rivojlantirish tarixi taxminan 130 yilga teng, uning urug’i Lotin 
Amerikasi mamlakatlaridan Rossiyaga, Rossiyadan O’zbekistonga keltirilgan. 
Kartoshka biologik xususiyatiga ko’ra o’rtacha iqlim +20 dan oshmagan issiqlikda samarali 
rivojlantiriladi. O’zbekiston iqlimi keskin kontinental va qurg’oqchil mintaqadir. Havo va tuproqning 
o’ta issiqligi kartoshka o’stirish uchun noqulaylik tug’diradi. Bunday sharoit fotosintezni 
sekinlashtiradi, oqibatda kartoshkaning tugish va ildiz sistemasining rivojlanishiga va nihoyat, uning 
hosildorligiga va sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Yoz oylarida me’yordan ortiqcha quyosh nuri hosil 
to’planishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Respublika olimlari sug’oriladigan maydonlarda kartoshkadan yuqori hosil olishning 
kompleks texnologik, seleksiya va urug’chilik va boshqa masalalarining nazariy va uslubiy asoslarini, 
binobarin tarmoqning samaradorligini oshirish uchun sharoit yaratdilar. 
Taxlillar shuni ko’rsatadiki kartoshkachilikning rivojlanish darajasi ayrim yillarda keskin tafovut 
qiladi(1-jadval). 

Download 8,59 Mb.
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kartoshkachilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish