299
Hosildorligi 48-55 sentner, bitta ko’sakdagi paxta massasi 6,0-6,5 g, o’suv davri 120-125 kun,
tola chiqishi 38-39 foiz, tola uzunligi 33-34 mm, nisbiy uzilish kuchi 25,6 gk/teks, tolasi V tip. Vilt
bilan zararlanishi 5,1-11 foiz. Nav 1999 yilda rayonlashtirilgan.
Buxoro-8.
Nav gossipium xirzutum turiga mansub bo’lgan Buxoro-6 naviga bir pallalik
o’simliklarining fotosintez irsiyatini sun’iy o’tkazish yo’li bilan yaratilgan. Muallifi A.M.Battalov va
boshqalar. Navning bo’yi o’rtacha 90-120 sm.
Hosil shoxlari agrotexnik sharoitga mos ravishda 2 yoki 3 tipda shoxlaydi, hosil shoxi asosiy
poyaning 5-7 bo’g’inlaridan chiqadi. O’suv shoxlari 0-3 tagacha. Ko’saklari yirik, tuxumsimon,
ko’sakdagi paxta massasi 7,0-11 g. Hosili to’kilmaydi. Nav o’rtapishar, o’suv davri 118-120 kun.
Ko’sagi asosan 5 chanoqli, ba’zan 4 chanoqlilari ham uchrab turadi. Chigiti yirik, 1000 dona chigit
massasi 120-140 g atrofida, tukli, yashil kulrangda.
Tolasi III va IV tipga mansub bo’lib, mayin va uzun. Tola chiqishi 35-37 %, tola uzunligi 33-36
mm ni tashkil etadi.