• 1-jadval O’zbekistonda va Samarqand viloyatida paxta yetishtirish dinamikasi (2005-2014 yy.)* Yil- lar O’zbekiston bo’yicha
  •  Paxtachilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli




    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet222/386
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,59 Mb.
    #257248
    1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   386
    Bog'liq
    qorakol

    15.8. Paxtachilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli 
     
    O’zbekistonda paxtachilik ikki yarim ming yildan buyon rivojlanadi. Ammo, uning yuqori 
    samaradorligidan foydalanish ayrim davrlarda keskin tafovut qiladi. Buni asosiy ishlab chiqarish 
    ko’rsatkichlaridan ham ko’rish mumkin (1-jadval). 
    1-jadval 
    O’zbekistonda va Samarqand viloyatida paxta yetishtirish dinamikasi (2005-2014 yy.)*
    Yil-
    lar 
     
    O’zbekiston bo’yicha 
     
    Samarqand viloyatida 
     
    Maydoni, 
    ming ga.
     
    Hosildor-lik, 
    s/ga
     
    Yalpi 
    hosil, 
    ming t.
     
    Maydoni, 
    ming ga.
     
    Hosildor-lik, 
    s/ga
     
    Yalpi 
    hosil, 
    ming t.
     
    2005
     
    1431
     
    26,2
     
    3750,0
     
    103,4
     
    25,0
     
    260,4
     
    2006
     
    1430
     
    25,0
     
    3630,0
     
    103,4
     
    25,7
     
    265,3
     
    2007
     
    1431
     
    25,2
     
    3609,0
     
    103,4
     
    24,7
     
    255,7
     
    2008
     
    1425
     
    23,8
     
    3451,0
     
    103,4
     
    24,1
     
    248,9
     
    2009
     
    1339
     
    25,4
     
    3399,6
     
    100,0
     
    23,5
     
    235,0
     
    2010
     
    1400
     
    26,5
     
    3710,0
     
    99,2
     
    24,5
     
    243,2
     
    2011
     
    1316
     
    26,5
     
    3500,4
     
    100,7
     
    26,4
     
    264,3
     
    2012
     
    1286
     
    26,5
     
    3400,0
     
    93,0
     
    24,6
     
    240,0
     
    2013
     
    1309
     
    25,7
     
    3361,2
     
    94,8
     
    23,7
     
    224,4
     
    2014
     
    1301
     
    26,1
     
    3400,2
     
    94,7
     
    23,6
     
    223,2
     
    *
    O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va 
    O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari. 


    296 
    O’zbekistonning mustaqil mamlakat bo’lib rivojlanish yillarida yalpi paxta mahsuloti kamaydi. 
    2000 yilda respublika 3030 ming tonna yoki 1990 yilga nisbatan 41% ga kam paxta xom-ash’yosi 
    ishlab chiqildi. Shu yillarda ekin maydoni 17,9% ga qisqardi, gektaridan hosildorlik esa 24,2% ga 
    pasaydi. Paxtachilikda bunday holatga yo’l qo’yilishi obyektiv va subyektiv sabablar bilan bog’liq. 
    Mustaqil rivojlanish yillarida paxta maydonini qisqartirish hisobiga sug’oriladigan g’alla, ayniqsa, 
    bug’doy ishlab chiqarish ko’paytirildi. Sug’oriladigan yerlar meliorativ holatining yomonlashishi, 
    mineral o’g’itlar me’yorining kamayishi, suv tanqisligi va h.k. gektaridan olinadigan hosildorlikka 
    salbiy ta’sir ko’rsatdi. Lekin, g’o’za ekiladigan maydonlarning kamayishiga qaramasdan O’zbekiston 
    uning yalpi hajmi bo’yicha jahonda 5, paxta tolasini jahon bozorida sotish bo’yicha 3- o’rinni 
    egalladi. Bu nisbatlar yildan-yilga kamayib bormoqda. Chunki, respublikamizda chetga paxta tolasi 
    chiqarishdan ko’ra tayyor mahsulot eksport qilish tendensiyasi jadallik bilan davom etmoqda. Buni 
    10 yillardan buyon har yili kuz oylarida bo’lib o’tadigan Toshkent Xalqaro paxta yarmarkasi 
    natijalaridan ham bilsa bo’ladi. Birgina 2013 yilda respublikamiz ana shunday yarmarkada 480 ming 
    tonna tola va 500 mlrd so’m AQSh dollarilik to’qimachilik mahsulotlari eksport qilishga shartnoma 
    tuzdi. Bu jarayon keyingi yillarda ham ijobiy tomonga o’zgarib bormoqda. Ilmiy tadqiqot natijalari 
    shuni ko’rsatadiki, 1 tonna tola sotishdan ko’ra, xuddi shu 1tonnadan qayta ishlangan mahsulotlarni 
    sotish 4-5 marta ko’proq foyda olish imkoniyatini beradi. 
    2004 yilni o’zida g’o’za maydoni 1340,6 ming ga.gacha kamayib, yalpi hosil 3540,0 ming 
    tonnani tashkil etib, hosildorlik 26,4 sentnergacha yetkazildi.
    2009 yildan boshlab paxta ekin maydonlarining qisqarish tendensiyasi mavjud bo’ldi. Bu yili 
    paxta ekin maydonlari 1339 ming gektardan 2014 yili 1301 ming gektarga tushib qolgan. Lekin 
    intensiv omillar ta’siri ostida hosildorlik mos ravishda 25,4 dan 26,1 sentner/gektarga oshdi. 
    Samarqand viloyatida paxta ekin maydonlari 2009 yildagi 100 ming gektardan 2014 yilda 94,7 ming 
    gektarga kamaygan. Shu davrda hosildorlik esa mos ravishda 23,5 dan 23,6 sentner/gektarga 
    oshganligini ko’rish mumkin 
    O’zbekistonda keyingi yillarda ertapishar va o’rtapishar 20 dan ortiq navlar keng maydonlarda 
    ekilib kelinmoqda.
    Mamlakatimizda paxtachilikni yanada rivojlantirish uchun joriy etilayotgan dehqonchilikning 
    yangi zamonaviy tizimida ustuvor yo’nalish qilib quyidagilarni belgilash mumkin:
    Tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirishning asosiy yo’li almashlab ekishdir. Hozirgi 
    kunda fermer xo’jaliklarida almashlab ekishning 1:1 sxemasi (g’alla 50 %, paxta -50 %) va 1:2 
    sxemasi (g’alla 33,3 %, paxta 66,7 %) keng qo’llanilmoqda. Bu sxemalarda tuproq unumdorligini 
    saqlab qolish uchun takroriy ekinlardan, ayniqsa, don – dukkali ekinlardan keng foydalanish talab 
    qilinadi.
    Kelajakda sho’rlangan va sho’rlanishga moyil bo’lgan yerlar uchun paxta – beda almashlab 
    ekishning 2:3:1 sxemasini (2 dala beda, 3 dala paxta, 1 dala g’alla) o’rganishni tavsiya etish mumkin.
    Raqobatbardoshli intensiv tipdagi navlarni to’g’ri tanlash va uni urug’chiligini tashkil qilishning 
    ahamiyati kattadir. Ekishga faqat standart talabiga javob beradigan urug’larni yetkazib berishga 
    erishish bilan ayni vaqtda urug’chilik ishlari ilmiy asosda olib borilgandagina maqsadga erishiladi.
    O’g’itlash tizimida o’g’itlarning me’yori, qo’llash muddati o’simlikning talabi asosida 
    o’tkazilishi shart. Dehqonchilikda «qaytarish» qonuniga qat’iy amal qilish va g’o’zani o’stirishda 
    resurs tejovchi agrotexnologiyalarni joriy etish, ayniqsa suv sarfini tejaydigan, tuproqqa ishlov berish 
    sonini kamaytirishga qaratilgan texnologiyalarni joriy etishga erishish talab qilinadi.
    Fermerchilikda ishlab chiqarishni mexanizasiyalash, uni davr talabi darajasiga ko’tarish, fan–
    texnika, ilg’orlar tajribasini ishlab chiqarishga joriy etish chora – tadbirlarini ko’rish hamda g’o’zani 
    hashorat va kasalliklardan saqlashda uyg’unlashgan usuldan keng foydalanish, bunga ayniqsa 
    biologik usulga e’tiborni kuchaytirishning ahamiyati beqiyosdir.
    Texnologik jarayonlarni o’tkazishda texnologik intizomni buzilishiga aslo yo’l qo’ymaslik kerak.

    Download 8,59 Mb.
    1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   386




    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Paxtachilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli

    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish