291
Zumrad. Grekum turxiliga mansub. Biologik kuzgi. 1000 ta donning vazni 38,5 -44,9 g. O’rtapishar,
vegetasiya davri 246 kun. Nav qishga chidamli, yotib qolish va to’kilishga bardoshligi 5 ballga teng.
Qurg’oqchilikga chidamli.
Hosildorligi 16,6-22,7 s/ga. Non yopish sifati qoniqarli: kleykovina miqdori 25,0 foiz, oqsil 9,3 foiz,
nonning ko’tarilishi hajmi 297 sm3. Umumiy non yopish bahosi 3,0 ball.
Krasnovodopad-210. Eritrospermum turxiliga mansub. Biologik kuzgi. 1000 ta donning vazni 35,8-
40,0 g. Ertapishar, vegetasiya davri o’rtacha 143-177 kun. Yotib qolish va to’kilishga bardoshligi 5,0
ball. Qurg’oqchilikga chidamli. Hosildorligi 15,9-29,1 s/ga.
Navning texnologik va non yopish
sifati yaxshi: Kleykovina miqdori 26,0-27,0%, oqsil -13,4 %, un chiqishi 70,0 %, umumiy non yopish
bahosi yaxshi, 4,2 ball.
Ko’kbuloq. Eritrospermum turiga mansub. Duvarak. Biologik kuzgi. 1000 ta donning vazni 38,9-
45,0 g. O’rtapishar, o’suv davri o’rtacha 235 kun.
Qishga chidamli. Yotib qolish va to’kilishga bardoshligi 5,0 ballga teng. Qurg’oqchilikga chidamli.
Hosildorligi 15,1-9,1 s/ga.
Respublika non inspeksiyasi laboratoriyasining ma’lumotiga ko’ra navning non yopish sifati
qoniqarli: oqsil 9,8 foiz, kleykovina miqdori 25,0 foiz, nonning ko’tarilishi hajmi 229 sm3. Umumiy
non yopish bahosi 3,8 ball.
Oq bug’doy. Grekum turxiliga mansub. Duvarak. (biologik bahori). Boshog’i urchuqsimon, oq,
o’rtacha uzunlikda va zichlikda. 1000 ta donning vazni 38,5 dan 45,0 g gacha.
O’rtapishar, o’suv davri o’rtacha 190-200 kun. Qishga va qurg’oqchilikga chidamli. Yotib qolish va
to’kilishga bardoshli. Doni yirik. Hosildorligi gektaridan 16,3-18,8 s/ga.
Respublika non inspeksiyasi laboratoriyasining ma’lumotiga ko’ra navning texnologik va non yopish
sifati yomon emas: oqsil 9,8 foiz, kleykovina miqdori 25,0 foiz, un chiqishi 62,5 foiz. Nonning
ko’tarilish hajmi 329 sm3. Umumiy non yopish bahosi yaxshi 4,0 ball.
Sanzar-6. Eritrospermum turxiliga mansub. Duvarak. Biologik kuzgi. Boshog’i prizmasion, o’rtacha
uzunlikda va zichlikda. 1000 ta donning vazni 37 dan 45 g gacha. Ertapishar. Vegetasiya davri 145
dan 177 kungacha. Yotib qolishga, to’kilishga, qurg’oqchilikka va qishga chidamli.
Hosildorligi 17,7-23,4 s/ga. Navning texnologik va non yopish sifati o’rtacha: oqsil miqdori 8,5 foiz,
kleykovinasi 27,0 foiz, Un chiqishi 71 foiz, nonning ko’tarilish hajmi 294 sm3. Umumiy non yopish
bahosi o’rtacha 3,0 ball.
Tezpishar. Eritrospermum turxiliga mansub. Duvarak. 1000 ta donning vazni 36,3 dan 40,7 g gacha.
Nav tezpishar, vegetasiya davri 143-177 kun. Yotib qolish va to’kilishga bardoshli. Qishga va
qurg’oqchilikga chidamli 5,0 ball.
Hosildorlik 15,6-21,8 s/ga. Respublika non inspeksiyasi laboratoriyasining ma’lumotiga ko’ra
navning texnologik va non yopish sifati o’rtacha: oqsil miqdori 9,1 foiz, kleykovinasi 27,0 foiz, un
chiqishi 75 foiz. Nonning ko’tarilish hajmi 307 sm3. Umumiy non yopish bahosi o’rtacha 3,5 ball.
Surxok-5688. Eritrospermum turxiliga mansub. Duvarak. Doni yirik, 1000 ta donning vazni 37,2-
43,5 g. Vegetasiya davri kuzda ekilganda 174-180 kun, bahorda ekilganda – 80 kun. O’rtacha
hosildorlik gektaridan 18,6-19,6 sentner; bahorgi ekish muddatida – 10,4 sentner.