292
ya’ni, kuzgi yumshoq bug’doynin:Asr-434.UZ.2013 y., Baxmal 97 UZ.2012 y.,Matonat-434.
UZ.2010 y., Omad -434. UZ.2012 y., Saidaziz-316. UZ.2010 y.,Turkiston-319. UZ.2011 y., Yaksart-
319. UZ.2014 y. va
kuzgi qattiq bug’doyning: Javoxir - 5.UZ.2011 y. va
baxorgi yumshoq bug’doyning: Baxor-5.UZ.2013y.navlari rayonlashtirilgan.
Mustaqillik yillarida g’allachilik urug’chiligi bilan shug’ullanuvchi ilmiy tadqiqot instituti
xodimlarini rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27
sentyabrdagi PQ–1621-sonli «2012 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni
joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq, don va
dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallariga, urug’chilik hamda boshqa
xo’jaliklardan davlat resursiga xarid qilinadigan urug’lik don uchun nav ustamalaridan 3 foizgacha
ajratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Moliya vazirligi va
Iqtisodiyot vazirligi birgalikda 2012 yil 30 may,3/1-sonli “Don va dukkakli don ekinlari ilmiy
tadqiqot instituti va uning filiallariga, urug’chilik hamda boshqa xo’jaliklardan davlat resursiga xarid
qilinadigan urug’lik don uchun nav ustamalaridan 3 foizgacha ajratish tartibi to’g’risidagi nizomni
tasdiqlash haqida”qarori qabul qilindi.Unga binoan ishlab chiqilgan Nizomda don va dukkakli don
ekinlari ilmiy tadqiqot institutining maxsus hisob varag’iga o’tkazilgan, davlat resurslari uchun xarid
qilingan urug’liklarning avlodlari bo’yicha to’lanadigan ustamadan jamg’arilgan 3 foizgacha mablag’
100 foiz deb hisoblanib, quyidagi tartibda taqsimlanish belgilab qo’yildi:
30 foizi — Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot institutining seleksiya va urug’chilik
sohasidagi ishlarini yaxshilash hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun;
50 foizi — Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot institutining hududiy filiallarining
seleksiya va urug’chilik sohasidagi ishlarini yaxshilash hamda uning moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash uchun;
10 foizi — boshoqli don ekinlarining mahalliy va xorijiy navlari urug’ini yetishtiruvchi ilmiy
muassasalar – navlar originatorlarini, seleksiya va urug’chilik sohasi olimlarini hamda urug’lik
sifatini ta’minlashda ishtirok etuvchi tashkilotlarni rag’batlantirish uchun;
10 foizi — boshoqli don urug’chiligiga ixtisoslashgan xo’jaliklarning rahbar va
mutaxassislari malakasini oshirish, ularni zarur o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlash, o’quv-amaliy
seminarlar tashkil etish xarajatlari uchun.
Demak, urug’chilik bilan shug’ullanuvchi ilmiy tadqiqot institutlar va uning filiallari,
shuningdek seleksioner-olimlarning
yangi navlar yaratish ustida faoliyat olib borishlari uchun ham moddiy-texnika bazasi, ham ularni
moddiy rag’batlantirish borasida ijobiy ishlar amalga oshirildi.
15.6.G’allachilikning iqtisodiy samaradorligini
oshirish imkoniyatlari
O’zbekistonda sug’oriladigan g’alla maydonlarini kengaytirish uchun unumdorligi yuqori yer
va suv resurslari chegaralangan. Lalmikor yerlarda g’allachilikni rivojlantirish barqaror samara
bermaydi, ayniqsa, qurg’oqchilik yillari hosildorlik bozor iqtisodiyoti qonunlari va mexanizmlari
talablariga mos kelmaydi.
Respublika sharoitida g’allachilikning barqaror sosial-iqtisodiy samaradorligini oshirish
uchun dastavval barcha turdagi g’alla ekinlari hosildorligini oshirishning real imkoniyatlaridan
to’laroq foydalanish zarur. Bu borada ilg’or korxonalarda anchagina yutuqlar qo’lga kiritilgan. 2000-
2002 yillarda Andijon viloyati bo’yicha sug’oriladigan maydonlarda o’rtacha hosildorlik 70-75 s.ni
tashkil etgan, ilg’or shirkat va fermer xo’jaliklarida gektaridan 90 s. va undan ortiq bug’doy hosili
olingan.