|
Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti Pdf ko'rish
|
bet | 227/386 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 8,59 Mb. | | #257248 |
Bog'liq qorakolXorazm-126.
«Paxta» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Xorazm tajriba tayanch punktida
Xorazm-125 navidan yakka tanlash yo’li bilan D.Yo’ldoshev, K.Matnazarov, A.Iskandarov,
A.Hasanova, Sh.I.Ibragimov, I.Bahromov, No Gi Xvalar tomonidan yaratilgan.
Nav 1997 yilda davlat reyestriga kiritilgan.
Tupining bo’yi 90-120 sm, piramida-ustunsimon, poyasi yashil, kam tuklangan, ko’sagi
tuxumsimon, 1000 dona chigit massasi 100 g. O’rtacha hosildorligi 40,8 s.
Vegetasiya davri 119 kun. Bir ko’sakdagi paxta massasi 5,2 g, tola chiqishi 37,0 %, viltga
chidamli. Tolasi V tipga mansub. Mikroneyr ko’rsatkichi 4,1.
Xorazm-127.
163-F navi S-9062 navi bilan chatishtirilib, ko’p marotaba yakka tanlash hamda
qayta tanlash yo’li bilan yaratilgan. 2002 yilda Davlat Reyestriga kiritilgan.
O’suv davri 120-130 kun. Poyasi tik, bo’yi 90-120 sm, tanasi yashil, o’rtacha tuklangan. Hosil
shoxlari 5-6 bo’g’imdan chiqadi. 1,0-1,5 tipda shoxlaydi. Chigiti och yashil, kulrang. 1000 dona chi-
git massasi 122-132 g. Moydorligi 24,5 foiz. Tola chiqishi 36,5-38,4 foiz, tola uzunligi 34,5-36 mm,
uzulish uzunligi 26,2 gk, nisbiy uzulish kuchi 26,0-27,3 gk/teks. Sifat markazi ma’lumotiga ko’ra,
tolaning mikroneyr ko’rsatkichi 4,2-4,4 ga teng.
Uzun (ingichka) tolali navlardan quyidagilar ekiladi:
Termiz-16.
O’zPITISurxondaryo filialida A.G.Gavrilov, N.Xolmurodov va boshqalar tomonidan
duragaylash usulida yaratilgan. Bir ko’sakdagi paxta massasi 3,2 g, tola chiqishi 33,7 foiz. Shtapel
uzunligi 39,1 mm, tolaning pishiqligi 4,6-4,7 gk, nisbiy uzilish kuchi 36,6 gk/teks, o’suv davri 119
kun. III tip tola beradi. Fuzarioz vilt kasalligiga chidamli.
Termiz-24.
O’zPITI Surxondaryo filialida tanlash yo’li bilan yaratilgan. Bir ko’sakning vazni 2,8
g, tola chiqishi 33 foiz. Tola shtapeluzunligi 39,7 mm. Tolaniig pishiqligi 4,7 gk, nisbiy uzilish kuchi
36,2 gk/teks. II tip tola beradi.
Termiz-31
navi O’zPITI Surxondaryo filialida A.E.Avliyoqulov, A.A.Tvorogova,
Sh.I.Ibragimov va boshqalar tomonidan 6608.V x Termiz-11 navlarini chatishtirish va turlararo
duragaylash hamda qayta tanlash yo’li bilan yaratilgan. 1997 yilda Davlat reyestriga kiritilgan.
Navning tupi cheklangan tipda, konussimon, bo’yi 100-120 sm, ayrim hollarda har bir tupida 1-2 ta
uzun hosil elementlari, 2-3 ta ko’sak bo’ladi. Birinchi hosili 3-4 bo’g’inlarida paydo bo’ladi. Ko’sagi
o’rtacha kattalikda, tuxumsimon, yuraksimon, o’tkir burunli, yaxshi ochiladi, ochilgach paxtasi
chanoqlardan to’kilmaydi. Tolasining pishiqligi 4,8 gk, nisbiy uzilish kuchi 33,3 gk/teks, uzunligi
38,9 mm, tola chiqishi 34,6 % gacha. O’suv davri 115 kun. Tolasining rangi oppoq, jahon standartiga
to’g’ri keladi. Fuzarioz va ildiz chirish kasalliklariga chidamli.
|
| |