|
Bog’dorchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati Pdf ko'rish
|
bet | 235/386 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 8,59 Mb. | | #257248 |
Bog'liq qorakol15.17.Bog’dorchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Bog’dorchilikning meva va rezavor kabi asosiy mahsulotlari tarkibida inson organizmi
uchun o’ta foydali bo’lgan shakar (glyukoza va saxaroza)lar, amino kislotalar, oqsillar, moylar,
mineral tuzlar, vitaminlar, fermentlar, kolloidlar, oshlovchi moddalar, peksin va boshqa xushbo’y
moddalar mavjud. Ularni ilmiy asoslangan me’yorlarda (80-90 kg) yil davomida iste’mol qilish
yuqori kalloriyali (go’sht, yog’, non va boshqalar) mahsulotlarni hazm qilish darajasini
yaxshilaydi. Insonlarning salomatligini mustahkamlaydi, umrini ham uzaytiradi. Bog’dorchilik
75-80 turdagi mahsulotlar beradi, ular quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1.Urug’li mevalar (olma, nok, bexi, do’lana va boshqalar);
2.Danakli mevalar (o’rik, shaftoli, olxo’ri, gilos va boshqalar);
3.Rezavor mevalar (qulupnay, malina, smorodina va boshqalar);
4.Subtropik mevalar (anor, anjir, xurmo, chilonjiyda, tutlar, zaytun va boshqalar);
5.Sitrus mevalar (limon, mandarin, apelsin, va boshqalar);
6.Yong’oq, bodom, pista va boshqalar;
7.Har xil tropik mevalar(banan, ananas va boshqalar).
Turli xil bog’dorchilik ho’l mahsulotlarining biokimyoviy tarkibi va inson organizmi uchun
foydalilik darajasi keskin farq qiladi. Masalan, yong’oq va pistadan boshqa mevalarda oqsil va moy
juda kam. Ko’pchilik to’liq pishgan mevalarda shakarlar va uglevodlar ham turli darajada tashkil
topadi.
Turli xil mahsulotlarning inson organizmiga foydaliligida ham tafovutlar bor.
Meva-rezavorlarni ho’l shaklida istemol qilish eng yuqori samara beradi. Ammo, ularni hosildan-
hosilgacha saqlash xarajatlarni ko’paytiradi, ularni anchagina qismi buzilib qoladi va sifat belgilari
pasayadi.
Bog’dorchilik maxsulotlaridan yil davomida foydalanishni amalga oshirish maqsadida ularni
qayta ishlash zaruriyati tug’iladi. Ularning anchagina qismi oziq-ovqat sanoatida qayta ishlanadi.
Konserva, povidlo, jem, murabbo, marmelad, konserva, sharbat, meva suvlari va kompotlari, vino va
boshqa alkogol ichimliklar va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
Shakarlilik darajasi yuqori bo’lgan mevalarning anchagina qismi quritiladi.
Meva-rezavorlarni qayta ishlash ularni uzoq muddatlarda saqlash, iste’mol qilish hamda uzoq
masofalarga tashish xarajatlarini kamaytirishga sharoit yaratadi.
Daraxtlarning barglari chorva ozuqasi va organik o’g’it, shoxlari xam poyalari yoqilg’i, qurilish
va boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi va urug’laridan moy, dorivorlar va boshqa mahsulotlar
tayyorlanadi.
Bog’dorchilik samaradorligi yana shundaki, ularning ko’pchiligida uzoq (15-20 dan 80-90 )yillar
davomida hosil beradi. Ildizlari baquvvat chuqur joylashgan, qurgoqchilikka birmuncha chidamlilari,
tuproq unumdorligi nisbatan past, notekis yerlarda xam rivojlanadi.
Bog’dorchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sermehnat va serdaromad
hisoblanadi. Bog’dorchilikni intensiv rivojlantirish mehnat, yer, suv va boshqa resurslar potensialidan
foydalanish samaradorligini oshiradi va x.k
|
| |