Kartoshkachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   386
Bog'liq
qorakol

15.13.Kartoshkachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari 
 
Oxirgi yillarda kartoshka ishlab chiqarish va sotishni erkin amalga oshirish, xosildorlikni 
oshirish imkoniyatlaridan foydalanish natijasida tarmoqning rentabellik darajasi ko’pchilik, ayniqsa 
shaharlar atrofida joylashgan korxonalarda, bozor iqtisodiyoti qonunlari talablariga mos ravishda 
oshib bormoqda. Bu yutuqqa odatda erkin va shartnoma baholarining ko’tarilishi hisobiga 
erishilmoqda. Ammo ko’pchilik fermer xo’jaliklarida 1s kartoshka o’rtacha to’liq tannarxining 
ko’tarilishi kuzatilmoqda. Bunday hol asosan jahon bozoridan sotib olinadigan urug’lar baholarining 
keskin oshishi hisobiga sodir bo’lmoqda. Bundan tashqari kartoshkani ekish, qator orasini 
yumshatish, hosilni yig’ib olish va boshqa jarayonlar qo’l bilan ishlatiladigan vositalar bilan 
bajarilmoqda. Natijada tarmoqda mehnat unumdorligi past darajada qolmoqda. Kartoshkaning 
tannarxi kasalliklar va z-ararkunandalarga qarshi kurashga sarflanadigan xarajatlar hisobiga ham 
oshmoqda . 
Oxirgi yillarda Kolorodo qo’ng’izining kartoshka paykallarida keng tarqalishi natijasida 
hosildorlik pasaymoqda va uning sifati yomonlashmoqda. Zararkunandaga qarshi qimmat baholi 
ximikatlardan foydalanish kutilgan natijalarni bermayotir. 
Yuqori va sifatli hosil olish hamda arzon kartoshka ishlab chiqarish uchun quyidagi 
imkoniyatlardan foydalanishga alohida etibor berish lozim:
-Yengil qumoqli mexanik tarkibiga ega o’tloq, o’tloq–bo’z tuproqlarda, daryo yonbag’ri 
uchastkalarida, tog’li va tog’oldi zonalarda yaxshi o’sib, yuqori hosil beradigan navlarni ekish; 
-Suvga talabchanligini hisobga olib 400-500 m.kub hajmida 7-8 marta sug’orish, uni asosan 
kechasi amalga oshirishga erishish; 
-Bunday yerlarga gektariga 30-40 tonna yarim chirigan go’ng, 250-300 kg ammofos va 160-
200 kg kaliy sulfat yoki kaliy tuzi solinib, 30sm chuqurlikda haydalishini ta’minlash; 
-O’suv davri 69-70 kunda tezpishar va o’rtapishar navlar (Zarafshon, SANTE, Romona, 
Marfona va boshqalar)ni ekish; Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda) kartoshkaning 


304 
O’zbekistonda yaratilgan quyidagi navlari rayonlashtirilgan: ko’k saroy -14, UZ.2011 y., pskom-14, 
UZ.2012 y., sarnav-14, UZ.2012 y., serhosil -14, UZ.2011 y., umid 2-14, UZ.2013 y. va yaroqli 2010-
12, UZ.2011 y. 
-Bahorda hamda kuzda ekiladigan urug’larni ekish oldidan 100 l suvda 5-6 kg TMTD bilan 
birga 2 gramm kahrabo kislotasi hamda 4 kg ammofos qo’shib ivitib ekish hisobiga hosildorlikni 11-
16 foizgacha oshirish;
-Har gektarga 3-3,5 tonna urug’lik tuganaklar ekilishiga, ekiladigan tuganaklarning vazni esa 
30-80 gramm bo’lishiga, ularni tuproqning 6-7 sm chuqurligiga ekish, qotqoloqni tez yorib qisqa 
muddatda to’la ko’chat olish imkoniyatiga ega bo’lish.
-Eng progressiv usul hisoblangan urug’ni pushta ustiga ekishni joriy qilish; 
-Urug’likning asosiy qismini urug’likka ixtisoslashgan xo’jaliklarda tayyorlash va uni 
zamonaviy omborlarda saqlash;
-Kartoshka ishlab chiqarishda oila pudrati asosida pul va natura shaklida garantiyalangan 
mehnat haqini joriy etish; 
-Tovar mahsulotlarni erkin, va shartnoma, ya’ni bozor iqtisodiyotining qiymat, talab va taklif 
qonunlari talablari asosida tashkil topgan baholarda sotish va h.k. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kartoshkachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish