Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   386
Bog'liq
qorakol

 
1-jadval 
O’zbekistonda tokchilikning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari (2005-2014 yy.)*
Yillar 
Hosilga kirgan 
tokzorlar, ming 
ga. 
Uzum 
yalpi 
hosili, 
ming 
tonna 
1gektaridan 
hosildorlik, s/ga 
Aholi 
jon 
boshiga, kg 
2005 
99,2 
641,6 
64,7 
24 
2006 
101,2 
803,6 
79,4 
30 
2007 
103,2 
878,9 
85,2 
32 
2008 
102,4 
792,5 
77,4 
29 
2009 
105,6 
900,5 
85,2 
32 
2010 
108,7 
987,3 
90,8 
34 
2011 
111,5 
1090,2 
97,8 
37 
2012 
111,1 
1206,0 
108,6 
40 
2013 
113,8 
1322,1 
116,1 
43 
2014 
119,4 
1441,2 
120,7 
46 
*
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va 
O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari. 
2000 yilda 1990 yilga nisbatan yalpi hosilning 16 % ga kamayishi gektaridan hosildorlikning 
13,1 sentnerga yoki 17 foizga pasayishi hisobiga bo’lgan. Ko’pchilik korxonalarda agrotexnik 
ishlarning bajarish muddatlari va sifati talab darajasida bajarilmagan. Suv resurslari tanqis 
xo’jaliklarda sug’orish miqdori keskin kamayib ketgan va hosildorlikka salbiy ta’sir ko’rsatgan. 
 
2000 yilda aholi jon boshiga 26 kg uzum ishlab chiqarilgan yoki 1990 yilga nisbatan qariyb 
30% ga kamaygan. 2014 yilda bu ko’rsatkich 46 kg.ni tashkil etgan yoki 2000 yilga nisbatan 76,9% 
ga oshgan. Istiqbolda uzum ishlab chiqarishni ko’paytirish hosildorlikni kamida 2 marta oshirish 
hamda tokzorlarni yanada kengaytirish hisobiga amalga oshirilishi kerak.
 


311 
O’zbekistonda keyingi yillarda uzumchilikni rivojlantirishga katta e’tibor berilmokda. 
O’zbekiston RespublikasiPrezidentining 2006 yil 9 yanvardagi PF-3709-sonli “Meva-sabzavotchilik 
va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 
Farmoniko’ra meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan qishloq xo’jaligi kooperativlari 
(shirkatlari) O’zbekiston Respublikasining «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi Qonunitalablariga qat’iy 
muvofiq ravishda, mavjud ixtisoslashuvni saqlagan holda fermer xo’jaliklari etib qayta tashkil 
qilinishi,qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilishda, o’z mehnati natijalari, 
yetishtirilgan mahsulot va daromadlarini tasarruf etishda fermerlarning huquqlari va mustaqilligining 
kengaytirilishi, shuningdek, shartnoma majburiyatlarini bajarish va yer-resurslaridan oqilona 
foydalanish uchun ularning huquqiy javobgarligining oshirilishi, fermer xo’jaliklari tomonidan 
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashning tez moslashuvchan zamonaviy kichik 
texnologiyalaridan foydalanadigan, shu jumladan xorijiy investorlar ishtirokidagi agrosanoat 
firmalarini ixtiyoriylik asosida shakllantirish, mavjud qayta ishlash korxonalarini modernizasiya 
qilish, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirish, shu hududda zarur ishlab chiqarish va 
bozor infratuzilmasi — muqobil mashina-traktor parklari, suv iste’molchilari uyushmalari, yonilg’i-
moylash materiallari va mineral o’g’itlar sotish punktlari, mini-banklar, turli tara idishlar ishlab 
chiqarish va sotish punktlari barpo etish, fermer xo’jaliklarining o’z faoliyatini xo’jalik hisobi va 
o’zini-o’zi mablag’ bilan to’la qoplash tamoyillari asosida amalga oshirishi, xodimlar, jumladan 
xo’jalik egasining oila a’zolari, shuningdek, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar o’rtasidagi 
mehnat munosabatlari mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzish yo’li bilan tartibga solinishi, meva-
sabzavotchilik va uzumchilik fermer xo’jaliklarining qayta ishlash korxonalari va xizmat 
ko’rsatuvchi tuzilmalar bilan o’zaro munosabatlari, mahalliy boshqaruv organlari aralashmagan 
holda, tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar, shu jumladan fyuchers shartnomalari asosida amalga 
oshirilishi va boshqa bir qancha shart-sharoitlar belgilab berildi va o’tgan yillar davomida qaror 
talablari bosqichma-bosqich bajarildi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 martdagi 51-sonli 
“Bog’dorchilik-uzumchilik shirkatlari to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga ko’ra Nizom 
tasdiqlandi va unda shirkatlar faoliyatining maqsadi va predmeti,shirkatning huquq va majburiyatlari, 
shirkatga a’zolik. shirkat a’zolarining huquq va majburiyatlari, shirkatning mol-mulki va mablag’lari, 
shirkatning boshqaruv organlari va shirkatni qayta tashkil etish va tugatish masalalari atroflicha 
bayon qilingan. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish