|
Ozuqa resurslarini ko’paytirish, uning xozirgi axvoli va istiqboli Pdf ko'rish
|
bet | 242/386 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 8,59 Mb. | | #257248 |
Bog'liq qorakol15.24. Ozuqa resurslarini ko’paytirish, uning xozirgi axvoli va istiqboli
Chorvachilik uchun o’simlikchilik ozuqa resurslari miqdorini qo’upaytirish, sifatini yaxshilash
va tarkibini takomillashtirish asosan maxsus ekinlar maydonini kengaytirish va ularning
hosildorligini oshirish, tabiiy yaylov va pichanzorlardan oqilona foydalanish hisobiga amalga
oshiriladi.
O’zbekistonda uzoq yillar davomida o’simlikchilik ozuqa resurslari tabiiy yaylov va
pichanzorlardan, oziq-ovqatga mo’ljallangan galla ekinlari qo’shimcha mahsulotlaridan tashkil
topgan. Maxsus ozuqabop ekinlari juda kam maydonlarga ekilgan. Uning hammasi ko’p yillik bedalar
bo’lgan. Boshqa maxsus ozuqa ekinlari mutlaqo ekilmagan. Barcha g’alla ekinlarining, shu jumladan,
ozuqabop arpa hamda makka doni ham asosan aholi tomonidan oziq-ovqat sifatida foydalanilgan.
2000 yili 1990 yilga nisbatan jami ozuqabop ekinlar 610,7 ming ga yoki qariyb 58,7% ga
qisqartirildi. Bu kabi kamchiliklar 2004 yilga kelib nisbatan ijobiy siljishga olib keldi. 2000 yilda
1990 yilga nisbatan pichan uchun o’rilgan ko’p yillik bedaning hosildorligi 18.7 s/ga yoki 40.4% ga,
silos va ko’k ozuqa uchun ekilgan makkajo’xori hosildorligi 61 s/ga yoki 32,3% ga, ildizmeva va
poliz ekinlari hosildorligi esa 90 s/ga yoki 29% pasaygan.
Demak, maxsus ozuqa ekinlari maydoni qisqartirilgan va ularning gektaridan olinadigan
hosildorlikning pasayishi natijasida o’simlik, chorva ozuqalari yalpi hosili keskin kamaygan.
O’simlik ozuqa resurslari qisman g’allachilikdan olingan somon, paxta chigitini qayta ishlashdan
olingan kunjara, sheluxa va boshqa ozuqalar bilan to’ldirilgan.
Ammo shartli mol boshiga saralangan ozuqa birligi 2000yilda 1990yilga nisbatan 8,3 s yoki
30% ga kamaygan. Bu o’rtacha ko’rsatgich me’yorga nisbatan ikki marta kamdir. Natijada ko’pchilik
turdagi hayvonlarning maxsuldorligi ham pasaygan. Bu holat barcha turdagi, ayniqsa, shirkat va
boshqa dehqon xo’jaliklariga taalluqlidir.
Demak, o’simlikchilik ozuqa resurslari asosan yaylov va pichanzorlar hamda g’allachilik va
boshqa madaniy ekinlarning qo’shimcha mahsulotlaridan tashkil topgan. Natijada ko’pchilik chorva
hayvonlari yarim och oziqlantirilgan. Shartli mol boshiga 13 s ozuqa birligi yoki uning talabiga
nisbatan taxminan 50% ozuqa resurslari sarflangan, xolos. Mustaqillik yillarida o’simlikchilik
ozuqalarining ma’daniy ekinlarini ekish maydonlarining kengayishi hisobiga tashkil topish holati 1-
jadval ma’lumotlari asosida umumiy shaklda aniklanishi mumkin.
|
| |