316
15.26. Ozuqa resurslarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini
oshirish imkoniyatlari
Ko’pchilik chorvachilik tarmoqlarida ozuqa resurslaridan foydalanish kompleksi ko’rsatkichlari
ularning mahsuldorlik potensialiga hamda bozor qonunlari talablariga javob bermaydi. Chunki
odatda, chorva hayvonlarining ozuqa birligiga bo’lgan o’rtacha talabi me’yorlar bo’yicha
ta’minlanmaydi, zotdor hayvonlarning mahsuldorlik potensialidan foydalanish koeffisiyentlari past,
haqiqiy sarflangan ozuqa birligiga 2-3 marta kam sut, go’sht va boshqa mahsulotlar olinadi va
ularning tannarxi yem-xashak va boshqa xarajatlari hisobiga ko’tariladi va hokazo.
Chorvachilikda ozuqa resurslaridan foydalanish iqtisodiy samaradorligini barqaror ta’minlash
uchun quyidagi omillar va real imkoniyatlardan to’laroq foydalanish zarur:
-
barcha turdagi zotdor chorva hayvonlarini ilmiy asoslangan rasion asosida muntazam
oziqlantirishni amalga oshirish, binobarin, ularning mahsuldorlik potensialidan foydalanish
koeffisiyentini o’rtacha 2 marta ko’tarish;
-
ozuqa resurslari sifati hamda tarkibini takomillashtirish, ularning tannarxini pasaytirish
imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish;
-
katta hajmli va qisqa muddatlarda sifat belgilarini pasaytiruvchi ozuqalarni chorva mollariga
yaqin joylarda ishlab chiqarish va saqlash, ularni tashish va taqsimlash xarajatlarini kamaytirish
uchun sharoit yaratish;
-
ozuqa resurslarini ko’paytirish, ularning sifatini yaxshilash maqsadida soya, makkajo’xori,
ko’p yillik va bir yillik o’tlar maydonlarini kengaytirish va ularning hosildorligini oshirish
imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishga erishish;
-
sug’oriladigan ozuqa ekinlari hosildorligini oshirish, avvalo, belgilangan miqdorda mineral
va organik o’g’itlardan foydalanishni talab etadi;
-
ferma oldi almashlab ekish tizimini qat’iy joriy qilish;
-
xo’jalik tomonidan oxirgi yillarda foydalanilgan tabiiy yaylov hamda pichanzorlarning
hosildorligini 40-50 foizga oshirish chora tadbirlarini amalga oshirish lozim. Bu maqsadga erishish
uchun maydonlardan foydalanishda yaylov almashinuvini tashkil etish, qo’shimcha yaylov va
pichanzorlar o’simliklari urug’larini ekish, tabiiy namni saqlash usullaridan foydalanish zarur. Tabiiy
yaylov va pichanzorlar hosildorligini oshirish arzon ozuqalardan foydalanishga sharoit yaratadi;
-
xlorela va boshqa suv o’tlaridan, ularning suspenziyasidan foydalanishni tashkil etish;
-
barcha turdagi ozuqalar sifatini saqlash hamda nobud bo’lishini kamaytirish uchun ularni
saqlash va qayta ishlashda progressiv usullardan keng foydalanish;
-
omuxta-yem ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligini yanada oshirish;
-
ozuqalarni ishlab chiqarish, saqlash va taqsimlash jarayonlarini mexanizasiyalashtirishni
kuchaytirish, binobarin xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish, ularga garantiyalangan haq
to’lashni amalga oshirish va h.k.