• Ozuqa bazasi
  • Ozuqa bazasi tushunchasi va ozuqa einlarining iqtisodiy bahosi




    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet244/386
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,59 Mb.
    #257248
    1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   386
    Bog'liq
    qorakol

    15.25.Ozuqa bazasi tushunchasi va ozuqa einlarining iqtisodiy bahosi 
     
    Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tezkorlik bilan o’stirishning muxim sharti 
    mutaxkam ozuqa bazasining mavjudligidir. 
    Ozuqa bazasi
    deganda chorvachilik u yoki bu tarmog’ini 
    rivojlantirish uchun zarur bo’lgan, yem-xashak hajmi va strukturasi tushuniladi. Ozuqaning hajmi va 
    strukturasi, shuningdek, uni ishlab chiqarish, saqlash va foydalanish yem-xashak ishlab chiqarish 
    tizimini (sistemasini) tashkil qiladi. 
    Chorvachilik mahsulotlari tannarxida yem-xashak: 30-35% gacha qo’ychilikda, 60-65% 
    cho’chqachilik va parrandachilikda tashkil etadi.Chorvachilik yem-xashak(ozuqa) bazasini 
    mustaxkamlashning muxim sharti ekinzorlarda yem-xashak ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilish 
    hisoblanadi. 
    U quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
    1.Ishlab chiqarishni to’xtovsiz intensivlashtirish asosida yem-xashak ekinlari gektaridan 
    maksimal hosil olish; 
    2.Barcha ishlab chiqarilgan yem-xashaklarni o’z vaqtida va sifatli tayyorlash va ularni to’g’ri 
    saqlashni tashkil qilish; 
    3.Dehqonchilikning nestandart va qo’shimcha mahsulotlarini to’liq yig’ib-terib olish, ulardan 
    maksimal darajada chorvachilik extiyojlari uchun foydalanish imkoniyati; 
    4.Tarmoqqa biriktirilgan barcha ishlab chiqarish vositalari va mehnat resurslaridan oqilona 
    foydalanish. 
    Turli ozuqa ekinlari va yemlarning, ulardagi ozuqa elementlari mazmunining bir xil emasligi 
    shuningdek, ularni ishlab chiqarishdagi mehnat va material xarajatlar miqdorining turli tumanligi, 
    ularni solishtirma kompleks baholashda bir qator ko’rsatkichlardan foydalanishni taqozo qiladi: 
    1.Ozuqa ekinlari hosildorligi; 
    2.1 ga. ozuqa ekiniga to’g’ri kelgan ozuqa birligi va o’zlashtiriladigan proteyin miqdori; 
    3.1 s. yemning naturada, yem-xashak va shartli ozuqa proteyin birligi;
    4.1 kishi/soatiga va bir so’mlik ishlab chiqarish xarajatlariga to’g’ri kelgan yem-xashak va 
    shartli yem proteyin birligi; 
    5. 1 ga.ozuqa ekinlari maydoniga to’g’ri kelgan yalpi mahsulot va sof daromad (foyda) miqdori. 
    Quyidagi formulada shartli ozuqa birligi hisoblanadi: 
     
    2
    10)
    *
    (PM
    +
    OBM
    ShOB
    =


    315 
     
    Bu yerda, ShOB – 1 ga. yerga to’g’ri kelgan shartli ozuqa proteyin birligi yoki ularda bo’lgan 1 s. 
    ozuqa; 
    OBM – 1 ga. yerdan olingan ozuqa birligi miqdori yoki 1 s. yem; 
    PM – 1 ga.yerdan olingan proteyin miqdori yoki 1 s. Yem; 
    10 va 2 – hisoblash koefisiyentlari. 
    Ozuqa birligi va proteyinning 1 kg. suli hisobida nisbati. 
    1 ob = 1 kg suli 
    Yem-xashak ekinlari va yemlarni baholashda etalon sifatida qabul qilingan. 
    1 sentner ozuqa birligi tannarxini topish uchun yemlar tannarxini ulardagi shu ozuqa birligi 
    miqdoriga bo’lish kerak. Yem-xashak ekinlarining iqtisodiy samaradorligi bundan tashqari 
    koeffisiyentlar yig’indisi bilan aniqlanadi. Buning uchun yillik hisobotdan bir qator yillardagi yem-
    xashak ekinlarining o’rtacha hosildorligi olinadi.Keyin bu hosildorlik yem-xashak jadvali yordamida 
    o’zlashtiriladigan proteyinni hisobga olgan holda ozuqa birligiga aylantiriladi va shu bo’yicha 1 
    ga.dan, 1 k/s.ga va 1 so’mlik ishlab chiqarish xarajatlariga to’g’ri keladigan shartli yem proteyni 
    birligi aniqlanadi. 
    Demak, koeffisiyent qancha yuqori bo’lsa, yem-xashak ekinlarining samaradorligi shuncha 
    yuqori bo’ladi.Turli xil yem-xashaklardan foydalanish samaradorligi sarf qilingan yem-xashakning 
    texnik va iqtisodiy to’lovlari ko’rsatkichlarida izohlanadi. 
    Ozuqaning texnik qaytimi darajasi (TQD), sarf qilingan ozuqa birligiga natura shaklida to’g’ri 
    kelgan chorvachilik mahsulotini ifodalaydi 
    OB
    YaMQ
    TQD
    =
    Ozuqaning iqtisodiy qaytarish darajasi esa, yem-xashak qiymati birligiga to’g’ri kelgan 
    chorvachilik yalpi mahsulotining qiymatini ifodalaydi. 
    OB
    YaMQ
    IQD
    =
    Yem-xashak ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, 
    ularning o’rtasidagi aloqalarni omilli tahlil yordamida o’rnatish mumkin. 
    Shu maqsadda bir qancha gurux omillar ajratiladi: 

    Download 8,59 Mb.
    1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   386




    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ozuqa bazasi tushunchasi va ozuqa einlarining iqtisodiy bahosi

    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish