313
Shuni qayd etish lozimki, ozuqalar rasionlaridagi 15-20 va undan ortiq organik va mineral
moddalarning 40-70 foizi, masalan qoramollar organizmida hazm bo’lmaydi. Ozuqalarning o’rtacha
5 foizi mollarni o’zlarini saqlashga sarflanadi hamda qoldiqlari (go’ng, siydik) ga aylanadi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, ozuqalarning hazm bo’lish, binobarin mahsulotga aylanish darajasini
ko’tarish uchun hayvonlarni ilmiy asoslangan me’yorda muntazam oziqlantirishni amalga oshirish
zarur. Sarflanadigan ozuqalarning tarkibida xom protein, lizin, shakar va boshqa moddalarning
belgilangan miqdorda bo’lishi alohida ahamiyatga ega. Masalan, ko’pchilik hayvonlar rasionidagi
ozuqalarning tarkibida 105 gramm xazm bo’luvchi protein bo’lishi tavsiya etiladi. Masalan, agar u
90 gramm bo’lsa, mahsulot birligiga sarflanadigan ozuqalar miqdori 25-28 foizga ko’payadi, natijada
go’sht, sut, tuxum va boshqa mahsulotlar tannarxini ko’tarilishiga olib keladi.
Ozuqalarni me’yordan ko’p sarflash xam chorvachilikka salbiy ta’sir qiladi. Ular organizmning
bo’shashishiga, qarilik belgilarini tezlashtirishga olib keladi. Demak, chorvachilik tarmoqlarida
barcha turdagi ozuqa resurslaridan samarali foydalanish dolzarb muammolardan biridir.