|
Bog’dorchilikning iqtisodiy samaradorligini Pdf ko'rish
|
bet | 237/386 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 8,59 Mb. | | #257248 |
Bog'liq qorakol15.19.Bog’dorchilikning iqtisodiy samaradorligini
oshirish imkoniyatlari
Bog’dorchilik tovar mahsulotlarining rentabelligi keyingi yillarda bozor iqtisodiyoti qonunlari
talablari darajasida tashkil topadi. Bu ko’rsatkich asosan sotish baholarining nisbatan oshishi hisobiga
erishilgan. Ko’pchilik xo’jaliklarda yildan-yilga 1 s mevaning tannarxining ko’tarilishi kuzatilmoqda.
Bu holat asosan hosildorlik va mehnat unumdorligi darajasining pastligi hamda zararkunanda va
kasalliklarga qarshi kurash xarajatlarining ko’payishi bilan bog’liq.
Sifatliroq va serdaromad mahsulotlarni ko’proq ishlab chiqarish maqsadida quyidagi real
imkoniyatlardan to’laroq foydalanish zarur:
-hosildorligi hamda tovarlik xususiyatlari yuqori mevalar maydonini kengaytirish, yetarli
miqdorda ko’chatlar tayyorlash, ularni asosan kuz oylarida ekish;
-hosildorlikni oshirish uchun agrotexnologik jarayonlarni o’z vaqtida sifatli qilib bajarish;
-har ikki – uch yilda gektariga 20-40 chirigan go’ng, har yili 120-180 kg azot, 60-90 kg fosfor, 30-
45 kg kaliy mineral o’g’itlarini solish;
-hosilga kirgan bog’larni o’rtacha 4-5 marta 600-700 m
3
hisobida sug’orish; yer ostisuvi 1,5-2,0 m
chuqur joylashgan joylarda yanvar oyida 2 marta yaxob suvini berish, qulayrog’i tomchilab
sug’orishni joriy etish;
-kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashni qisqa muddatlarda o’tkazish;
-tovar mahsulotlarni bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari asosida tashkil topgan mavsumiy
baholarda sotish, ularning nobud bo’lishni keskin kamaytirish va h.k.
15.20.Uzumchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Uzumchilikning asosiy mahsuloti turli xil (xo’raki, kishmish va sharopbop) uzumlar tarkibida
inson organizmi uchun o’ta foydali shakar (asosan glyukoza), organik kislotalar, teri oshlovchi
bo’yoqlar, fermentlar, vitaminlar, mineral tuzlar va boshqa xushbuy moddalarga boy.
Turli xil uzumlardan ilmiy asoslangan me’yorlarda (80-90 kg) yil davomida istemol qilish katta
kaloriyali (go’sht, yog’ va boshqa) mahsulotlarning hazm bo’lish darajasini yaxshilaydi, inson
salomatligini mustahkamlaydi, umrini xam uzaytiradi.
|
| |