309
bozorini ular bilan to’ldirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo’lib unda 2009
yilda oziq-ovqat mahsulotlari eng muhim turlarini ishlab chiqarishning asosiy parametrlari,
respublika viloyatlari bo’yicha 2009 yilda yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz
ekinlari va uzum ekiladigan maydonlar hamda ularni yetishtirishning prognoz hajmlari, shuningdek,
respublikada tomchilatib sug’orish tizimini tatbiq etishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini, jumladan meva-rezavorlarni ko’paytirish
maqsadida bog’ maydonlarini kengaytirish va ulardan olinadigan hosilni jadallashtirish ishlarida
intensiv bog’lar barpo qilish dolzarb vazifa qilib qo’yildi va hozirgi kunda respublikaning ko’p
hududlarida tekis dalalarda ham, adir hududlarda ham ana shunday bog’lar yaratildi. Ma’lumki bu
bog’lar katta mablag’lar evaziga barpo qilinadi. Ana shu maqsadda yuqorida ta’kidlangan qarorda
tijorat banklariga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan
oshmaydigan foiz stavkasi bo’yicha belgilangan tartibda, mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga
— oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda zarur bo’lgan texnologiya uskunalari, xom ashyo va
materiallar sotib olish hamda tomchilatib sug’orish tizimlarini xarid qilish uchun hamda fermer
xo’jaliklari, agrofirmalar va boshqa tadbirkorlik subyektlariga — issiqxonalar barpo qilish hamda
tomchilatib sug’orish tizimini tatbiq etish uchun kreditlar berish va lizing xizmatlari ko’rsatish uchun
bank kredit portfelining kamida 20 foizi miqdorida maxsus kredit liniyalari ochish tavsiya qilingan.
Keyingi yillarda, ushbu qarorga qo’shimchalar kiritildi va u bosqichma-bosqich hayotga tatbiq
etilmoqda.