• 15.16.Sabzavotchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari
  • Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti




    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet234/386
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,59 Mb.
    #257248
    1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   386
    Bog'liq
    qorakol

    (2005-2014 yy.)* 
    Yillar
    Ekin maydoni, 
    ming ga 
    Yalpi sabzavot hosili, 
    ming tonna 
    Gektaridan 
    hosildorlik, s 
    Aholi jon 
    boshiga 
    2005 
    137,7 
    2971,6 
    215,8 
    113 
    2006 
    154,4 
    3443,1 
    223,0 
    129 
    2007 
    159,8 
    3649,8 
    228,4 
    135 
    2008 
    162,8 
    4011,4 
    246,4 
    146 
    2009 
    165,4 
    4194,5 
    253,6 
    150 
    2010 
    173,0 
    4368,2 
    252,5 
    150 
    2011 
    175,4 
    4625,3 
    263,7 
    156 
    2012 
    183,8 
    7767,4 
    265,6 
    259 
    2013 
    189,4 
    8518,4 
    270,9 
    279 


    306 
    2014 
    192,0 
    9286,7 
    268,3 
    299 
    *
    O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va 
    O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari. 
    Mustaqil rivojlanish yillarida yalpi sabzavotning taxminan 85-90% i respublika aholisi 
    tomonidan iste’mol qilinadi, ichki bozorlarda sotiladi, urug’lik uchun foydalaniladi. Uning sifat 
    belgilari past qismi esa chorvachilikda ozuqa uchun foydalaniladi va h.k. Sabzavotchilik 
    mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni sotishning yuqori samaradorligini hisobga olib, uni istiqbolda 
    ko’paytirish imkoniyatlaridan to’laroq va tezroq foydalanish dolzarb muammolaridan biridir. 
    2014 yilga kelib sabzavotlar maydoni 2005 yilga nisbatan 39,4 % ga ko’payib, hosildorlik esa 
    24,3 % ga oshgan. Natijada ham ekstensiv ham intensiv rivojlanish hisobiga yalpi hosil 3,1 martaga 
    oshgan. 
    15.16.Sabzavotchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari 
     
    Oxirgi yillarda sabzavotchilik tarmog’i asosiy mahsulotlarining rentabellik darajasi ko’pchilik, 
    ayniqsa shaharlar atrofida joylashgan xo’jaliklarda, bozor iqtisodiyoti qonunlari talablariga mos 
    ravishda o’zgarmoqda. Bu yutuqqa odatda erkin va shartnoma baholarining ko’tarilishi hisobiga 
    erishilmoqda. 
    Ammo ko’pchilik shirkat va fermer xo’jaliklarda 1 s sabzavotning o’rtacha to’liq tannarxi 
    yildan yilga ko’tarilmoqda. Bunday holat asosan mehnat unumdorligining pastligi, zararkunanda va 
    kasallika qarshi kurash hamda urug’ xarajatlarining ko’payishi hisobiga sodir bo’lmoqda. Ilg’or 
    xo’jaliklar va ilmiy-tekshirish institutlari tajriba natijalarini o’rganish shuni ko’rsatadiki, yuqori va 
    sifatli hosil olish va uning tannarxini pasaytirish uchun quyidagi real imkoniyatlardan to’laroq 
    foydalanishga e’tibor berish lozim: 
    Ko’pchilik sabzavotlarning suvga talabchanligi, uning ildiz sistemasining tuproqda yuza 
    joylashishi va kam rivojlanganini hisobga olib, uni o’z vaqtida va belgilangan me’yorda sug’orishni 
    tashkil etish, masalan, bosh piyozni 18-20 marta 500-600 m.kub hajmida; sarimsoqni 7-10 marta 500-
    600 m.kub hajmida; pomidorni 15-16 marta 600-700 m.kub hajmida; bodringni 12-14 marta 550-600 
    m.kub hajmida va h.k. Qisqa muddatlarda sug’orilsa hosildorlik yuqori va sifatli bo’ladi; 
    Sabzavot ekinlarini tabiiy va sun’iy unumdorligi yuqori uchastkalarga joylashtirilishi lozim; 
    kuchli sho’rlanagan yerlarda hosildorlik keskin pasayib ketadi; 
    Sabzavot ekinlari tuproqdan hosil bilan birga ko’p miqdorda ozuqa moddalarini olib chiqishini 
    hisobga olib, o’simliklarning o’sish va rivojlanish davrida ozuqa moddalariga bo’lgan talabning 
    keskin tafovutini hisobga olib va h.k. ularni oziqlantirish ilmiy asoslangan miqdorlarda va 
    muddatlarda amalga oshirilishi zarur; 
    Sabzavotchilikda mineral o’g’itlar bilan mahalliy o’g’itlar (chirigan go’ng, sideratlar) birga 
    qo’llanilsa, ularning samaradorligi yuqori bo’ladi; 
    Sabzavot ekinlarining oziqlanishida molibden, marganes, bor, mis, rux, kobalt kabi 
    mikroelementlardan foydalanish xam katta ahamiyatga ega. Ulardan foydalanish ekinlar 
    hosildorligini 15-20% ga oshiradi, sifatini yaxshilaydi, kasalliklarga chidamliligini oshiradi; 
    Ayrim sabzavotlar ko’chat shaklida ekiladi. Ularni o’z vaqtida tayyorlash va sifatini ko’tarish 
    maqsadida yopiq maydon sabzavotchiligini tashkil etish zarur. 
    Sabzavot ekinlarini boshqa ularga mos ekinlar bilan almashlab ekishni amalga oshirish lozim, 
    ilg’or xo’jaliklar tajribasi shuni ko’rsatadiki bedapoyadan bo’shagan yerlar, polizlar, shuningdek, 
    dukkaklilar karam, piyoz uchun eng samarali o’tmishdosh hisoblanadi. Sabzavot ekinlari ko’pi bilan 
    3-4 yilda oralatib ekilishi kerak. 
    Sabzavot ekinlarining hosildorligi va sifatini oshirish uchun eng muhim omil davlat standart 
    (GOST) reyestridan o’tkazilgan sifatli, toza, sog’lom unuvchanligi yuqori nav, elita, 1 klass 
    urug’larini ekish maqsadga muvofiqdir; 
    Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda)O’zbekistonda sabzavotning quyidagi navlari 
    yaratildi va rayonlashtirildi:


    307 
    bodringning (ochiq usul) quyidagi navlari rayonlashtirilgan: 
    maftun, 10, UZ, 2013 y.,
    pomidorning (ochiq usul) quyidagi navlari rayonlashtirilgan: nuravshon F
    1
    .14. UZ.2011 y.,
    Marvarid (cherri).14. UZ. 2013 y., Turon F
    1
    .14. UZ. 2010 y.,
    piyozning Oq dur F
    1.
    14. UZ. 2013 y., Faravon F
    1.
    14. UZ. 2014 y.,
    osh lavlagining diyor .14. UZ. 2010 y., yagona. 14. UZ. 2014 y., 
    tarvuzning fermer .12. UZ. 2010 y., sharq ne’mati.14. UZ. 2012 y., 
    qovunning dilxush .14. UZ. 2014 y., kichkintoy.14. UZ.2010 y.navlari. 
    Tovar mahsulotlarini erkin va shartnoma, bozor iqtisodiyotining qiymat, talab va taklif
    qonunlari talablari asosida tashkil topgan baholarda sotish va h.k. 

    Download 8,59 Mb.
    1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   386




    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti

    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish