Sabzavotchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   386
Bog'liq
qorakol

 
15.14.Sabzavotchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati 
 
Ko’pchilik ho’l sabzavotlar, biokimiyoviy jihatidan tarkibida suv ko’p bo’lgan mahsulotlar 
guruhiga kiradi. Masalan, sarimsoq tarkibida 64-65%, sabzida 85-86%, pomidorda 93-94%, 
bodringda 95-96% suv mavjud. Shuningdek bu sabzavotlar tarkibida oqsil kam bo’ladi. Mos 
ravishda, sarimsoq tarkibida 6-7%, sabzida 1,1-1,2%, pomidorda 1,0-1,1%, bodringda 1,0 % oqsil 
moddalari mavjud. 
Bundan tashqari ularda yuqori darajada kaloriya ham hosil bo’lmaydi. Masalan, 1 kg 
sarimsoqdan 1325-1330 kaloriya, sabzidan - 502, pomidordan - 215, bodringdan - 14 kaloriya issiqlik 
ajraladi. Ko’pchilik ho’l sabzavotlarda kletchatka ham kam hosil bo’ladi. 
Shunday bo’lishiga qaramasdan, ko’pchilik mahsulotlar inson organizmi uchun o’ta zarur 
bo’lgan biologik aktiv moddalar, vitaminlar fermentlar, mineral tuzlarlarga boydir. 
Ba’zi sabzavotlar, ayniqsa piyoz, sarimsoq, shivit, petrushka va turp tarikibida fitosidlar tashkil 
topadi. Ularni iste’mol qilish odam organizmini turli xil infeksiyalardan tozalaydi, yuqumli 
kasalliklardan himoya qiladi. 
Ko’pchilik sabzavotlar tarkibidagi har xil vitaminlar, kislotalar, efir moylar, xushbo’y moddalar 
ishtahani ochadi, yog’ va oqsilli mahsulotlarni inson organizmida to’laroq hazm bo’lishiga yordam 
beradi. Vitamin S ko’proq sabzavotlarni iste’mol qilish organizmni kam qonlilikdan muhofoza qiladi, 
aterosklerozni susaytiradi. 
Sabzavot mahsulotlari quruq moddasining asosiy qismini uglevodlar - kraxmal, saxaroza, 
glyukoza, kletchatka hamda pektinli moddalar tashkil etadi. 
Sabzavotlarning inson salomatligiga bevosita ta’sirini hisobga olib O’zbekistonda aholi jon 
boshiga yil mobaynida quyidagi hajmda sabzavotlar iste’mol qilish tavsiya etilgan: Jami – 110-115 
kg, shu jumladan pomidor – 25, bosh piyoz – 18, sabzi – 18, karam – 20, lavlagi – 5, bodring – 5, 
sarimsoq – 5, boshqa sabzavotlar – 14, ko’kat sabzavotlar 5 kg. 
Sabzavotlarni ho’l iste’mol etish uning samaradorligini keskin oshiradi. 
Biroq, sabzavotlar 
tarkibida ko’p suv bo’lishi va eruvchan uglevodlarning borligi uchun ularni uzoq muddatlarga 
saqlansa, nobudgarchilik ko’payadi va sifat belgilari pastlashadi. Shuning uchun ularni uzoq joylarga 
tashishda qiyinchilik tug’iladi, konservalash zaruriyati tug’iladi. 
O’zbekiston issiq iqlim sharoitida konservalashning eng oddiy va samarali usuli quritishdir. 
Quritilganda sabzavot tarkibidagi suvning ko’p qismi bug’lanadi, sabzavot vazni 7-10 baravar 
kamayadi, kam xarajat qilib uzoq saqlashga va tashishga sharoit yaratiladi.
Sabzavotlarni konservalashda yana bir keng amalga oshirilgan usul –achitish va tuzlashdir. 
Bu jarayonda sut kislotasi va etil spirti ham hosil bo’ladi, natijada achitilgan sabzavotlarning 
mazaliligi va xushbo’yligi ortadi. 


305 
Marinovka qilish (sirkalash)–0,6-1,8% li sirka kislotaning konservalovchi ta’siriga 
asoslangan usuldir. Bodring, pomidor, lavlagi, piyoz, sarimsoq, karam kabi sabzavot turlarini 
marinovka qilish, ularni yil davomida iste’mol qilish imkoniyatini tug’diradi. 
Sabzavotlarni konserva zavodlarida turli xillarda qayta ishlash, ularni qopqog’i germetik 
yopiladigan idishlarga joylash, 100-120 gradus haroratda sterillab konservalash ham mahsulotlarni 
yil davomida iste’mol qilish, uzoq joylarga tashishga, binobarin, samarali foydalanishga qulay sharoit 
yaratadi. 
Sabzavotlarning poyalari hamda ularni qayta ishlashda tashkil topgan qo’shimcha 
mahsulotlari chorvachilikda ozuqa sifatida foydalaniladi. 
Ko’pchilik sabzavotlar nisbatan sermehnat resurslar potensialiga, ayniqsa quyosh nuriga va 
suvga talabchan ekinlar tarkibiga kiradi. Bu tarmoqni intensiv rivojlantirish mavjud mehnat, 
sug’oriladigan yer va boshqa resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Ko’pchilik 
ekinlardan 2 marta hosil olish imkoniyati tarmoqning samaradorligini keskin oshiradi.
 
Sabzavotlarni ho’l hamda qayta ishlangan shaklda jahon bozorlarida sotish respublikaning 
valyuta fondini ko’payishiga va uning xalqaro aloqalarini yanada kengaytirishga sharoit yaratadi. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sabzavotchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish