323
O’zbekistonda ko’p yo’nalishdagi chorvachilik tarmoqlari rivojlantiriladi. Ularning asosiy
mahsulotlari ayrim davrlarda quyidagi miqdorda ishlab chiqarilgan (1-jadval).
2014 yilda 2011 yilga nisbatan aholi jon boshiga ishlab chiqarish – go’sht 16,1 % ga, sut
18,7 % ga, tuxum 37,1 % ga va jun 10,0% ga oshgan.
Demak, asosiy chorva yalpi mahsulotlarining o’sishida barqarorlik ta’minlangan bo’lib, pilla
va qorako’lda deyarli o’zgarish bo’lmagan. Bunday holatni chorva mollari soni va ularning
mahsuldorligidagi o’zgarishlarni umumiy tahlil qilish yo’li bilan ham aniqlash mumkin.
Quyidagi jadval(2-jadval)da asosiy chorva mollari sonidagi o’zgarishlar keltirilgan.
1-jadval
O’zbekistonda asosiy chorva mahsulotlari ishlab chiqarish tahlili(2011-2014 yy.)*
№
Mahsulot turlari
Yillar
Aholi jon boshiga, kg
2011
2012
2013
2014
2011
2012
2013
2014
Barcha toifadagi xo’jaliklar
1.
Barcha turdagi
yalpi go’sht (tirik
vaznda),
ming
tonna
1564,2
1672,9
1787,8
1906,3
52,9
55,8
58,6
61,4
2. Sut, ming tonna
6766,2 7310,9 7885,5 8431,6 228,9 243,7 258,6 271,8
3. Tuxum,
mln.
dona
3441,7
3873,7
4388,1
4950,0
116,4
129,1
143,9
159,6
4. Jun, ming tonna
28,7
31,1
32,4
34,4
1,0
1,0
1,1
1,1
5. Pilla, ming tonna
24,7
25,0
25,4
26,1
0,8
0,8
0,8
0,8
6. Qorako’l
teri,
ming dona
1022,3
1116,9
1062,1
1061,3
34,6
37,2
34,8
34,2
*
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015
to’plam materiallari.
2000 yilda 1990 yilga nisbatan qoramollar soni 27,6 foizga, qo’y va echkilar - qariyb 1,7
foizga, otlar-50 foizga ko’paygan, cho’chqalar soni esa-8,8 marta, parrandalar-2,6 marta kamaygan.
Asosiy mahsuldor hayvonlarni sharti qoramolga aylantirilgan soni- qariyb 8 foizga ko’paygan.
Chorva mollari ayrim turlarining ma’lum darajada kamayishi yoki ularning o’sish sur’atining
nisbatan pastligi, chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’moldagi ayrim tarkibiy o’zgarishlar
bo’lsa bu kamchiliklar 2004 yilga kelib birmuncha muvofiqlashtirishga erishildi.
Ayrim turlar – cho’chqachilik, parrandachilikdagi bu nomutanosiblikni barham berishda
ma’lum darajadagi natijaga erishildi.
Keyingi davrda chorva mollari boshsonining, jumladan qoramollar bosh sonining oshib
borishi, hukumatimiz tomonidan bu sohaga yuksak e’tibor qaratilayotganligining yorqin natijasidir.
Chorva mollarining mahsuldorlik ko’rsatkichlarida ham o’zgarishlar mavjud. Masalan, 1990
yilda oldingi 10 yillikka har bir bosh sigirdan sog’ilgan sut 3,9 marta, tovuqdan olingan tuxum-3
marta, qo’ydan qirqilgan jun - qariyb 3 marta, so’yilgan hayvonlarning vazni ham sezilarli darajada
oshgan.
2000 yilda 1990 yilga nisbatan ayrim hayvonlarning mahsuldorlik ko’rsatkichlari biroz
pasaygan. Masalan, har bir bosh sigirdan sog’ilgan sut 14 foizga, har bir tovuqdan olingan tuxum-7
foizga, so’yilgan qoramollarning vazni - qariyb 9 foizga kamaygan. Mahsuldorlik ko’rsatkichlarining
pasayishi dastavval hayvonlarni oziqlantirish darajasining pastligi va boshqa real imkoniyatlardan
foydalanish holati bilan bog’liq.