Qoramolchilikning xalq xo’jaligidagi axamiyati




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   386
Bog'liq
qorakol

 
16.4.Qoramolchilikning xalq xo’jaligidagi axamiyati 
 
Qoramolchilikni rivojlantirish to’yimli ozuqalarga nisbatan anchagina arzon o’simlik ozuqa 
(ko’k o’t, dag’al, shirali va boshqalar) resurslaridan foydalanib sut va go’sht mahsulotlarini ishlab 
chiqarishga imkoniyat yaratadi. 
Bu tarmoqning samaradorligi, dastavval sigirlarning boshqa ona hayvonlarga nisbatan bir 
necha barobar ko’p sut berishi bilan ta’minlanadi. O’zbekistonda hozir rivojlantirilayotgan qora-ola, 
qizil chul, shvis, kabi asosan zotdor sigirlardan bir yilda 3500-5000 kg sut va ogirligi 30 kg bir bosh 
buzoq olish potensial imkoniyati mavjud. Laktasiya davrida har bir sigirdan sog’ib olingan yalpi 
sutning 5-6 foizi buzog’iga sarflansa, qolgan qismi 12-15 kishini ilmiy asoslangan me’yorda sut va 
qayta ishlangan sut mahsulot(yog’, pishloq, qaymoq, qatiq va boshqa)lari bilan ta’minlashga 
imkoniyat yaratadi. Olingan buzoqlarni intensiv ozuqlantirilsa uning tirik vazni bir yilda 180-200 kg 
ga yetadi va 5-6 kishini ilmiy asoslangan me’yorda mol go’shti va undan qayta ishlangan mahsulot 
(kolbasa va boshqa)lar bilan ta’minlashga imkoniyat yaratadi. 
Oxirgi yillarda O’zbekistonning sut balansi aktivida sigir suti 90% dan ortik, go’sht balansida 
esa -70% dan ortikrog’i mol go’shtidir. Bu mahsulotlarni barcha yoshdagi odamlar iste’mol qiladi, 
ularni jismoniy baquvvat qiladi va umrini uzaytiradi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, 1kg sut oqsiliga qoramol go’shti oqsiliga nisbatan 5-6 marta kam 
kam ozuqa birligi sarflanadi. Qoramol podasida sigirlar hissasining ko’payishi tarmoqning 
samaradorligini bevosita oshiradi. 
Qoramol terisidan sifatli charm tayyorlanadi, oyoq va boshqa kiyimlar ishlab chiqariladi.
Qoramollar qoldig’i go’ngdan foydalanish tuproqning unumdorligini, binobarin, o’simliklar 
hosildorligini oshiradi.
Demak, qoramolchilikni intensiv rivojlantirish mavjud mehnat, yer, suv va boshqa 
resurslardan samarali foydalanishga imkoniyatlar yaratadi va hokazo. Ulardan to’laroq va 
samaraliroq foydalanish asosiy vazifadir.


327 

Download 8,59 Mb.
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qoramolchilikning xalq xo’jaligidagi axamiyati

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish