Parrandachilikning rivojlanishi, hozirgi axvoli va istiqboli




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   386
Bog'liq
qorakol

16.11. Parrandachilikning rivojlanishi, hozirgi axvoli va istiqboli 
 
Parrandachilik, uning asosiy turi, tovuqchilik uzoq davrlardan beri rivojlantiriladi. 
Donishmandlarimiz parrandachilikni insonlarning yetti boyligidan biri deb ham baxolaydilar. 
Ammo parrandachilikning tashkil etilishi uzok yillar uning xalq xo’jaligi axamiyatiga mos 
kelmagan. Parrandalarning bosh sonini ko’paytirishda, ularning mahsuldorligini oshirishda,
odatda oddiy ekstensiv usullardan foydalanilgan.
Parrandachilikni tezroq rivojlantirish asosan tarmoqda sanoatga xos texnologiyani keng joriy
etish yillaridan boshlangan. Parrandalarning bosh soni va mahsuldorligini oshirishda keskin
o’zgarish bo’lgan. Masalan, parrandalarning bosh soni 1990 yilda 1960 yilga nisbatan 4,7 marta, har 
bir tovuqdan olingan tuxum esa qishloq xo’jaligi korxonalarida qariyb 2 marta, aholi jon boshiga 
tuxum ishlab chiqarish esa 1,7 marta ko’paygan. 
Ammo, 1990 yilda aholi jon boshiga 120 dona tuxum va 3,3 kg parranda go’shti ishlab 
chiqarilgan, xolos. Bu ko’rsatkich belgilangan tibbiy meyerlarga nisbatan 3-4 marta kam edi. 2000 
yilda 1990 yilga nisbatan parrandalar soni qariyb 3 marta, har bir tovuqdan olingan tuxum - 13% ga, 
ishlab chiqarilgan tuxum miqdori qariyb 2 marta, parrandalar go’shti esa 5 marta kamaygan. 
Mustaqillik yillarida Respublikada parrandachilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi, buni 
quyidagi jadval tahlilidan bilish mumkin (1-jadval). Tahlil etilayotgan davrda parrandalar soni 
20540,4 ming boshdan 56276,3 ming boshgacha yoki 2,7 martaga oshgan. Barcha toifadagi
xo’jaliklarda tuxum va parranda go’shti yetkazib berish shu davrda mos ravishda – 2,5 va 2,9 martaga 
oshgan bo’lsa, fermer xo’jaliklarida – 7,6 va 11,4 marta, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi 
xo’jaliklarida – 2,3 va 2,6 martaga va qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 
2,3 va 3,2 martaga ko’paygan. Bu yerda asosiy o’sish sur’ati fermer xo’jaliklarida bo’lib, keyingi 
yillarda 
parrandachilikka 
ixtisoslashgan 
hamda 
ko’p 
tarmoqli 
fermer 
xo’jaliklari 
shakllanayotganligining amaldagi isbotidir. 
 
Demak, parrandachilikning oxirgi yillardagi rivojlanish darajasi uning xalq xo’jaligi 
axamiyatiga, boshqa chorva tarmoqlariga nisbatan ustunliklariga mos kelib bormoqda. 
Istiqbolda parrandachilikni tiklash, tezroq rivojlantirish obyektiv zaruriyatdir. Uni faqat dehqon 
va fermer xo’jaliklarida emas, balki yirik parrandachilik fabrikalarida shuningdek ko’p tarmoqli 
fermer xo’jaliklarida rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Bunday tajriba iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlarda barqaror amalga oshirilmoqda, hamda yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samara bermoqda.

Download 8,59 Mb.
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Parrandachilikning rivojlanishi, hozirgi axvoli va istiqboli

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish