Baliqchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   386
Bog'liq
qorakol

 
16.18.Baliqchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari 
 
Bozor iqtisodiyotigacha bo’lgan davrlarda baliq yetishtirish, uni sotish masalalari ancha 
takomillashmagan va oddiy uslublarda tashkil topgan edi. Muximi bu tarmoqni tarmoq sifatida tan 
olish va aholining unga bo’lgan iste’molini tibbiy me’yorlar darajasida ta’minlashga jiddiy e’tibor 
qaratilmas edi. Hozirda alohida baliqchilik xo’jaliklarining tashkil etilishi, ularning yetarli 
darajada yer-suv, moddiy, mehnat va boshqa resurslar bilan ta’minlanishi o’z navbatida ularga 
pirovard natijaga erishishda samarali faoliyat ko’rsatishlarini taqozo qiladi.
Kelajakda ko’proq, sifatliroq va arzonroq baliqchilik mahsulotlarini yetishtirish hamda 
sotish uchun quyidagi omillar, tavsiyalar va imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarur: 
I.Sun’iy suv havzalarida baliq yetishtirish bo’yicha: 
1.Qishloq xo’jaligi ekinlari maqsadlarida ishlatilmaydigan sho’rxok yerlarda kichik 
baliqchilik fermer xo’jaliklari tashkil etish; 
2.Har bir tumanda fermer xo’jaliklarini tizimli ravishda mayda baliq chavoqlari bilan 
ta’minlaydigan inkubasion – reproduktor xo’jaliklarini tashkil etish; 
3.Baliqchilik fermer xo’jaliklarini O’zdonmaxsulot korxonalari va Chinoz maxsus baliq 
omuxta yem ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilgan omuxta yem bilan uzluksiz 
ta’minlash; 
4.Tumanlardagi shiyponlarda mavjud hovuzlarda kanal va kollektorlar relyefini inobatga 
olgan holda suv kirib chiqishini ta’minlab beruvchi basseynlarda intensiv baliq yetishtirish 
texnologiyasini joriy etish; 
5.Tuman hokimliklari va hududiy havza boshqarmalari sun’iy suv havzalarida baliq 
yetishtiruvchi korxonalarini 2012 yilda zarur hajmdagi suv bilan kafolatli ta’minlash bo’yicha
ishlarini aniq belgilab olishlari.
II.Tabiiy suv havzalarida baliq ovlash va ularni baliqlantirish masalalari bo’yicha: 
1.Baliqchilik sohasida foydalanishi mumkin bo’lgan tabiiy suv havzalarini qayta 
inventarizasiya qilish va ko’llardagi baliq zaxiralaridan oqilona foydalanishni tashkil etish;


343 
2.Viloyat va tuman miqyosida tabiiy suv havzalarda ishlatilmay turgan bo’sh maydonlarni 
ijaraga berishni tashkillashtirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olinishi; 
3.Tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara to’lovlarini o’z vaqtida to’lashni 
ta’minlash; 
4.Tabiiy suv havzalarini baliqlantirishni suv havzalari yaqinida markazlashtirilgan tarzda 
tashkil etishni yo’lga qo’yish; 
5.Tuman hududlarida noqonuniy –brakonyerlik bilan shug’ullanyotgan shaxslarga qonunda 
belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini qo’llash; 
6.Aholi bandligini ta’minlash uchun tabiiy ko’llarda sun’iy qafaslarda baliq yetishtirish 
texnologiyasi joriy etish bo’yicha xorijiy va maxalliy investorlar mablag’larini jalb etish. 
7.Baliq mahsulotlarini qayta ishlash va baliq mahsulotlarini tuman bozorlarida uzluksiz 
sotishni tashkil etish va mavsumiy bank kreditlari ajratish bo’yicha: 
8.Tuman markaziy bozorlarida maxsus baliq sotish shoxobchalarini va tirik baliq sotishga 
mo’ljallangan baliq akvariumlarini qurish va ularda ularda muntazam ravishda baliq sotishni 
tashkil etish; 
9.Tirik baliqlarni yarim tayyor mahsulot holida qayta ishlaydigan kichik korxonalarni qurish 
va ularni maxsus uskunalar, muzlatgich, sovutgichlar bilan jixozlashni tashkil etish; 
10.Tuman hududidagi ovqatlanish korxonalarida baliq taomlarini menyularda doimiy bo’lishini
va baliq taomlari xilma-xilligini ta’minlash. 
11.Baliqchilik sohasini rivojlantirish maqsadida, moddiy-texnika bazasini yangilash, yangi 
texnologiyalar olib kirish, qayta ishlashni tashkil etish uchun baliqchilik xo’jaliklariga bank 
kreditlari berilishi ustidan nazoratni o’rnatish. 
Baliqchilik sohasiga oid qonun hujjatlarni takomillashtirish vazifalari: 
1.Hozirgi kunda baliqchilik bo’yicha yagona qonun qabul qilish zarurati yuzaga kelgan. 
2.Qabul qilinadigan qonun: 
3.Cun’iy baliqchilik ho’jaliklarida baliq yetishtirish, hovuz va yer fondidan maqsadli 
foydalanish; 
4.Tabiiy suv havzalaridagi baliq zahiralaridan samarali va oqilona ovlashni tashkil qilish 
hamda baliq zahiralarini ko’paytirish choralarini kuchaytirish va ovlovchi korxonalarning 
konuniy javobgarligini oshirish; 
5.Baliq mahsulotlarini sotishni tartibga olish va iste’molchilar huquqini himoya qilish; 
6.Baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni tashkil qilish jarayoni soliq va 
bojxona imtiyozlarini yaratish masalalarini o’z ichiga olishi zarur.

Download 8,59 Mb.
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Baliqchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish