|
Pillachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari Pdf ko'rish
|
bet | 267/386 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 8,59 Mb. | | #257248 |
Bog'liq qorakol16.15.Pillachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Ko’pchilik xo’jaliklar ham pilla ishlab chiqarish va sotishdan zarar ko’radilar, ular har bir kg
pilla yetishtirish uchun me’yorga nisbatan 1,5-2 marta va undan ortiq tut bargini sarflaydilar.
Pillakorlarning mehnat unumdorligi va unga haq to’lash ham bozor iqtisodiyoti qonunlar
talablariga mos kelmaydi.
Ko’proq, sifatliroq va arzon pilla ishlab chiqarish uchun quyidagi omillar hamda
imkoniyatlardan to’laroq foydalanish zarur:
1.Tut barglarida mavjud kompleks modda va boshqalarni saklash va yanada ko’paytirish uchun
ishlab chiqarish va tayyorlashning progressiv usullaridan foydalanish zarur. Bu maqsadda tut
daraxtlarini plantasiya maydonlarida o’stirilishi, ularni ekologik toza suv bilan yomg’irlatib
sug’orish, intensiv texnologiya asosida hosidorligini oshirish lozim. Natijada har kg pillaga ilg’or
mamlakatlar masalan, Yaponiyada, sarflangan ozuqa darajasiga erishish mumkin. Oxirgi yillarda
Yaponiyada 1kg pillaga O’zbekistonga nisbatan 2 marta barg kam sarflanadi. Bu o’ta dolzarb
muammoni amalga oshirish mavjud tut daraxti maydonlarini kengaytirmasdan yalpi pilla
miqdorini kamida 2 marta ko’paytirishga imkoniyat yaratadi;
2.Ozuqa resurslari sifatini may-sentyabr oylarigacha ta’minlash 2-3 marta pilla yetishtirishga,
tarmoq bilan band mehnat resurslaridan, binolardan va boshqa vositalardan foydalanish
koeffisiyentlarini oshiradi;
3.Qurtlarni asta-sekin maxsus binolarda boqishni tashkil qilish ham progressiv jarayon
hisoblanadi. Natijada pillachilikda band oilalarning turmush madaniyati yaxshilanadi;
4.Serhosil va sifatli pilla navlaridan foydalanish, ularni qayta ishlashni qishloq xo’jaligi
korxonalarida yoki qishloq tumanlarida tashkil etish ham aloxida ahamiyat kasb etadi;
5.Pilla va uni qayta ishlash jarayonida maxsulotlarni erkin, kelishilgan shartnoma baholarida
sotish, ishchi va xizmatchilarga garantiyali mehnat haki to’lashni amalga oshirishga erishish.
|
| |