346
2.Asalarilarning yaxshi asal yig’ishini ta’minlash uchun arixonalarni muntazam ko’chirib
turish;
3.Asalari oilalarini asrash va parvarish qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish;
4.Asalari oilalarining rivojlanishidagi individuallikni saqlab qolish, boshqa asalari oilalari
hisobiga asal to’plashi yoki begona asalarilarning uchib kelish hamda o’z oilasini tashlab uchib
ketishiga yo’l qo’ymaslik;
5.Asalarichilik xo’jaligida naslchilik ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish, maxsus jurnal yurgizib,
unda asalari oilasining kelib chiqishi, ularning holati va xo’jalikka foydali muhim belgilarini
baholaydigan hamma ma’lumotlarni yozib borish;
6.Ko’p miqdorda asalarilar oilasi ichida tanlash va saralash ishlarini olib borish.
Asalarichilikda asalari oilasini tanlashning asosiy mazmuni asal mahsuldorligidir. Uni
ko’paytirish esa naslchilik ishining asosiy maqsadi hisoblanadi.