Asalarichilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   386
Bog'liq
qorakol

16.20.Asalarichilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli 
 
Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligi tarmog’i oldida turgan asosiy muammolardan biri 
aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan extiyojini o’zimizda ishlab chiqarilgan qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari hisobiga qondirishdan iborat bo’lib, bu shu paytgacha uncha rivojlanmagan 
tarmoq hisoblangan – asalarichilikni jadal rivojlantirish vazifasini qo’ydi. Shuning uchun ham, 
mamlakatimiz istiqlolga erishgan kunlaridanoq agrar sohaning muhim tarmog’i hisoblangan 
asalarichilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Eng asosiysi sohada bozor munosabatlarini 
qaror toptirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilib, chorvachilikni, shu 
jumladan asalarichilikni barqaror rivojlantirishning huquqiy asoslari barpo etildi. Bunga misol 
qilib, Davlat qonunlari, Prezident farmoni va qarorlarini hamda hukumat Dasturlarini, Vazirlar 
Mahkamasining qator qarorlarini keltirish mumkin. Ayniqsa, bu borda Prezident I.Karimov 
tomonidan “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni 
rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2006 yil 23 –martda qabul qilingan 308-sonli hamda 
“Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni 
rag’batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish 
borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2008 yil 21 –aprelda qabul qilingan 842-sonli 
qarori muxim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu qarorlarning joylarda ijrosini ta’minlash maqsadida 
Respublika Vazirlar Mahkamasining 2009-2011 yillar davomida chorvachilikni, jumladan 
rivojlantirish, mamlakatda chorvachilik, qoramolchilik, asalarichilik va baliqchilikni 
rivojlantirishga yo’naltirilgan qator qarorlar va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Asalarichilik – 
qishloq xo’jaligining muxim tarmog’i. Asalarilar barcha xo’jaliklarda muvaffaqiyatli rivojlanib 
kelmoqda. 
Xalqimizning oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish uchun, qishloq xo’jaligi 
ekinlarining hosildorligini oshirish zarur.
Hozirgi vaqtda ko’chma asalarichilik keng qo’llaniladigan bo’lib, tog’ oldi (adir) larda 
joylashgan pasekalarning 90% ini tashkil qiladi. 
Mamlakatimizning tog’li tumanlarida doimiy ravishda (bir joyda) turuvchi pasekalarning 
10% ini tashkil qiladi. 
Asalarichilikni rivojlantirish hozirgi zamon yer tizimi, har bir hududning tabiiy iqlim va 
tuproq sharoitini hisobga olgan holda, uning ozuqa bazasini yaxshilash, xo’jaliklarning iqtisodiy 
jixatdan samaradorligini oshirishni taqozo etadi.


345 
Respublikada yuqoridagi amalga oshirilgan islohotlarning natijasi sifatida keyingi yillarda 
baliqchilik rivojlanib bormoqda. Quyidagi 1-jadvalda respublikada 2011-2014 yillarda barcha 
toifadagi xo’jaliklarda, fermer xo’jaliklarida, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi 
xo’jaliklarida hamda qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda asal yetishtirish 
dinamikasining tahlili keltirilgan. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asalarichilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish