|
Ii. Asosiy qisim 4 Detallarni tiklash usullari 4
|
bet | 1/5 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 117 Kb. | | #160951 |
Bog'liq Detallar Mundarija
I.Kirish 2
II.Asosiy qisim 4
1.Detallarni tiklash usullari 4
2.Metall konstruksiyalar va ramalarni tiklash texnologiyasi. 6
3.Korpus detallarini tiklash texnologiyasi. 7
III. Xulosa 10
Foydalanilgan adabiyotlar: 11
I.Kirish
Dunyo miqyosida bo‘layotgan siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar mashinasozlik va boshqa ishlab chiqarish sohalalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. O‘zgarishlar sanoatning turli sohalarida energo va resurs tejamkorlikning, texnologik jihozlar, qo‘llanilayotgan material va texnologiyalarga bo‘lgan talablarning eng samarali usullaridan foydalanishni taqozo etadi. Bu sohada asosiy muammolardan biri qo‘llanilayotgan mexanizm, mashinalarning ishlash davrini oshirishdan iborat.
Muammoni ayni paytda yechilishi mumkin bo‘lgan uchta yo‘nalishini qo‘llash
mumkin:
• mukammal bo‘lgan yangi texnologik jihoz va materiallardan foydalanish;
• qo‘llanilayotgan materiallarning texnologik va mexanik xossalarini qo‘shimcha
ishlov berish bilan oshirish (mustahkamligi, yeyilishga va korroziyaga chidamliligi,
qattiqligi va boshqalar);
• ishlash paytida yeyilgan detallarning o‘lchamlarini qayta tiklash, ishlovchi
sirtlarni mustahkamlash.
Bu yo‘nalishlarning uchinchisi, ya’ni yeyilgan detallarning o‘lchamlarini qayta tiklash va ishlovchi sirtlarni mustahkamlash turli texnologiyalarni qo‘llash bilan mustahkamligini oshirish ko‘p mablag‘ talab qilmaydi.
Yeyilgan o‘lchamlarni qayta tiklashda qilinadigan xarajatlar ko‘p hollarda yangi detal tayyorlashga sarf qilinadigan xarajatlarga qaraganda 30-70% ni tashkil etadi.
O‘lchamlarni qayta tiklash usullarining turlari va imkoniyatlari sanoatning barcha sohalarida qo‘llanilayotgan po‘lat va boshqa materiallardan yasalgan detallarni ta’mirlabgina qolmay, ularning ishlash resursini ham oshirishi mumkin. Keyingi paytlarda elektrod ishlab chiqarish hajmi va qo‘lda payvandlash va eritib qoplash usulining dunyo miqyosida qo‘llanilish ko‘lami kamayib bormoqda. Usulning o‘rniga mexanizatsiyalangan, avtomatlashtirilgan va robototexnik qurilmalar ulushi ortib bormoqda. Qo‘llanilayotgan usullarning deyarli barcha holatlarda o‘lchamlarini qayta tiklash va mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishiga qaramay, sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish sohalarida detallarni ta’mirlash va mustahkamlash ishlarining hajmi kamayib, o‘z funktsiyasini bajarmay qolgan detal yangisi bilan almashtiriladi. Ammo hozirgi paytda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan texnologiya va jihozlar, yangi materiallar tiklash va mustahkamlashning iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi.
Ishlovchi sirtlarning yeyilgan o‘lchamlarining geometrik kattaliklarini qoplash usuli bilan tiklash mumkin, mustahkamlovchi qoplama esa geometrik o‘lchamlarni tiklash bilan birga maxsus xossalarga ega bo‘lgan material bilan qoplab, detalning ishlash resursini uzaytiradi.
Bugungi kunda qoʻllanilayotgan qayta tiklash usullarida bir qator kamchiliklar mavjud: yoy yordamida payvandlanganda koʻp issiqlik taʼsirida tiklanayotgan detallarda deformatsiyalar hosil boʻlishi, struktura oʻzgarishi;
gazotermik usullardan foydalanilganda qoplamaning birikish mustahkamligi past boʻlishi; ayniqsa yupqa qalinlik qoplamalada yoriqlar paydo boʻlishi, choʻzuvchi kuchlanishlar paydo boʻlishi; qoplama materialining oʻziga hos xususiyatlari yoʻqolishi.
Ammo koʻp korxonalarda talablarga kompleks javob beradigan usullar sustkashlik bilan amalga oshirilmoqda.
Buning birinchi sababi hozirgi zamon usullarining jihozlari va materiallari narхi nisbatan qimmatligi, ularning imkoniyatlaridan toʻliq foydalana olmaslik.Bu iqtisodiy omil boʻlsa yana biri inson omilidir. Murakkab jihozlar maʼlum darajada mutaxassis malakaga ega boʻlishini talab qiladi. Malakali mutaxassisni tayyorlash va unga maosh berish oddiy mutaxassisga qaraganda qimmatga tushadi.
Keyingi paytlarda lazerlardan mashinasozlikning turli texnologik jarayonlarida qo‘llanilishi tobora ortib bormoqda. Lazer texnologiyasi bilan bir paytda boshqa texnologiyalar va jarayonlarni birgalikda olib borish qoplash va mustahkamlashda, issiqlik bilan ishlov berishda, metallarni legirlashda va boshqa texnologik jarayonlarni mukammallashtirish imkoniyatlarini yaratmoqda.
|
| |