|
Metall konstruksiyalar va ramalarni tiklash texnologiyasi
|
bet | 3/5 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 117 Kb. | | #160951 |
Bog'liq Detallar 2.Metall konstruksiyalar va ramalarni tiklash texnologiyasi.
Mashinalarning metall konstruksiyalari profilli (shvillerlar, burchakliklardan) va tunuka (list) materiallardan yasaladi. Nuqul metall konstruksiyalar asosan payvandlab va kamdan kam xolda parchalanib tayyorlanadi. Payvand choklarda darzlar paydo bо‘lishi payvand konstruksiyalarining asosiy nuqsoni xisoblanadi, parchinlar tayyorlangan konstruksiyalarda birikmalar bо‘shashib qoladi, parchinlar uzilib, parchin mix о‘tgan teshiklar yeyilib ketadi. Pavandlab tayorlangan metallokonstruksiyalarda ham, parchinlab tayyorlangan konstruksiyalarda ham bо‘ylama tо‘sinlarda, kо‘ndalang bruslarda va tirgovuchlarda darzlar, о‘zaro tutashadigan detallar uchun mо‘ljallangan (о‘qlar, barmoqlar, vallar о‘tadigan) tashiklarning yeyilishi, tob tashlashi, egilish va buralishlar uchraydi.
Listlardan yasalgan metall konstruksiyalarda (kabina, kuzov, sisternalar, barabanlar va b.da) zanglash va mexanik shikastlanish (darzlar, ezilishlar, uzilishlar) lar uchraydi.
- Bо‘shashib qolgan parchinlar olib tashlanadi, buning uchun ularning kallagi oddiy yoki pnevmatik zubilo bilan, yoki gaz alangasida kesib taglanadi yoki maxsus uchlik о‘rnatilgan drel bilan о‘yiladi. Parchin mix о‘tadigan yeyilgan teshik parmalanadi va kattalashtirilgan о‘lchamda yо‘nib kengaytiriladi yoki teshik payvandlab tо‘ldiriladi va qaytadan teshik ochilib nominal о‘lcham bilan yо‘nib kengaytiriladi. Birikmadagi barcha parchin mixlar almashtirilganda barcha teshiklar parmalanib, konduktorlar yordamida yо‘nib kengaytiriladi.
Parchin mixlar qizdirilgan xolda ham, sovuq xolda ham о‘rnatilishi mumkin. Birinchi xolda parchin mix temirchilik о‘choqlarida 900-9500S gacha qizdiriladi yoki elektr kontaktli apparatda teshikka о‘rnatilib, pnevmatik yoki dastaki gidravlik parchinlash mashinalari yordamida parchinlanadi. Ikkinchi xolda sovuq parchin mix osma gidravlik parchinlash qurilmasi yordamida bosim ostida о‘z joyiga о‘rnatiladi.
Asosiy metall va uning elementlarida payvand choklarda paydo bо‘ladigan darzlar va uzilishlar payvandlab tо‘ldiriladi. Darz yanada kattalashib ketmasligi uchun darz uchidan 5-10mm masofada diametri 6-8 mmli parmalar bilan о‘yib qо‘yiladi, darz qirralari bir yoki ikkala tomondan 600 burchak ostida keltiriladi, uning atrofi tozalanadi va bir yoki ikki yoqlama payvandlanadi. Payvandlash OZS-6, OMM-5A, UONI-13 55 elektrodlari bilan bajariladi.
Payvand chok va termik ta’sir zonasi ikki-uch о‘tishda puxtalash yо‘li bilan mustxkamlanadi. qutbi о‘zgartirilgan о‘zgarmas tokda karbonad angidrid muxitida Sv-OVGS yoki Sv-O8G2S sim bilan payvandlanganda yaxshi natijalar olinadi.
Rama, metall konstruksiyalarining egilgan va buralganligi strubsina, maxsus moslama gidravlik press yoki tо‘g‘rilash uchun ishlatiladigan maxsus stend-presslar yordamida tuzatiladi. Tо‘sinlarni tо‘g‘rilashda ularning tokchasiga shtok teriladigan joyda ezilmasligi uchun ponasimon tirgakli gardish qо‘yiladi. Listdan yasalgan metall konstruksiyalarining bazi qismlari kuchli deformatsiya va korroziyaga uchragan bо‘lsa, ular kesib tashlanadi va unga maxsus tayyorlangan ichquymalar payvandlab qо‘yiladi.
|
| |