Korpus detallarini tiklash texnologiyasi




Download 117 Kb.
bet4/5
Sana22.02.2024
Hajmi117 Kb.
#160951
1   2   3   4   5
Bog'liq
Detallar

3.Korpus detallarini tiklash texnologiyasi.


Mashinaning korpus detallari о‘zining murakkab konstruktiv shakli bilan farq qiladi va unda podshipniklar, vallar, vtulkalar, gilzalar, shtivlar, shpilka kabi detallarni о‘rnatish va maxkamlash uchun juda kо‘p teshik va tekisliklar bor.
Korpus detallar bolg‘alanuvchan va kulrang chо‘yandan, alyuminiy qotishmalaridan xamda konstruksiv pо‘latlardan tayyorlanadi.
Korpus detallarini konstruktiv shakllari va о‘lchamlari turlicha bо‘lganligidan ularni tiklash texnlogik jarayonlari, ba’zi о‘xshashliklari bо‘lsa ham, bir biridan farq qiladi. Siz bilan eng kо‘p tarqalgan korpus detallardan biri bо‘lmish Silindrlar blokini tiklashni kо‘rib о‘tamiz.
Ichki yonuv dvigatellarini asosiy detali xisoblanadigan Silindrlar bloki murakkab konstruksiyaga ega. Silindrlarning joylanishiga kо‘ra qator joylashgan va v-simon (ayrisimon) joylashgan bloklar bо‘ladi. Silindrlar bloki chо‘yandan yoki alyuminiy qotishmalardan tayyorlanadi.
Silindrlar blokini tayyorlashning, demak, ularning tiklashning о‘ziga xos tomoni, ular о‘lchamlarini yuqori aniqlikda tayyorlanishini va tekislik xamda о‘tkazish teshiklarining о‘zaro aniq joylashuvini ta’minlashdan iborat. Masalan, о‘zak tayanch teshiklarining о‘qlari Silindrlar gilzasi teshiklarning о‘qlariga nisbatan perpendikulyarlikdan og‘ganligi; о‘zak tayanch teshiklarning konussimonligi va ovalligi; silindrlar kallagi ostidagi yuzaning tekisligidan og‘ishi.
ZIL-130 dvigateli Silindrlar blokidagi nuqsonlar: 1-о‘yilishlar; 2,3,5-tegishlicha suv g‘ilofi, gilza о‘tiradigan uyalar orasidagi peremichkalar va gilza о‘tqaziladigan joylardagi darzlar; 4-tub tayanchlar teshiklarning deformatsiyalanishi, yeyilishi yoki noо‘qdoshligi; 6,7-gilza о‘tqaziladigan joylarning deformatsiyalanishi yoki yeyilishi; 8-rezbali teshiklarning shikastlanishi; 9-turtgich teshiklarining yeyilishi; 10-yuqorigi sirtningsilindrlar kallagi ostidagitob tashlashi; 11-taqsimlash vali vtulkasi kiradigan teshikning yeyilishi.
Tiklanadigan Silindrlar blokida bir qancha nuqsonlar mavjud bо‘lib, ularning asosiylari 3.1-rasmda kо‘rsatilgan. Asosiy sirtlarni tiklash uchun texnikaviy shartlar 3.1-jadvalda keltirilgan.

jadval. Silindrlar blokining asosiy sirtlariga ishlov berish aniqligining texnik shartlari.



Parametrlar nomi

Parametrlar qiymati

Tekislilikdan og‘ishi, mm:
Blokning 100mm uzunlikdagi yuqori va pastki sirtlari, kо‘pi bilan
Oldingi va ketingi torets sirtlari (50mm uzunlikdagi), kо‘pi bilan
Yon sirtlar, kо‘pi bilan

0.02…0,08

0,05
0,015



О‘lchamlar aniqligi, kvalitet:
Gilza uyasi
О‘zak tayanchlarning teshiklari
Taqsimlash vali uchun teshiklar
Elementlarning yо‘naltirish vtulkalari uchun teshiklar

7…8
6


7…8
7…8

Konussimonlik va ovallik:
Silindrlar gilzasi uchun teshiklar, mm
О‘zak tayanchlar teshiklari, %

0,01…0,025


50…70

О‘zak tayanchlar uchun teshiklarning о‘qdoshlikdan og‘ishi, kо‘pi bilan

0,02…0,04



Perpendikulyarlikdan og‘ishi, mm:
Silindrlar gilzasi uchun teshiklarning о‘zak tayanchlar tashiklarining о‘qiga nisbatan
Blok ketingi toretsining о‘zak tayanchlar teshiklarining о‘qiga nisbatan (toretsning 100 mm uzunligida)

0,03…0,05

0,07


О‘zak tayanchlar uchun teshiklar bilan taqsimlash vali uchun teshiklar о‘qlarining paralellikdan og‘ishi, mm

0,05…0,08



/adir-budirlilik parametri Ra, mkm:
Silindrlar gilzasi uchun teshiklar
О‘zak tayanchlar uchun teshiklar
Taqsimlash vallari uchun teshiklar

0,32…0,16


0,32…0,16
1,25…0,63

Silindrlar bloki devorlaridagi darzlar payvandlab bekitiladi yoki epoksid kompozitsiya surkab yamaladi. Payvandlashdan oldin darzlarning uchlarida 4-6 mm diametrli teshiklar parmalanadi, sо‘ngra devor qalinligining 80% chuqurligida 90-1200 burchak ostida butun uzunligi bо‘yicha silliqlash mashinasi bilan ishlov beriladi. Darzlarni yamashni qizdirib ham, qizdirmasdan ham bajarish mumkin. Silindrlarning chо‘yan bloki 600-6500 S gacha qizdirilib, sо‘ngra atsetilen-kislorod alangasida payvandlab yamaladi, bunda qо‘shimcha material sifatida diametri 5 mm li chо‘yan chiviq ishlatiladi. Silindrlar bloki payvandlangach, maxsus termosda asta-sekin sovutiladi. Darzlarni qizdirmasdan temir-nikelli PANCH-11 simi bilan yoki MNCH-1, OZCH-1, ANCH-1, SCH-3 va FCH-4 markali rangli metall elektrodlari bilan, shuningdek, 1,2 mm diametrli MNJKT kukun sim bilan argon muhitida payvandlash mumkin. Silindrlar gilzasi uchun ochilgan uyalar orasida paydo bо‘lgan darzlar gaz alangasida FPSN-2 flyus qatlami ostida 49-1-10-02 LOMNA kavshari bilan eritib tо‘ldiriladi.
Alyuminiy qotishmasidan yasalgan Silindrlar blokidagi darzlar о‘zgaruvchan tok bilan argon muhitida UDG-301 yoki UDG-501 qurilmasi yordamida eritib tо‘ldiriladi.o qо‘shimcha material sifatida diametri 4-6mm li AK alyuminiy qotishmasidan yasalgan simdan foydalaniladi.
Payvandlanadigan joy oldindan 3000 S gacha qizdiriladi, payvandlangach, payvand joyi asbest list bilan yopib Silindrlar bloki sekin sovitiladi. Payvand choklar metall oqmalaridan va oksidlardan asosiy metall tekisligi bilan bir tekis bо‘lguncha silliqlash mashinasi bilan tozalanadi.
Teshilgan joylar metall yamoq qо‘yib payvandlanadi, chokning germetikligini ta’minlash maqsadida ustidan epoksid kompozitsiya surkaladi. Bu jarayon quyidagi tartibda bajariladigan amallardan iborat: qо‘yiladigan yamoq va teshilgan joy atrofi 40-50 mm atrofida metall yaltillab kо‘ringuncha tozalanadi; metall yamoq teshikning atrofini 20-25 mm berkitib turadigan qilib payvandlanadi; atseton bilan yog‘sizlantiriladi; teshik atrofiga 40-50 m enlikda ikki-uch qatlam qilib epoksid kompozitsiya surkaladi; quritiladi.
Yeyilgan teshiklar va podshipniklarning ichquymalari (vkladishlari) uchun о‘yilgan о‘zak tayanchlarning о‘qdoshmasligi nominal о‘lchamga nisbatan 0,5mm ga kattaroq ta’mir о‘lchamlari uchun yо‘nib kengaytiriladi. Teshiklarni nominal о‘lchamgacha yо‘nib kengaytirish yо‘li bilan tiklashga ruxsat etiladi, buning uchun о‘zak tayanchlarning ajralish tekisliklari oldindan 0,7-0,8 mm ga frezerlanadi. Yо‘nib kengaytirish ikki shpindelli OR-14553 yoki R-135 tipidagi yо‘nib kengaytirish stanoklarida bitta о‘tishda bajariladi, bunda R2 * 0,63-0,32 mkm g‘adir-budirlik ta’minlanadi.
Taqsimlash vali vtulkasi uchun mо‘ljallangan teshiklar yeyilgan bо‘lsa, ta’mir о‘lchamlaridan biriga mо‘ljallab yо‘nib kengaytiriladi va yangi vtulkalar presslab о‘rnatiladi hamda ular nominal yoki temir о‘lchamga mо‘ljallab yо‘nib kengaytiriladi. Yо‘nib kengaytirish R-14553 yoki R-135 stanoklarida bajariladi.
Turtkichlar uchun mо‘ljallangan yeyilgan teshiklar radial-parmalash stanogida ta’mir о‘lchamiga mо‘ljallab yо‘nib kengaytiriladi. Silindrlar gilzasi uchun mо‘ljallangan о‘tqazish belbog‘i yeyilgan bо‘lsa, kattaroq ta’mir о‘lchamiga moslab yо‘nib kengaytiriladi.
Silindrlar gilzasi uchun mо‘ljallangan о‘tqazish belbog‘larining kavitatsion shikastlari belbog‘larni yо‘nib kengaytirish va unga zichlama xalqalar uchun ariqchalari bо‘lgan vtulka presslab о‘rnatish yо‘li bilan bartaraf etiladi (3.3-rasm).
Singan shpilkalar va boltlar ekstraktor yordamida burab chiqariladi; ekstraktor singan shpilka yoki bolt о‘rtasida parmalab ochilgan teshikka kiritiladi.
Teshiklardagi yeyilgan rezba о‘rniga kattaroq ta’mir о‘lchamli rezba о‘yiladi yoki rezbali spiral qо‘ymalar о‘rnatiladi.

Download 117 Kb.
1   2   3   4   5




Download 117 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korpus detallarini tiklash texnologiyasi

Download 117 Kb.