II.Asosiy qisim
1.Detallarni tiklash usullari
О‘z xizmat burchini о‘tab bо‘lgan va ish sirtlaridan nuqsonlar paydo bо‘lgan mashina detallari turli usullar bilan tiklanadi.
Tiklash usulini tanlashda yeyilish miqdori, sirtning shikastlanish xususiyatini, detal materialining qattiqligi, detal о‘lchamlari, qо‘yim qiymatlarini hisobga olish kerak bо‘ladi. Detallarning geometrik shakli va о‘lchamlarini tiklash uchun yeyilgan material qatlami о‘rniga yangi qatlam qoplash usulidan, plastik deformatsiyalash usulidan (mavjud hajmdagi metallni qayta taqsimlash hisobiga detal shaklini о‘zgartirish), detalning yeyilgan qismini yangisi bilan almashtirish usulidan, yeyilgan sirtga mexanik ishlov berib, nuqsonli qatlamni ketkazib, detalga tо‘g‘ri geometrik shakl berish usulidan foydalaniladi.
Detal materialining fizik-mexanik xossalari puxtalash yо‘li bilan (termik ishlov berish, termik-kimyoviy deformatsiyalash, elektro-fizikaviy va b. usuli bilan) tiklanadi.
Detalning yeyilgan sirtqi qatlami о‘rniga yangi qoplam hosil qilish payvandlash, eritib qoplash, galvanik, polimer va gazotermik qoplamalar hosil qilish hamda plastik deformatsiyalash kabi usullar bilan amalga oshiriladi.
Detallarning sirtqi qatlamida galvanik usul bilan qoplama qatlamlar hosil qilish texnologik jarayonlarining murakkabligi, ekologik hamda energiya iste’moli bilan bog‘liq bо‘lgan muammolarni keltirib chiqaradi.
Mashina detallarini tiklashning asosiy texnologik usullari 2.9-jadvalda keltirilgan.
jadval. Mashina detallarining tiklashning asosiy texnologik usullari.
Tiklash usullari
|
Tiklashning texnologik usullari
|
1
|
2
|
Payvandlash va eritib qoplash
|
Yoy bilan qо‘lda, flyus qatlami ostida elektr yoy bilan, himoya gazlari muhitida, elektroshlak bilan, kukun sim bilan yoy vositasida, titrma yoy bilan, argonli yoy bilan, induksion usul bilan, gaz alangasida, plazmali usul bilan, lazer yordamida.
|
Tо‘zitish
|
Gaz alangasida, elektr yoy bilan, plazmali usul bilan, detonatsion usul bilan, lazer yordamida, ion-plazmali usul bilan.
|
Galvanik chо‘ktirish
|
Xromlash, temirlash, nikellash, ruxlash
|
Elektrofizik ishlov berish
|
Elektro-uchqunli, magnit-impulsli
|
Ishqalab ishlov berish
|
Antifriksion
|
Kimyoviy-termik ishlov berish
|
Azotlash, syementatsiyalash, sianlash, bor bilan qoplash
|
Polimerlardan foydalanish
|
Yelimlash, soxta eritilgan qatlamda qoplam hosil qilish va gaz alangasi yordamida tо‘zish
|
Payvandlash va eritib qoplashning elektr yoy usulida eritish zonasida paydo bо‘ladigan elektr yoyi materialni eritish uchun asosiy zonasida paydo bо‘ladigan elektr yoyi materialni eritish uchun asosiy issiqlik manbai bо‘lib xizmat qiladi. Elektr yoyi gazli muhitda ikkita elektrodlar orasida paydo bо‘ladigan kuchli elektr razryaddan iborat, elektr razryad uchun past kuchlanish katta tok, yoy oralig‘ida gazlarning ionlashishi xosdir. Gazlarning ionlashish natijasida erkin elektronlar va ionlar paydo bо‘ladi, gazli muhit yuqori elektr о‘tkazuvchan bо‘lib qoladi va payvand yoyning barqaror yonishini ta’minlaydi. Payvandlash yoyi hosil qilish uchun о‘zgarmas va о‘zgaruvchan toklardan foydalaniladi.
Yoy ustunidagi harorat 6000-75000S gacha, pо‘lat elektrodlarda 2200-25000S gacha kо‘tariladi; bunda katod dog‘iga nisbatan anod dog‘ida harorat yuqori bо‘ladi.
Elektrodni eritish jarayoni eritish koeffitsiyenti bilan baholanadi, bu koeffitsiyent kuyidagiga teng bо‘ladi:
ar = Qr It,
bu yerda Qr-eritilgan metall massasi; I-payvandlovchi tok kuchi; t-eritish vaqti.
2.10-jadval. О‘rtacha va kam uglerodli pо‘latlarni payvandlash hamda eritib qoplama hosil qilish rejimi
Detalning qalinligi, mm
|
Elektrod dinametri, mm
|
Tok kuchi, A
|
2…4
|
3…4
|
75…125
|
4…6
|
4…5
|
180…200
|
6…10
|
5…5
|
200….400
|
2.12-jadval. Alyuminiyni gaz va yoy bilan payvandlashda qо‘llaniladigan flyuslar tarkibi (massaning ulushi hisobida, %da)
Flyus nomeri
|
Natriy xlorid
|
Kaliy xlorid
|
Natriy ftorid
|
Kaliy ftorid
|
Xlorli litiy
|
Ftorli litiy
|
Xlorli bariy
|
№1
|
20
|
50
|
-
|
10
|
-
|
-
|
20
|
№2
|
-
|
50
|
50
|
-
|
-
|
-
|
-
|
№3
|
45
|
30
|
-
|
15
|
10
|
-
|
-
|
№4
|
28
|
50
|
8
|
-
|
14
|
-
|
-
|
№5
|
33
|
45
|
3,5
|
-
|
15
|
3,5
|
-
|
Gaz alangasida payvandlash va eritib qoplashda metallarni eritish uchun kislorod muhitida yonuvchi gazlar (atsetilen, metal propan va b.) alangasidan foydalaniladi. Yonuvchi gazlar ichida atsetilen keng tarqaldi, chunki u yongandagi alangasi 3100-33000S gacha harorat beradi.
Galvanik qoplamalar yoyilgan sirtda, detalni deyarli qizdirmasdan turib, metall qatlamini qoplab uni dastlabki о‘lchamigacha tiklash imkonini beradi. Ular kam yeyilgan sirtlarga (0,10-0,20 mm gacha) metall qoplab, detalning yeyilishi va korroziya bardoshligini oshirish uchun xizmat qiladi.
Detallarni tiklashning galvanik usullariga xromlash, temirlash (pо‘lat bilan qoplash), nikellash, ruhlash va fosfatlash kiradi.
Galvanik jarayonning asosiy parametrlariga tok zichligi, tok bо‘yicha chiqishi va elektrolitning sochish layoqati kiradi.
Xromlash biri ikkinchisi ichiga solingan ikkita bakdan tashkil topgan vannada amalga oshiriladi. (2.23-rasm). Elektrolit uchun mо‘ljallangan bak ichki tomondan kislotabardosh material (viniplast yoki qо‘rg‘oshin) bilan qoplangan. 7…8% surma aralashgan qо‘rg‘oshindan tayyorlangan erimaydigan anodlar detal atrofida bir-biridan 40…50 sm masofada joylashtiriladi.
|