Baliqchilikning rivojlanishi, hozirgi axvoli va istiqboli




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   386
Bog'liq
qorakol

16.17.Baliqchilikning rivojlanishi, hozirgi axvoli va istiqboli 
 
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi iqtisodiy islohotlar, jumladan qishloq xo’jaligida amalga 
oshirilayotgan islohotlar baliqchilik sohasini rivojlantirishni ham zaruriyat qilib qo’ydi. 
Islohotlarning asosiylaridan biri bu qishloq xo’jaligida mulk islohoti bo’lib, baliqchilik sohasida
xususiylashtirish va xususiy mulkni rivojlantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, baliq ovlash va 
baliqchilik korxonalari faoliyatini tashkil etishda bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, 
tarmoqni yanada monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek baliq 
ovlash, baliq va baliq mahsulotlarini sotishni tartibga solish maqsadida 2003 yil 13 avgustda 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 350-sonli qarori qabul qilingan. Keyinroq esa 
aholining baliq mahsulotlariga talabini to’la qondirish va baliq mahsulotlarini yetishtirishni 
ko’paytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “2009-2011 yillarda 
respublikada baliqchilik
 
tarmog’ini rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi” qabul qilingan edi. 
Respublikada ana shu davr ichida, ya’ni 2009 – 2011 yillarda baliq yetishtirish 9235,7 dan 
16882,1 tonnaga yetkazilgan. 2011 yilda tijorat banklari tomonidan fermer xo’jaliklariga va tabiiy 
ko’llarni ijaraga olgan korxonalarni zamonaviy texnologik vositalar bilan jixozlash, granulalangan 
omuxta yem, mineral o’g’itlar, va mavsumiy aylanma mablag’lari uchun tijorat banklari 
tomonidan 8 mlrd 525 mln. so’m(213,1%) kredit ajratib berilgan. “O’zdonmaxsulot” kompaniyasi 
korxonalari va Chinoz omuxta yem ishlab chiqarish zavodi tomonidan esa 11ming 973 tonna 
(169,1%) tonna omuxta yem, baliqchilik xo’jaliklariga shartnoma asosida yetkazib berilgan. 
Yangidan tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan kichik baliqchilik fermer xo’jaliklariga tizimli 
ravishda baliq chavoqlari yetishtirib berish tashkil etilgan. Respublikada mayda baliq urug’lari 
yetishtirishga ixtisoslashgan xo’jaliklar tomonidan 221 mln.dona lichinka olinib, ulardan 29,2 
mln.dona bir yozlik baliq urug’lik materiali yetishtirilgan.
Quyidagi 1-jadvalda respublikada 2011-2014 yillarda Barcha toifadagi xo’jaliklarda, fermer 
xo’jaliklarida, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida hamda qishloq xo’jaligi 
faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda baliq ovlash dinamikasining tahlili keltirilgan. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Baliqchilikning rivojlanishi, hozirgi axvoli va istiqboli

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish