341
qishloq xo’jaligi hayvonlari va parrandalarining ozuqa rasionini turli oqsil va vitaminlarga
boyituvchi qimmatli qo’shimcha hisoblanadi.
Respublikamiz hududida karp, oq amur, do’ng peshona, karas va ilonbosh kabi iliq haroratga
moil baliq zotlari urchitiladi. Ularning asosiy qismini karp zotli baliqlar tashkil qiladi. Bu zotli
baliq juda ham serurug’ bo’lib, 4-5 yoshli tirik vazni 5-8 kg. Keladigan urg’ochilari suvning
harorati 17-18
0
S ga yetganda birdaniga o’rtacha 700-800 ming, eng sifatlilari esa 1,5 mln.gacha
ikra qo’ya oladi. Bu zotli baliqlarning o’sish imkoniyatlari juda yuqori bo’lib, 18-20 oyligida tirik
vazni 1-1,5 kg. 28-32 oyligida esa 2,5-4 kg.gacha yetishi mumkin. Shu zotga mansub baliqlar
urchiydigan hovuzlarning tabiiy baliq mahsuldorligi 1,2-2 sentnerga teng bo’lib, baliq
mahsulotlari yetishtirishni jadal usulda amalga oshirilganda har gektar suv havzasidan 25-30
sentnergacha baliq yetishtirish mumkin.