Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   386
Bog'liq
qorakol

 
 
16.19.Asalarichilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati 
 
O’zbekistonda chorvachilikning yaqindan taraqqiy etib kelayotgan tarmoqlaridan biri 
asalarichilik - qishloq xo’jaligining ham muhim tarmog’i hisoblanadi. Asalarichilik 
mamlakatimizning barcha xo’jaliklarida muvaffaqiyatli rivojlantirilmoqda. 
Asalarining asosiy mahsuloti – asal, shifobaxshlik va parhyezlik xususiyatidan tashqari juda 
shirin ma’zaga ham ega. Asalarichilikning boshqa yana bir muxim mahsulotlaridan, biri ona ari 
suti, propolis, asalari zaxari, gulchangi, mum keng miqyosda xalq xo’jaligining barcha 
tarmoqlarida, ya’ni tibbiyotda, kimyoda, oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladi. 
Qishloq xo’jaligining bir tarmog’i sifatida asalarichilikning asosiy maqsadi tovar asal ishlab 
chiqarish hisoblanadi. Asalari mahsulotlarida ko’p miqdorda to’yimli moddalar bo’lib, uning va 
shifobaxshlik xususiyatlar mavjud. U ko’pgina teri kasalliklarini davolashda, iste’mol qilinganda 
organizmning himoya kuchini oshirishda, endokrin bezlarining ishini mo’tadillashtirishda, yurak 
qon sistemasining faoliyatini to’g’ri saqlashydai katta yordam beradi. Asalni doimiy ravishda 


344 
iste’mol qilib turilsa uyquni yaxshilab, ishtaxani ochadi, qon bosimini o’nglaydi. Sifatsiz asal 
foyda o’rniga organizmga zarar keltirshi mumkin, inson organizmini zaxarlab ovqat hazm qilishni 
buzadi va hokazo. Asalning shifobaxshlik xususiyati uning kelib chiqishiga, olish texnologiyasiga, 
qayta ishlash, saqlash sharoitiga va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. 
Qishloq xo’jaligi ekinlarini changlatib, xalq xo’jaligiga bebaho foyda keltiradi. Asalarilar 
qishloq xo’jaligi ekinlarini changlatish natijasida olingan hosildan keluvchi foyda, uning barcha 
boshqa mahsulotlaridan olinadigan foydadan 10-17 marta ortiq ekanligi dunyo olimlari tomonidan 
isbotlab berilgan. Yaylov va butazorlardagi dukkakli o’simliklarni changlatib, uning hosildorligini 
oshirib chorvachilikning rivojalanishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Oliy malakali, chuqur va 
mustaxkam bilimli mutaxassislargina asalarichilik sohasini yaxshi olib borishlari mumkin. 
Asalarilarning changlatishdagi ahamiyati azaldan ma’lum. O’simliklarning changlanish 
masalasi bilan ko’pgina olimlar shug’ullanishgan. Ular asalarilar poliz ekinlari va mevali 
daraxtlarni changlatishda qatnashib, ularning hosildorligini 4-5 marta oshirganligini isbotlaganlar. 
Asalarilar yordamida va boshqa kompleks tadbirlarni qo’llab, hosilni oshirish masalasiga 
mamlakatning barcha viloyatlarida ham ahamiyat berilmoqda. Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra 
o’simliklarni asalarilar yordamida changlatish beda hosilini 180-250% gacha, kungaboqarni 40-
50% gacha, qora bug’doyni 1,5 marta, karam, sholg’om, piyozni 30-40% gacha, zig’irni 27% 
gacha va paxta hosildorligini 2,0-2,5 s.ga oshiradi. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish