331
qo’y 3 yoki 4 ta qo’zi tuqqan. Bu esa ona qo’ylarning fiziologik holatiga salbiy ta’sir qilgan. Bu,
tabiiyki, o’z navbatida qorako’l teri sifatiga ham ta’sir ko’rsatgan.
90-yillar o’rtalarida jahon qorako’l bozorida ishlab chiqarishning pasayganligi kuzatildi.
Mahsulotga bo’lgan talab o’smadi. Qorako’l yetishtirish hajmi 70-yillarda 10 mln. bo’lgan bo’lsa,
80-yillarda 7 mln., 90-yillarda 4-5 mln.ga yaqin, hozirgi vaqtda 3 mln.ga yaqin deb baholanmoqda.
BMT oziq ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari tashkilotining ma’lumotiga ko’ra 1980-
1984 yillarda jahonda qorako’l qo’ylar bosh soni 30 mln. deb ko’rsatildi. Hozirgi vaqtda qorako’l
qo’ylar bosh soni 15 mln. deb baholanmoqda.
Jahonda qorako’l ishlab chiqarishida birinchilardan Afg’oniston, keyin O’zbekiston undan
keyin Turkmaniston, Qozog’iston, Eron, Namibiya va boshqa davlatlar hisoblanadi.