Qoramolchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   386
Bog'liq
qorakol

16.6.Qoramolchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari 
 
Uzoq yillar davomida ko’pchilik xo’jaliklar mol go’shti ishlab chiqarish va sotishdan zarar 
ko’rdilar, sut tannarxiga kiritilgan xarajatlarning rentabellik darajasi ham tarmoqda kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarishni tezlashtirishga sharoit yaratolmadi. 
Ko’proq, sifatliroq va arzonroq qoramolchilik maxsulotlarini ishlab chiqarish hamda sotish 
uchun quyidagi omillar va imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarur: 
1.Sigirlardan olinadigan sut va buzoq miqdorini ko’paytirish lozim. Ko’p xo’jaliklarda 
maxsuldorlikning bu ko’rsatkichlari ularda rivojlanayotgan zotdor sigirlarning potensial 
imkoniyatiga nisbatan 2-3 marta past bo’lmoqda. Natijada ularni oziqlantirish xarajatlari 
samaradorligi 3-4 marta pasaymoqda; 
2.Go’sht yo’nalishdagi qoramollarni so’qimga boqishga kunlik o’sishi, o’rtacha tirik va 
so’yilgan vazni va boshqa maxsuldorlik ko’rsatkichlari ham rivojlantirilayotgan zotlarning potensial 
imkoniyatidan 30-35% ga past bo’lmoqda. Natijada ularni oziqlantirish va saqlash muddatlari 
cho’zilib ketadi, barcha xarajatlar samaradorligi ham pasayadi; 
3.Rivojlanayotgan iqlim sharoitiga moslashgan qoramollarning zotdorlik belgilarini 
mustaxkamlash maqsadida seleksiya va naslchilik ishlari sifatini ko’tarish, shu jumladan, sun’iy 
urug’lantirishni amalga oshirish; 
4.Chorvadorlarning mehnat unumdorligi va qili ngan mehnat manfaatdorligini oshirish 
omillaridan va imkoniyatlaridan oqilona foydalanish; 
5.Asosiy vositalardan, shu jumladan, maxsus chorva binolari va inshoatlari quvvatidan yil 
davomida to’laroq foydalanish; 
6.Ilg’or (progressiv) zooveterinariya xizmatlaridan foydalanish. 
 
 
16.7.Qo’ychilikning xalq xo’jaligidagi axamiyati 
 
Qo’ylar, qoramol va boshqa hayvonlarga nisbatan serharakat, tuyoqlari va oyoqlari 
baquvvat, o’tkir tishlari past va siyrak o’sgan o’tlarni, hatto yerga to’kilgan mayda barglarni terib 
olib istemol qilish qobiliyatiga egadir. Ular achchiq, sassiq hidlik, tikanlik o’tlarni ham iste’mol 
qiladi. Qo’ylar O’zbekistonda o’sadigan 880 tur o’simliklarning 520 yoki 59% ini, qoramollar 
esa – 20% iga yaqinini iste’mol qiladi.
Demak, qo’ychilikni rivojlantirish o’zbekistonda mavjud 24-25 mln ga cho’l, yarim cho’l, tog’ 
bag’ri yaylovlari va pichinzorlarida o’sadigan ozuqa resurslaridan to’liqroq foydalanishga sharoit 
yaratadi. 
Qo’ylar jazirama issiqqa, qattiqqina sovuqqa, suvsizlikka ham chidamli. Tarmoqni 
rivojlantirish qo’shimcha kapital qo’yilma, mehnat resurslarini ham talab qilmaydi. 
Qo’ychilik aholi uchun oziq-ovqat (go’sht, yog’, sut), sanoat uchun xom ashyo (jun, qorako’l 
teri, teri) yetkazib beradi. Junni qayta ishlash jarayonida junli kiyim, trikotaj, sukna, odeyal, gilam, 
oyoq kiyim va boshqalar tayorlanadi. Qorako’l teridan telpak, yoqa, po’stin va boshqalar 
tayyorlanadi; uning terisidan po’stin, yarim po’stin va boshqalar tayyorlanadi; charmidan oyoq va 
boshqa kiyimlar tayorlanadi. 
Qo’ychilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati uning itisoslashishiga qarab anchagina tafovut 
qiladi. 
Oxirgi yillarda O’zbekistonda rivojlantirilayotgan qo’y zotlarini quyidagi guruxlarga bo’lib 
taxlil qilish va iqtisodiy baholash maqsadga muvofiqdir: 


330 
1-gurux- mayin junli qo’ychilik; 
2-gurux- yarim mayin junli qo’ychilik; 
3-gurux- qorako’l teri uchun qo’ychilik; 
4-gurux- po’stinbop teri beradigan qo’ychilik; 
5-gurux- go’sht-yog’ beradigan qo’ychilik; 
O’zbekistonda 1 va 2 guruxlarga kirgan qo’ychilik zotlari juda kam miqdorda rivojlantiriladi. 
Jun balansini mayin va yarim mayin jun tashkil qiladi; kolgan gurux qo’ylaridan dag’al jun olinadi. 
Barcha turdagi qo’y hamda echkilarning go’shtlari respublika go’sht balansida 10-15 foyizni tashkil 
qiladi. 
Qo’ylarning iste’mol qiladigan tabiiy yaylov ozuqalari iqtisodiy baholanmaydi, natijada, 
odatda, qo’ychilikdan nisbatan arzon oziq-ovqatlar hamda xom ashyolar ishlab chiqariladi. 
Respublikada ularni qayta ishlash va sotish qo’ychilikning xalq xo’jaligi ahamiyatini yanada oshiradi. 
Qorako’l teri maxsulotlarini jahon bozorida sotish respublika valyuta fondini ko’paytiradi. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qoramolchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish