|
Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti Pdf ko'rish
|
bet | 256/386 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 8,59 Mb. | | #257248 |
Bog'liq qorakol
16.5.Qoramolchilikning intensiv rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
O’zbekistonda uzoq yillar maxsuldorligi past, issiq iqlim sharoitiga moslashgan, kasalliklarga
chidamli qoramolchilik rivojlantirilgan. Tarmoqning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish
maqsadida xorijiy mamlakatlardan zotdor va metis qoramollar sotib olingan. Respublika olimlari va
mutaxassislari ularni iqlim sharoitiga moslashtirish ishlarini amalga oshirdilar va hokazo.
O’zbekistonda qoramollarning sonini va ularning maxsuldorligini oshirish, binobarin, sut va
go’sht maxsulotlarini ko’paytirishga erishildi(1-jadval).
1-jadval
O’zbekistonda qoramollar va sigirlar bosh sonining davrlar bo’yicha o’zgarishi
dinamikasi(2005-2014 yy.)*
Yillar
Jami qoramollar,
ming bosh
Shu jumladan sigirlar Jami qoramol boshiga
nisbatan, sigirlar, %
2005
6571,4
2821,3
42,9
2006
7044,6
2982,5
42,3
2007
7457,9
3124,9
41,9
2008
8026,3
3327,1
41,4
2009
8510,7
3535,7
41,5
2010
9094,7
3758,1
41,3
2011
9642,7
3878,4
40,2
2012
10141,3
3935,0
38,8
2013
10607,3
4020,6
37,9
2014
10995,2
4084,3
37,1
*
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va
O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.
Taxlil shuni ko’rsatadiki, O’zbekistonda 2005-2014 yillarda qoramollarning bosh soni keskin
oshgan. 2014 yili 2005 yilga nisbatan ularning bosh soni 4423,8 ming boshga yoki 67,3 % ga
ko’paygan. Shu jumladan sigirlar soni xam oshib, 2005 yildagi 2821,3 boshdan 2014 yilda 4084,3
ming boshga yetgan hamda 1263 boshga yoki 44,8 % ga oshgan. Lekin bu davrda sigirlarning
salmog’i 42,9 % dan 37,1 % ga kamaygan. Shu yillarda qormallar tarkibida boshqa yirik shoxlilarning
soni va salmog’i oshib borgan. Bu ko’rsatkich 2014 yilda 2005 yilga nisbatan 51,7 % dan 62,9 % ga
ko’tarilgan. Tahlil etilayotgan davrda, ekstensiv rivojlanish hisobiga bo’lsa ham, chorvachilik
mahsulotlari, ya’ni go’sht va sut ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichlari, turli toifalar bo’yicha
ijobiy tomonga quyidagicha o’zgarib borgan (2-jadval).
|
| |