-jadval  O’zbekistonda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichlari




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   386
Bog'liq
qorakol

2-jadval 
O’zbekistonda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichlari, 
ming tonna (2005-2014 yy.)* 
Yillar
Barcha toifadagi 
xo’jaliklar 
Shu jumladan 
Fermer xo’jaliklari
Dehqon va 
aholining shaxsiy 
yordamchi 
xo’jaliklari
Qishloq xo’jaligi 
faoliyatini amalga 
oshiruvchi 
tashkilotlar 
Go’sht 
(tirik 
vaznda) 
Sut
Go’sht 
(tirik 
vaznda)
Sut
Go’sht 
(tirik 
vaznda) 
Sut
Go’sht 
(tirik 
vaznda) 
Sut
2005 
1061,2 
4554,9 
22,7 
94,7 
1002,4 
4409,2 
36,1 
51,0 
2006 
1139,6 
4855,8 
24,3 
111,2 
1078,3 
4709,1 
37,0 
35,5 
2007 
1208,7 
5097,5 
29,8 
125,4 
1147,4 
4949,7 
31,5 
22,4 


328 
2008 
1288,0 
5426,3 
32,4 
151,6 
1223,2 
5250,2 
32,4 
24,5 
2009 
1367,8 
5802,5 
35,4 
190,9 
1300,1 
5582,2 
32,3 
29,4 
2010 
1461,4 
6169,0 
37,8 
205,0 
1389,2 
5927,8 
34,4 
36,2 
2011 
1564,2 
6766,2 
41,0 
230,1 
1481,6 
6494,6 
41,6 
41,5 
2012 
1672,9 
7310,9 
45,1 
256,8 
1583,9 
7008,5 
43,9 
45,6 
2013 
1787,8 
7885,5 
49,0 
285,6 
1690,3 
7547,2 
48,5 
52,7 
2014 
1906,3 
8431,6 
55,3 
608,6 
1800,2 
8064,6 
50,8 
58,4 
*
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va 
O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari. 
 
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, sigirlardan sut sog’ib olish, so’yilgan mollarning vazni va 
boshqa mahsuldorlik ko’rsatkichlarida ham o’zgarishlar bo’lgan. 2014 yili 2005 yilga nisbatan bir 
bosh sigirdan sog’ib olingan sut qariyb 28 % ga oshgan. So’yilgan qoramolning tirik vazni ham 2014 
yilda 2005 yilga nisbatan 1,8 martga oshgan. Mahsuldorlikning oshishi yalpi sut va go’sht 
mahsulotlarining hajmiga ijobiy ta’sir qilgan. Shuningdek, bu yerda chetdan keltirilgan zotdor 
qoramollar salmog’ining yildan-yilga oshib borishi ham muhim rol o’ynamoqda. 
Qishloq xo’jaligi keyingi sohasi chorvachilikda iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Bunda 
davlat tomonidan qishloq joylaridagi chorvachilik bilan shug’ullanuvchi aholi hamda chorvachilik 
fermer xo’jaliklarida chorva mollari sonini ko’paytirish, naslchilik ishlarini kuchaytirish, 
zooveterinariya servis xizmatlarini ko’rsatishni kengaytirish uchun sharoitlarni yaxshilash choralari 
maqsad qilib qo’yildi. Bunga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 
apreldagi 67-sonli “2006—2010 yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida 
chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko’paytirishni rag’batlantirish dasturini amalga 
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 
21 apreldagi PQ-842-sonli “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollar 
ko’paytirishni rag’batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni 
kengaytirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” qarorlarini ko’rsatish mumkin. 
Chorvachilik sohasidagi islohotlar natijasida, shuningdek, xorijdan keltirilgan zotdor mollar hisobiga 
ham 2013 yil boshiga kelib 2004 yilga nisbatan qoramollar bosh soni 5,9 mln dan 10,1 mln boshga 
yoki 171,2 foizga, shundan sigirlar soni mos ravishda 2,5 mln dan 3,9 mln ga, yoki 156,0 foizga, qo’y 
va echkilar soni 9,9 mln boshdan 17,1 mln boshga yoki 172,7 foizga, parrandalar soni esa 17,7 mln 
donadan 47,5 mln donaga yoki 2,6 martaga o’sdi
7
.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi
PQ-1047-sonli“Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish 
yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga binoan respublika aholisining oziq-
ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini barqaror ta’minlash, ichki iste’mol bozorini 
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan bekamu-ko’st to’ldirish, asosan 
qishloq joylarda zamonaviy yuqori unumli texnika va texnologiya bilan jihozlangan qayta ishlovchi 
ixcham korxonalarni jadal barpo etish, shu asosda yangi ish joylarini shakllantirish, ko’proq 
odamlarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish maqsadida, 
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan 
manfaatdor xo’jalik birlashmalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar 
hokimliklari bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki iste’mol 
bozorini ular bilan to’ldirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo’lib unda 2009 
yilda oziq-ovqat mahsulotlari eng muhim turlarini ishlab chiqarishning asosiy parametrlari,
respublika viloyatlari bo’yicha go’sht va sut yetishtirishning prognoz hajmlari keltirilgan, 
shuningdek, respublika viloyatlarida 2009—2011 yillarda go’sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash 
bo’yicha mini-texnologiyalar va ixcham uskunalardan foydalanadigan yangi korxonalar, shuningdek 
xom sut tayyorlash bo’yicha servis punktlarini barpo etish dasturi ishlab chiqilgan. Shuningdek ushbu 
qarorda 2009 yilning 1 iyulidan boshlab go’sht-sut mahsulotini sanoat ko’lamida qayta ishlash va 
7
ЎзСТАТ, Сельское хозяйства Узбекистана, Статистический сборник, 2013 


329 
tayyor mahsulot ishlab chiqarish borasidagi faoliyat faqat yuridik shaxs shaklida tashkil qilingan 
tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo’yilgan bo’lib, go’sht va sutni 
qayta ishlaydigan korxonalarga o’z mahsulotini avtofurgonlarda aholiga naqd pulga sotish huquqi 
berilgan. Keyingi yillarda, ya’ni 2011 va 2013 yillarda, ushbu qarorga qo’shimchalar kiritildi va u 
hayotga tatbiq etilmoqda. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval  O’zbekistonda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichlari

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish