332
Bu mahsulotni asosiy qismi horijga sotilib, mamlakat valyuta tushumining ortishiga sezilarli
ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari qorako’l zotli qo’ylar O’zbekistonda mavjud bo’lgan cho’l, yarim
cho’l zonasi bo’lgan 25 mln.ga yaqin noqulay sharoitida arzimagan efimer o’simliklar va buta,
butasimon o’simliklardan tashkil topgan dag’al oziqalardan o’ta samarali foydalanishi bilan alohida
e’tiborga sazovordir. Eng og’ir chidamliligini ko’rsata olgan chorva moli sifatida qadrlanadi.
Hozirda, ya’ni 2014 yilga kelib, qorako’l qo’ylar soni 6 mln.ga yaqinni tashkil etadi.
Qorako’l quylari qorako’l terisidan tashqari iste’mol uchun juda sifatli bo’lgan go’sht
mahsuloti bilan ham ahamiyatlidir. Qorako’l qo’y go’shti boshqa zotli qo’ylar go’sht mahsulotlari
bilan o’zlarining shifobaxshlik sifati – (mramornost) muskul va yog’ to’qimalarining qavatma-qavat
joylashishi bilan keskin ajralib turadi. Qorako’lchilikda teri va go’shtdan
tashqari, yosh qo’zi
oshqozoni (sыchug), jun, shifobaxsh, yuqori darajali yog’li sut mahsulotlari
va boshqa turdagi
yordamchi va qo’shimcha mahsulotlar olinib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jabhasida muhim o’rinni
egallaydi.
Quyidagi 1- va 2- jadvallarda O’zbekistonda qo’ylar bosh sonining o’zgarishi va qo’ychilik
mahsulotlari ishlab chiqarishning o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar tahlili barcha toifadagi
xo’jaliklar,
jumladan, fermer xo’jaliklari, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklari
shuningdek, qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar kesimida keltirilgan. 2005-
2014 yillarda jami qo’ylar soni 7087 ming boshga yoki 1,6 martaga oshgan. Shu jumladan qorako’l
qo’ylar esa 1848,1 ming boshga yoki 1,4 martaga oshgan. Qorako’l qo’ylarning jami qo’ylardagi
salmog’i esa – mos ravishda 41,3 dan 35,4 % gacha o’zgargan. Shu davrda fermer,
dehqon va
aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida mos ravishda - 2,7 va 1,8 martaga o’sish sur’ati kuzatilgan
bo’lsa, qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda esa 32,5 % ga kamayish
tendensiyasi mavjud. Qo’ychilik mahsulotlari bo’lmish, qo’y va echki go’shti, jun va qorako’l terisi
yetishtirishda keskin o’zgarishlar bo’lgan. Shu davrda qo’y va echki go’shti ishlab chiqarish – 2,3
martaga, jun tayyorlash – 1,7 martaga va qorako’l terisi yetkazib berish -1,5 martaga oshgan. Ushbu
mahsulotlarni
yetishtirishda fermer, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida o’sish
sur’ati kuzatilgan bo’lsa, qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda esa kamayish
tendensiyasi mavjud.