16.10.Parrandachilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati Parrandachilikning asosiy maxsulotlari - tuxum va parhyezli parranda go’shti aholi uchun o’ta
foydali oziq-ovqat hisoblanadi. Tuxum tarkibida inson organizmida 100 % hazm bo’ladigan
oqsil hamda vitamin, moy va boshqa moddalar bor, u eng yuqori kaloriyali parhyez taom
hisoblanadi.
Parranda, ayniksa jo’ja go’shti tarkibi ham inson organizmi uchun tez va to’laroq hazm
bo’luvchi moy, oqsil, vitamin va boshqa moddalarga boy. G’oz va o’rdak go’shtlarida inson
organizmi uchun foydali moy, oqsil va boshqa moddalar ham mavjud. Ular katta kaloriya
bo’yicha cho’chqa va qoramol go’shtlaridan yuqori .
Parrandalar tez ko’payuvchi va yetiluvchi hayvondir. Tovuq, o’rdak, kurka, g’oz 5-7 oylik
bo’lishi bilanoq tuxum bera boshlaydi. Bir tovuqdan yiliga maksimum 300 dona tuxum va undan
jo’ja ochirib go’sht uchun boqilsa, tirik vaznda 4 s. go’sht olish mumkin.
Jo’jalar jadal oziqlantirilsa 50-55 kunda 1,5-2,0 kg, o’rdaklar esa 3-3,5 kg og’irlikka ega
bo’ladi. Parrandachilikning boshqa hayvonlarga nisbatan samaradorligi shundaki, ularga
sarflanadigan ozuqalar birligiga anchagina ko’proq foydali mahsulot ishlab chiqariladi. Masalan, 1
kg jo’ja go’shti ishlab chiqarish uchun 3,5-4 kg, g’oz va o’rdak go’shti uchun 4,5-5 kg ozuqa birligi
sarflanadi; 1kg cho’chqa go’shti va mol go’shtlariga esa mos ravishda o’rtacha 6,5-8,5 kg sarflanadi;
1kg tuxum oqsiliga mol go’shti oqsiliga nisbatan 4-5 marta kam ozuqa birligi sarflanadi.
Parrandachilikning qoldiq mahsuloti - go’ngdan o’simlikchilik tarmoqlarida, ayniqsa, yopiq
maydon sabzavotchiligida foydalanish ularning hosildorligini sezilarli darajada oshiradi.
Parrandalarni so’yishdan olingan pardan yostiq, ko’rpa va boshqalar tayyorlanadi.
336
Parrandachilikni sanoat asosida rivojlantirish mahsuldorlik va mexnat unumdorligini oshirish
hamda yil davomida barqaror miqdorda tuxum va go’sht ishlab chiqarish hamda sotish uchun qulay
sharoit yaratiladi, kapital qo’yilmalarning qaytish muddatini tezlashtiradi va hokazo.