298
Unumdor bo’z o’tloq va o’tloq–botqoq tuproqlarda gektariga 80-90
ming tupdan, sho’rlangan
yerlarda 120-140 ming tupni tashkil etgani ma’qul. Bo’z tuproqlarda o’g’itlarning me’yori
N250P175K125 kg/ga.
S-6524.
G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi
ilmiy tadqiqot institutida
duragaylash yo’li
bilan yaratilgan, o’rtapishar. Tola uzunligi 35,2 mm, tola pishiqligi 4,5-4,6 gk,
nisbiy uzilish kuchi 28,5 gk/teks, tola chiqishi 33-34 foiz. Tolasi IV- tipga mansub.
S-6530.
G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida
duragaylash yo’li bilan yaratilgan. O’rtapishar navlar guruhiga kirib, vilt kasalligiga chidamli. O’suv
davri 114-124 kunni tashkil etadi. Bir ko’sakdagi paxta massasi 5,4-6,2 g, tola chiqishi 36,8-37,2 foiz,
shtapel uzunligi 35,2 mm, pishiqligi 4,5 gk, nisbiy uzilish kuchi 27,1 gk/teks. Hosildorligi gektariga
40-48 s gacha yetadi.
S-4727.
G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida
duragaylash yo’li bilan yaratilgan. O’suv davri 132- 136 kun. Ko’sakdagi paxta massasi 6,3-6,8 g,
tola chiqishi 36 foiz, shtapel uzunligi 33,2 mm, tolaning pishiqligi 4,6-4,8 gk, nisbiy uzilish kuchi
26,2 gk/teks. Tolasi V-tip. Kasallikka chidamsiz.